Ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallami jamg‘arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar. 02
1. Pulning metallik nazariyasi
1. Pulning metallik nazariyasi
I Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar
Oltin tanga standarti Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX asming oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk ko‘rinishidir. Bu standart I Jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi. Oltin quyma standarti I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. Oltin deviz standarti Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda banknotalami bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlaming devizlariga (ya’ni valyutalariga) almashtirishni mo`ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining ikkinchi davlat valyutasiga bog‘liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu ko‘rinishi oltin deviz standarti nomini oldi.
2.Pulning nominallik nazariyasi
2.Pulning nominallik nazariyasi
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari Dj.Berkli (1685 - 1780) va Dj.Styuart (1712 - 1780) hisoblanadi. Ulaming nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi. Pulning nominal nazariyasi XVII -XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo`lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo`lmagan tanga monetalar tashkil etgan. Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.