O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari
Pul islohotlari
Pul islohotlari- milliy valyutani mustahkamlash , pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini to’liq yoki qisman qayta tashkil etish.
Pul islohotlari qog’oz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko’payib , yangisi bilan almashtirish lozim bo’lganda , pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi o’zgarganda , pul tizimiga o’zgartirish kiritish zarur bo’lganda o’tkaziladi.
Pul islohoti usullari
Revalvatsiya
Devalvatsiya
Denominatsiya
Nullifikatsiya
Revalvatsiya
milliy valyuta — pul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyuta pul birliklariga nisbatan rasmiy oshirish. Inflyasiya bartaraf etilganidan keyin ichki pulmuomalasini barqarorlashtirish usullaridan biri.
Devalvatsiya
milliy pul birligi kursining chet el valyutalari (erkin almashtiriladigan valyutalar, xalqaro hisob birliklari)ga nisbatanpasaytirilishi Devalvatsiya davlat tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi va qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Denominatsiya
valyutaning barqarorligini oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qogʻoz pul nominali (yozib qoʻyilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi oʻzgarmagan yangi pulga maʼlum nisbatda almashtirish.
Nullifikatsiya
biror hujjatni yuridik kuchdan, qonuniylikdan mahrum etish. Qimmatli qogʻozlarga va pul belgilariga nisbatan Nullifikatsiya ularning davlat tomonidan bekor qilinishini bildiradi.
O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi.Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so‘m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O‘zbekiston pul tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so‘m »ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib, u O‘zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
O’zbekistonda pul islohoti 1994 yilda o’tkazildi va respublika mustaqil davlat sifatida o’zining milliy pul birligiga ega bo’ldi.Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so‘m-kupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O‘zbekiston pul tizimini qurish-ning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so‘m »ning muomalaga chiqarilishi bo‘lib, u O‘zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Pul islohotini o’tkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, deflyatsiya kursi bo’yicha eski pullarni yangi pullarga almashtirish:
aholi va korxonalarning banklardagi jamg’armalarini vaqtincha (to’liq yoki qisman) harakatsiz ushlab turish (qotirib qo’yish):
ikkala usulni birgalikda qo’llash yo’li orqali pul islohotini o’tkazish: bu usul xalqaro amaliyotda «shok yo’li» bilan davolash nomi bilan mashhurdir. Bu usul 1948 yilda G’arbiy Germaniyada harbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga o’tishda qo’llanilgan. «Shok yo’li» bilan davolashda ish haqini to’lashni to’xtatib qo’yish, ishlab chiqarishni qisqartirish, pul islohotini o’tkazish, ish o’rinlarini qisqartirish kabi qattiq choralar qo’llanilishi mumkin. Masalan, G’arbiy Germaniyada 1948 yilning iyun oyida o’tkazilgan pul islohotida aholining nakd pullari va jamg’armalari 6,5 yangi nemis markasiga 100 eski reyxsmarka qilib almashtirildi