Pul tizimi elementlari



Download 164 Kb.
bet2/5
Sana12.05.2023
Hajmi164 Kb.
#937209
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pul tizimi elementlari

2. Pul tizimining shakllari.
Pul tizimining asosan 2 shakli mavjud:
A. Metallar pullar tizimi: metal pullar tizimining 2 turi mavjud:
1. Bimetallizm-2 valyutaga ya`ni oltinning va kumush tangalar muomalasiga asoslangan pul tizimidir. Lekin kumush konlarining ko`plab topilishi kumush tangalar zarb etish hajmini oshirdi. Natijada kumush tangalar keskin qadrsizlanib ketdi. Oqibatda muomalada bitta oltin tangalar qoldi.
2. Monometalizm- 3 ko`rinishi mavjud: 1. Oltin moneta standarti(oltin tangalar muomalasidir). 2. Oltin quyma standarti(bunda banknotalar ma`lum miqdordagi oltin quymalariga almashtirilgan). 3. Oltin deviz standarti bunda milliy valyutalar oltin qatorida to`lov vositasi sifatida ishlatilgan. Misol: 1944-yilda AQSHning Britton Vuds shahrida bo`lib o`tgan xalqaro konferensiyada AQSH dollari va Buyuk Britaniya funt-sterlingiga xalqaro rezerv valyuta degan maqom berilgan.
B. Metal bo`lmagan pullar tizimiga qog’oz va kredit pullarining muomalasiga asoslangan pul tizimi kiradi. Hozirgi zamon pul tizimi faqat kredit pullariga asoslangan pul tizimidir. Hozirgi zamon pul tizimiga xos bo`lgan xususiyatlardan quyidagilardan iborat:
1. Dunyo mamlakatlarida baho masshtabining bekor bo`lganligi
2. Naqdsiz pul aylanmasining rivojlanganligi va naqd pullarga bo`lgan talabning qisqarganligi
3. Markaziy bank tomonidan amaga oshiriladigan monetar siyosatning pul tizimini tartibga solishdagi rolining kuchayganligi
Pul tizimi uchta funksiyani bajaradi:

  1. Emission funksiya;

  2. Tartibga solish funksiyasi – muomaladagi pul massasini tartibga solish bilan bog’liq;

  3. Nazorat funksiyasi – bu funksiya pul tizimi doirasida qabul qilingan qonun xujjatlarning talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq.

Insoniyat hozirga qadar pul tizimining 45 shaklini biladi:

  1. Bimetalizm – bu lotincha bis – ikki marta va metallon – metal degan ma`noni anglatadi. Bimetalizm – ikki nodir metaldan pul sifatida foydalanishga asoslangan pul tizimidir. Bu tizim XVI – XVIII asrlarda dunyoning ko`plab mamlakatlarida qo`llanilganpul tizimidir. Bunda asosan oltin va kumushdan yasalgan tangalardan pul sifatida foydalanilgan. Ayrim davlatlarda bronza tangalardan ham foydalanilgan. Bimetalizmning

3 turi mavjud:



  1. Parallel valuta tizimi – bunda ddavlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nisbatni belgilamaydi.

  2. Ikkiyoqlama valuta tizimi – bunda davlat oltin va kumush tangalar o`rtasidagi nibatni belgilaydi.

  3. Oqsoqlanadigan yoki cho`loq valuta tizimi – bunda oltin tangalar erkin zarb etiladi, kumush tangalar esa yopiq rejmda zarb etiladi.

Bimetalizm jiddiy kamchiliklarga ega edi:

  • Ikkita valuta muomalada bo`lganda ikkita qiymat o`lchovi mavjud bo`ladi. Bu esa pulning mohiyatiga ziddir.

  • Oltin va kumushni qazib chiqarishda mehnat unumdorligi o`rtasida kata farq bor.

Buning natijasida oltin va kumush tangalarning qiymati o`rtasidagi nisbatni aniqlashda qiyinchiliklar va noaniqliklar yuzaga keldi. Ushbu kamchiliklarning mavjudligi va ko`plab kumush konlarining topilishi natijasida kumush tangalarning ko`payishi bimetalizm pul tizimining barham topishioga olib keldi. Uning o`rniga yagona metal pulga asoslangan monometalizm tizimi paydo bo`ldi.

  1. YAgona metal pul sifatida oltin tangalardan foydalanildi. Monometalizm grekcha “monos” - yakka yagona, bitt ava “ metallon” – metal degan so`zlardan kelib chiqqan. Oltinni metal sifatida juda noyob ekanligi va davlatlar o`rtasida notekis taqsimlanganligi, oltin tangalar emirilish xususiyatiga ega ekanligi va Tovar – pul munosabatlarini yuqori darajada rivojlanib ketishi monometalizm pul tizimini barham topishiga sabab bo`ldi. Natijada oltinga almashinadigan qog’oz pullar tizimi paydo bo`ldi.

  2. Oltinga almashinadigan qog’oz pullar bunda muomalaga chiqariladigan qog’oz pullar oltin bilan ta`minlanar edi. Milliy pulning oltin bilan ta`minlanishiga baho masshtabi deyiladi.

