Pul muomalasi



Download 54,48 Kb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi54,48 Kb.
#238712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shpargalka

Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns. K.ning asosiy tamoyillari uning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan.

20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. K.ning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga "samarali talab" (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. "Samarali talab" 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi "isteʼmolga moyillik" va "asosiy ruhiyat qonuni" bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.

Keyns oʻzining "bandlik nazariyasi" asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.

Keyns investitsiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.

Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi.

Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).

20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.


Download 54,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish