1.Bozor iqtisodiyoti qo‘shimcha ichki kutilmagan muammolarni o‘z ichiga oluvchi beqaror tizimdan iborat. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni boshqarishning turli xil, shu jumladan pul –kredit instrumentlaridan doimiy ravishda foydalanishi kerak.
2. Pul taklifi va nominal YaMMning sabab – oqibatli bog‘lanish zanjiri quyidagicha: pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi . Bu esa investitsion talabning o‘zgarishiga va mulьtiplikativ ta’sir orqali nominal YaMMning o‘zgarishiga olib keladi.