Masalan AQSH da 1934- yilda qabul qilingan aktga ko`ra 1$-0,88gr sof oltinga teng edi. Qog’oz pullarni oltin bilan ta`minlanishi ularni inflatsiyaga uchrash xavfini kamaytirdi. Ammo ushbu tizim tovar – pul munosabatlarini rivojlantirishga to`sqinlik qilib qoldi.
AQSH da 8400 tonna oltin zaxira mavjud.
Natijada oltinga almashinmaydigan banknotalar tizimi yuzaga keldi. Banknotallar Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan pullar bo`lib MB ning aktivlari bilan ta`minlanadi.
1976 – 1978 yillarda YAmayka davlatida davlatlararo xalqaro konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada oltinni demonitizatsiya qilish to`g’risida qaror qabul qilindi. Bu oltindan xalqaro to`lov vositasi sifatida bekor qilish degan ma`noni anglatadi.
Oltindan tezavratsiya maqsadlari uchun foydalanishga ruxsat etildi.
Banknotalar emissiyasini oltin bilan ta`minlanmasligi inflatsiya muammosini yuzaga keltirib chiqardi. Ayniqsa harbiy xarajatlarni moliyalashtirish davlat qarzlarini MB kreditlari hisobidan to`lash XX – asrning 70 – yillariga kelib pullarni taklifini o`payishiga olib keldi.
Iqtisodchi olimlar o`rtasida pul tizimining tarkibiga oid ya`ni uning elementlari bo`yicha bir-biridan farqlanuvchi fikrlar mavjud.
Professor O.I Lavrushin
Pul tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  1. Pul birligining nomi;

  2. Pul aylanmasining tarkibi;

  3. Pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solish;

  4. Pul massasi va uning tarkibi;

  5. Milliy valutaning pariteti. Paritet so`zi bizning tilimizda tenglik degan ma`noni anglatadi. Milliy valutaning pariteti – bu milliy valuta qiymatining xorijiy valuta qiymatiga nisbatidir. Hozirgi davrda milliy valutaning pariteti milliy valuta va xorijiy valutaning xarid qobilyatini taqsimlash yo`li bilan aniqlanadi. Misol: O`zbekistonda so`mning valyuta pariteti AQSH dollariga nisbatan aniqlanadi.

Hozirgi davrda 1 valyutaning 2 valyutaga nisbatan pariteti ularning xarid qobiliyatini bir biriga taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.
∑so`m/∑dollar
Markaziy banklar valyuta paritetini milliy valyutaning nominal almashuv kursi bilan xarid qobiliyati o`rtasida farq yuzaga keldimi, yo`qmi shuni bilish uchun hisoblaydi. Agar milliy valyutaning nominal kursi sun`iy ravishda yuqori bo`lsa, bu mamlakatda xorijiy valyutalarga bo`lgan qiziqish kuchayadi. Sun`iy deyilganining sababi shuki, kurs valyutaning xarid qobiliyatiga nisbatan baland o`rnatilgan, xorijiy valyutalarga sig’inish fanda fitishizm deyiladi.
Milliy valyutaning kursi bilan uning pariteti o`rtasida yuzaga kelgan farqni yo`qotish uchun devalvatsiyadan foydalanadi.
F. Milliy valutaning kursi – bu milliy valutaning horijiy valutaga nibati bo`lib u valuta bozorida aniqlanadi. birja kursi shu tariqa aniqlanadi.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni o`z ichiga oladi: pul birligi, valyuta kursini o`rnatish qoidalari, baholar masshtabi, pul ko`rinishlari, emissiya tizimi, davlat yoki kredit apparati.
milliy valyuta tizimidir nisbatan mustaqil bo`lsa ham pul tizimining tarkibiy qismi.
Pul birligi – qonuniy tarzda o`rnatilgan pul belgisi bo`lib, barcha tovarlar bahosini o`zaro solishtirish va ifodalash uchun xiz-mat qiladi. Ko`pincha pul birligi mayda bo`linuvchi qismlarga ajra-ladi. Ko`pchilik mamlakatlarda o`nlik bo`linish tizimi o`rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSH dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.)
Rasman baholar masshtabi o`zining iqtisodiy ma`nosini davlat-monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltin-ga almashinishi to`xtatilgandan so`ng yo`qotdi. 1976-1978 yilda o`tka-zilgan YAmayka valyuta islohoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarining oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to`lov vositasi bo`lgan pul ko`rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSHda muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va 1 dollar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 tsentli) chiqariladi, Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st – 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. YAna eski 2 va 1 shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`p-roq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Hindistonda – 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Mar-kaziy banklar tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga asosan xazina muassasalari tomoni-dan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul emissiyasining asosiy kanali – depozit chek emissiyasidir. Mijoz hisob raqamlaridagi depozit-larga muvofiq tarzda to`lov aylanmasini ta`minlaydigan chek mas-sasi ko`paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muas-sasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo`lgani uchun bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib turadi. Ko`pgina rivojlangan mamlakatlarda 70–yillardan monetarlashtirish siyosati kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining o`sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo`ljallarni o`rnatishi lozim. 1975 yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o`sish yoki qisqarish sur`atlari to`g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega.
– pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta`minlash va unga almashishning bekor qilinishi;
– oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pulga aylanadigan, kredit pullarga o`tish;
– pulni muomalaga nafaqat xo`jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;
– pul muomalasida naqdsiz pul aylanmasi ustunligi;
– pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va ularning operatsiyalarini nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo`lgan pul tizimlari saqlanib qoli-shini ta`minlaganlar. emissiya miqdori xo`jalik ehtiyojlari bilan emas, to`lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda urushgacha bo`lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qat`iy kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegemon – davlat banklarida saqlash; zona ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib faoliyat olib boradi.




  1. Download 164 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish