M '=K*PY
Ularning modeliga ko‘ra iste’molchilar qoilarida qancha pul
boiishi kerakligini o ‘zlari hal qiladi. Bu esa К - (proporsionallik
koeffisienti) ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bo‘lishini
ko'zda tutadi. Vaholanki. pullardan boyliklarni saqlash usuli sifa
tida foydalanish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan
kutiladigan daromadlarga b o g iiq boiadi.
Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlaming o ‘zgarishi К
ning ham о ‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ко ‘rsatilgan farq
I. Fisheming Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqni anglatadi.
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so‘nggi vakillari-
dan bo'lib, ularning fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi
asosan XX asrning 30-yillarida yaxlit g'oyaviy oqim sifatida to'liq
shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashxur iqtisodchi-
laridan biri Buyuk Britaniyalik olim J.M. Keyns edi.
M aium ki, J.M. Keynsning “Bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi” (1936 y.) kitobida pulning aylanish tezligi doimiyligi
to ‘g‘risidagi klassik yondashuvdan batamom voz kechdi va asosiy
e'tibor foiz stavkasining ta ’siriga qaratilgan pulga b o ig a n talab
nazariyasini ishlab chiqdi. Keynsning pulga b o ig a n talab nazari
yasi likvidlilikka ixlos qo‘yish nazariyasi nomini oldi. Ushbu naz-
ariyada ham sub’ektlar o ‘zlarida qancha pul saqlaydilar? degan
savol ko‘rib chiqildi. Lekin Keyns o ‘zidan oldingi iqtisodchilardan
farqli oMaroq. sub’ektlarning qoilarida naqd pullarni ushlab turish
sabablarini ochib beruvchi omillarni ajratib ko'rsatdi.
24
U pulga boigan talabni aniqlovchi uch omilni quyidagicha shak-
llantirdi: 1) bitimlar omili; 2) ehtiyotkorlik omili; 3) chayqov omili.
Bitimlar omili - sub’ektlar o 'z aktivlarining m a’lum bir qismini
to'lov vositasi sifatida ishlatish uchun pul shaklida saqlaydilar. Bu
omilni Keyns transaksion omil deb atadi.
Ehtiyotkorlik omili - sub’ektlar aktivlarning bir qismini pul
shaklida saqlash ko‘zda tutilmagan xarajatlarni talab qiluvchi ta-
sodifiy hodisalar, qulay bitimlarni amalga oshirish imkoniyatlari
hamda qo‘shimcha pullik majburiyatlaming yuzaga kelishi bilan
bog‘liq.
Chayqov omili - Keyns barcha sub’ektlar o ‘z aktivlarini ikki
shaklda - pullar (muddatsiz hisob raqamlar) va uzoq muddatli obli
gatsiyalar к о ‘rinishida saqlaydilar, deb hisoblaydi. Obligatsiyalarn-
ing pullardan afzalligi shundaki, ular foiz, y a’ni daromad keltiradi.
Ayni vaqtda obligatsiyalaming bahosi qimmatdor qog‘ozlar bo-
zoridagi foiz stavkasining o ‘zgarishi tufayli har hil bo‘ladi. Bu esa
tavakkalchilik, ya’ni jiddiy xavf-xatardir. Suda foizi m e’yorining
pasayishi obligatsiyalar kursining o ‘zgarishiga olib keladi. Ak-
sincha, suda foizi m e’yorining oshishi ular kursining pasayishiga
olib keladi. Ana shu zarardan qochish uchun aktivlarning m a’lum
qismini pulli depozit shaklida saqlashni Keyns chayqov omili deb
ataydi.
Shuni alohida ta ’kidlab aytish lozimki, agar Keynsning nazari
yasi faqat transaksion va ehtiyotkorlik omili bilan chegaralanganda
edi, daromad esa pulga bo‘lgan talabning yagona aniqlovchisi
bo‘lardi va Kembrij maktabi vakillarining yondashuvlariga hech
qanday yangilik kirita olmagan bo‘lardi.
Ammo Keyns sub’ektlar o ‘z boyliklarining bir qismini pul
shaklida saqlashlariga qaror qabul qilishiga ta ’sir etuvchi omillami
sinchkovlik bilan o ‘rgandi. Kembrij maktabi vakillarining “pulga
25
b o ig a n talab boylikning zahirasi bilan aniqlanadi va u daromadga
proporsionap' degan fikrdan farqli ravishda, pulga b o ig an talab
foiz stavkasiga ham b o g iiq deb hisobladi. Keynsning tadqiqotlari-
dan shunday xulosa qilish mumkin; foiz stavkasining o'sishi bilan
pulga b o ig a n talab pasayadi.
