Pul va inflyatsiya
Zarur pul miqdori bilan mavjud miqdor o`rtasida farq katta bo`lsa, u iqtisodiyotda salbiy oqibatlarga, chunonchi inflyatsiyaga olib keladi. Chunki, muomalada pul ko`p bo`lib, ortiqchalik darajasi ko`tarilib borsa inflyatsiya ro`y beradi. Bunday holat iqtisodiyotni tebrantiradi, aholi turmush darajasini pasaytiradi. Giperinflyatsiya, qimmatchilik, qashshoqlanish kuchayadi va umuman iqtisodiyot izdan chiqadi.
Inflyatsiya mamlakatda bahoning umumiy darajasining ko`tarilishi jarayonidan iborat bo`lib, ilgari buning sababini qog`oz pullardan axtarishar edi. Lekin pul chiqarish qattiq nazorat ostiga olinganda ham inflyatsiya holati mavjudligi aniqlangan, ya`ni gap faqat davlatning pul chop etishi imkoniyati mavjudligida emas ekan. Uning sabablari ko`p va ular bir necha xil ko`rinishda bo`ladi. Iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarish tuzilishining keng hajmdagi o`zgarishi, umuman, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o`tish kabi o`zgarishlar albatta inflyatsiya bilan bog`liq bo`ladi.
1.2 rasm
1.3 rasm
manba org.uz
Chunki, bunday holatlar talab va taklif muvozanatining o`zgarishi, pulga bo`lgan ishonchning pasayishi, narx-navoning tezlik bilan o`zgarishi, aksar hollarda uning ko`tarilib borishi natijasida yuz beradi.
Buning ikki tomoni ta`sirlidir: birinchisi talab inflyatsiyasi bo`lsa, ikkinchisi xarajatlar inflyatsiyasidir. Tijorat, firmalar, hukumat yuzaga keladigan zaruriyatlar tufayli ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan ko`proq pul sarf etadi. Bu taklifga nisbatan talabning o`sishiga olib kelib, o`z navbatida, baholarning ko`tarilishi bilan yakunlanadi. Хarajat inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining o`sib borishi vositasidir. Bundagi bahoning o`sishi resurslarga xarajatlarning ortib borishi va buning esa tovarlar bahosida o`z aksini topishi inflyatsiyani kuchaytiradi. Aytaylik, energiya, xomashyo va materiallar qimmatlashuvi xarajatlar inflyatsiyasi sabablaridir. Bunda ish xaqining o`sib borishi, ko`tarilayotgan baholarni oldindan ko`zlab, ishchilarning ish xaqini oshirish uchun urinishlar va shunga o`xshash boshqa harakatlar kuchayadi va bu inflyatsiyada o`z aksini topadi.
Inflyatsiyaning oldini olishda normal tovar-pul muomalasi jarayonini ta`minlash, uning uchun pulning ma`lum miqdorda bo`lishi, uning na ko`p va na oz bo`lishiga qarshi kurash eng ma`qul yo`l. Bu talab va taklif muvozanatini ta`minlaydi. Baho ko`tarilishining oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar inflyatsiyaga qarshi qaratilgan harakat hisoblanadi.
Pul qiymat o`lchovi va jamg`arma vositasi
Pulning qiymat o`lchovi va jamg`arish vositasi ekanligi. Pul muomalasi, uning shu vositaga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqdik. Pulning ko`rib chiqishimiz zarur bo`lgan keyingi vositasi — qiymat o`lchovi ekanligidir. Bu pulning eng asosiy xususiyati bo`lib, tovarlar dunyosi va ularning harakatini ta`minlashda katta o`rin egallaydi. Pulning qiymat o`lchovi xususiyati, ya`ni sotuvchi va xaridor uchun tovarlar qadrini belgilovchi yagona o`lchov birligi vazifasini bajara olishi uning boshqa xususiyatlariga, vositalariga yo`l ochadi. Chunki, u qiymat o`lchovi bo`lganligi tufayli muomala vositasi bo`la oladi. Pul paydo bo`lishi bilan tovarlarning bir-biriga taqqoslanishining imkoni tug`iladi. Bunda insonning yana bir ulug` kashfiyoti bo`lgan tovarlarni bir-biriga ularning nisbiy qadrlari tufayli tenglashtirish va puldan yagona o`lchov sifatida foydalanish uchun keng yo`l ochib beriladi.
Tovarlarning nisbiy qadrliligi ayirboshlash tengligi bilan aniqlanib, bu tenglikni sotuvchi o`zi uchun foydali deb hisoblasa, xaridor ham o`zi uchun sotib olish foydali deb hal qiladi. Shundagina oldi-sotdi yuz beradi. Ayirboshlash kengayib borishi bilan tovarlarni bir-biriga bevosita taqqoslab tenglashtirish vazifasi pulga yuklanib, u yagona o`lchov vositasi bo`lib qoladi. Bu ayirbopshashni tubdan o`zgartirib, uning rivojlanishini tezlashtiradi, natijada insonning iqtisodiy istiqboliga katta yo`l ochib beradi. Lekin iqtisodiyotda va uning pul xo`jaligida ishlar yomonlashib borsa, muomala qisqarib, pul qadrsizlanib, o`rniga eskicha bevosita tovarlar almashuvi — barterning kuchayishi yuz beradi. Amaliy hayotimizda bunday misollar ko`p uchraydi, ya`ni pulni o`lchov birligi vazifasidan asta-sekin chetlashtirib, uning o`rnini eng zarur, talabi yuqori tovarlar egallagan.
Qiymat o`lchovidan kelib chiqadigan pulning keyingi xususiyati jamg`arish vositasi ekanligidir. Pul paydo bo`lishi, o`z faoliyati va ta`sirini kengaytira borishi tufayli daromadni saqlash, uning bir qismini zarur vaqtgacha jamg`arib borish imkoni tug`iladi. Shu bilan boylikning bir qismini pul sifatida jamg`arish sharoiti yaratiladi.
Masalan, biron-bir qadrli buyum, ko`proq sarmoya talab etadigan narsa sotib olish maqsadi paydo bo`lsa, albatta pulning bu xususiyati, vositachiligi qo`l keladi. Daromadning bir qismi sarf etilmay saqlanib boriladi va kerakli hajmda pul jamg`arilishi bilan katta xarid qilish imkoni tug`iladi. Uy, mashina yoki boshqa shunday katta qimmatli tovarlar sotib olish shular jumlasidandir. Hozir esa, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda bularning hajmi kengayib borib, ko`pchilik ro`zg`or buyumlar, ya`ni mebel, gilam, xolodilnik, televizor, magnitofon va boshqa shunga o`xshash tovarlar qo`shilmoqda.
Pulning bu sohadagi katta ustuvorligi shuki, uni istagan vaqtda va zarur mikdorda ma`qul tovarga aylantirish mumkin. Bu juda qulaydir. qadrli va qimmat buyumlar ham jamg`arma sifatida xizmat qila oladi. Ayniqsa, "o`lmas mollar" qadrlidir. Lekin bularni pulga aylantirish va ayni zarur tovar sotib olish ma`lum vaqtni talab etadi. Pul jamg`armasi esa bu ishning juda oson va tez amalga oshishini ta`minlaydi.
Pulning xususiyatlari tufayli uning bajaradigan vazifalari, muomalasini uyushtirish, pullarni ayirboshlash, saqlash, sotish, moliya va kreditni amalga oshirish kabi iqtisodiy munosabat, aloqalar yuzaga keladi. Bular keyingi mavzu va mulohazalarga yo`l ochib beradi.
1.4 rasm
Qiymat o`lchovi
Qalampir.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |