Keynscha pul nazariyasidagi asosiy qoidalar - 1.Bozor iqtisodiyoti qo‘shimcha ichki kutilmagan muammolarni o‘z ichiga oluvchi beqaror tizimdan iborat. Shuning uchun davlat iqtisodiyotni boshqarishning turli xil, shu jumladan pul –kredit instrumentlaridan doimiy ravishda foydalanishi kerak.
- 2. Pul taklifi va nominal YaMMning sabab – oqibatli bog‘lanish zanjiri quyidagicha: pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi . Bu esa investitsion talabning o‘zgarishiga va mulьtiplikativ ta’sir orqali nominal YaMMning o‘zgarishiga olib keladi.
- 3. Keynschilikni asosini tashkil etuvchi nazariy tenglama
- Nominal YaMM = iste’mol xarajatlari + davlatning xarajatlari + rejali xususiy investitsiyalar + sof eksport
Do'stlaringiz bilan baham: |