Boshqa tomondan qaraydigan boisak, Keynsning fikricha, pul
miqdorining o ‘zgarishi bevosita foiz stavkasiga ta ’sir qiladi. Ya’ni
agar muomalada pul miqdori oshsa, foiz stavkasi pasayadi. Aksin-
cha, agar pul miqdori kamaysa, foiz stavkasi oshadi.
Keynscha pul nazariyasidagi asosiy qoidalar quyidagilardan
iborat:
1. Bozor iqtisodiyoti qo'shimcha, kutilmagan muammolami o 'z
ichiga oluvchi beqaror tizimdan iborat. Shuning uchun davlat iqti-
sodiyotni boshkarishning turli hil, shu jumladan, pul-kredit vosital-
aridan doimiy ravishda foydalanishi kerak.
2. Pul taklifi va nominal YMM ning sabab-oqibatli bogianish
zanjiri quyidagicha- pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining
o'zgarishiga sabab boiadi, bu esa, o 'z navbatida, investitsiyaviy
talabning o'zgarishiga va multiplikativ ta ’sir orqali nominal YMM
ning o'zgarishiga olib keladi.
3. Keynschilikning asosini tashkil etuvchi asosiy nazariy tengla-
ma:
YOG+I+NX Bunda: Y- nominal YMM, S - iste’mol xarajatlari;
G- tovarlar va xizmatlami sotib olishda davlat xarajatlari;
I - rejali xususiy investitsiyalar; NX - sof eksport.
4- Keynschilarning ta ’kidlashlaricha, pul taklifi va nominal
YMM o ‘rtasidagi sabab va oqibat bogianishning maqsadi yetarli
darajada katta b o iib , Markaziy bank pul-kredit siyosatini amal
ga oshirish ch o g id a keng miqyosda iqtisodiy m a’lumotlarga ega
b o iish i kerak.
26
Undan tashqari, muomaladagi pulning o‘sishi bilan investitsi
yalar va bozoming tovarlar va xizmatlar bilan to ‘lishi o'rtasida
m a’lum bir vaqt oralig‘i mavjud. Nixoyat, o ‘zgarmas talab sha
roitida pul takKfining oshirilishi iqtisodiyotni “likvidli qopqon”
holatiga keltirib, muvozanatni o ‘zgartiradi, foiz stavkasining tang
darajagacha pasayishiga olib keladi, bu esa mutlaq yuqori likvidli-
likka ixlos qilishni anglatadi. Agar bunda pul taklifining ko'payishi
davom etaversa, foiz stavkasi bunday holatga ta ’sir o ‘tkaza olmay
qolishi mumkin, zero foiz stavkasi pul taklifining о ‘zgarishiga ta ’sir
etolmasada, bunda muomaladagi pul miqdori va nominal YMM
o'rtasidagi sabab-okibat zanjiri uziladi.
5.
Yuqoridagi keltirilganlami hisobga olib, Keynschilar pul-
kredit siyosatini iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun u qadar
samarali vosita emas deb hisoblashadi va ular fiskal yoki byudjet
siyosatini ustun qo‘yadilar.
0 ‘tgan asrning 70-yillariga kelib, rivojlangan davlatlarning iqti
sodiy rivojlanishida shunday holatlar yuzaga keldiki, bu holatlam-
ing tub sabablarini Keyns nazariyasining qoidalari doirasida tus-
huntirib berish mumkin emas edi, chunonchi, 1960-1973 yillarda
AQSh yalpi milliy mahsulotining o ‘rtacha yillik o'sishi 4,1 foizni
tashkil etgan bo‘lsa, 1974-1981 yillarda atigi 2,7 foizni tashkil qil-
di. 1979 yilda esa ichki baholar o ‘sishning umumiy sur’ati 12,1
foizni tashkil etgani holda ishsizlik iqtisodiy faol aholining 8 foi-
zidan ortiqroq qismini tashkil qildi2.
Yukoridagi holatni keynscha konsepsiyaning qoidalari sharhlab
bera olmasdi. Chunki iqtisodiy pasayish va ishsizlikkaqarshi kurash
chora-tadbirlari inflyatsiyaga qarshi siyosatga zid kelib qoldi. Nati-
jada XX asrning 70-yillarida Keynschilik maktabining inqirozi ku-
zatildi. Iqtisodiy fanda yangi neoklassik yo‘nalish, shu jumladan,
uning zamonaviy shakli-monetarizm yetakchi o‘ringa chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |