5. Jahon banki va uning tarkibi. Jahon banki dunyo miqyosida yirik valyuta-
kredit tashkiloti hisoblanadi. Jahon bankiga kiruvchi ayrim moliyaviy muassa-
salar 1945 yildan faoliyat ko’rsata boshlagan. Jahon bankini keyingi yillarda
uning Prezidenti sifatida Jeyms Vulfenson, Pol Fulfoves va Lu Brefor bosh-
qargan. Shundan keyin Lu Brefor jahon bankining Toshkentdagi vakolatxona-
sini boshqargan.
Jahon banki 43 dan ortiq moliyaviy muassasalarni o’zida birlashtirgan bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilar:
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB)
- Xalqaro taraqqiyo uyushmasi (XTU)
- Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)
- Investitsiyalarni kafolatlashning ko’p tarmoqli agentligi (IKKTA)
- Investitsion munozaralarni boshqarishning xalqaro markazi (IMBXM)
Do'stlaringiz bilan baham: |