2. Oltin quyma standarti. Birinchi jahon urushidan keyin 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standart joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro oborotga chiqarildi. Ichki oborotda esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo’lib qoldilar xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |