Forfeyting – faktoring munosabatlarining uzoq muddatli shakli. Bunda qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Trast – bu mijozlarning kapitallarini boshqarish bo’yicha operatsiyalar majmui.
Kredit berish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- ssuda berishning maqsadli tavsifi;
- kreditning rasmiylashtirilgan muddatda qaytarilishi;
- ssudaning moddiy ta’minlanganligi va to’lovliligi.
Qarzga berilgan ssudaning albatta qaytarilib berilishi, undan foydalanilganlik uchun olingan foydadan ssuda foizini to’lash zarurati korxonalarni xo’jalik yuritishning eng samarali usullarini izlab topishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |