9.
Tijorat banklari tarkibi
– tijorat banklari Markaziy bank litsenziyasi
asosida tashkil etiladi va hozirgi vaqtda mamlakatimizda 3 ta davlat tijo-
rat, 13 ta aksioner tijorat, 7 ta xususiy va 3 ta chet el sarmoyasi bilan
banklar mavjud. Ushbu banklarni 2013 yilni boshiga 955 ta filiali va
boshqa bo’linmalari mavjud. Respublikamiz aholisini bank muassasalari
bilan ta’minlashda yetakchi o’rinda turadi. Jumladan, Xalqaro Moliya
Korporatsiyasining 2012 yilga bo’lgan ma’lumoti bo’yicha har 100 ming
katta yoshdagi aholi hisobiga Yaponiyada 33,9, Rossiyada 38,2, AQSHda
35,3 Koreyada 28,4, Armanistonda 20,9, Malayziyada 19,9, Turkiyada
18,7, Hindistonda 11,4 bank muassasasi to’g’ri kelgani holda
O’zbekistonda bu ko’rsatkich 49,7 ni tashkil etadi (BPK jurnali, 2014 yil
9-son, 32-bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |