Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja


Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar



Download 47,57 Kb.
bet9/12
Sana31.12.2021
Hajmi47,57 Kb.
#199198
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pul aylanishi va uning tarkibiy qismlari Reja (1)

Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar

Akkeditiv – mijozning topshirigiga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir.

Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank (bank imitent) uning kontragenti - mablaglarni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka bu turdagi to’lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablaђlar oluvchi tomonidan xujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda oladi.

Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:

- qoplangan (deponentlangan);

- qoplanmagan (kafolatlangan).

Akkreditivlar bank tomonidan ko’zda tutilmagan xolatlarning alohida hisob varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo’yicha depozitlar» hisob varaђida hisobga olinadi. Ќar bir mablaђlarni oluvchi uchun unga xizmat kursatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob varaqlari ochiladi.

Šoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent uni ochish vaqtida mijozning o’z mablaђlarini yoki unga berilgan kreditni bank – emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga utkazishi shart.

Šoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi bankka akkreditivning butun so’mmasini bank – emitentning ijrochi bankida yuritilayotgan hisob varagidan kuchirish xuquqini beradi.

Šoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin.

Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank – emitent tomonidan mablaђlarni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivlarni chaqirib olish bank emitent zimmasiga mablaђlarni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To’lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgartirishi va bekor qilinishi to’ђrisidagi barcha kursatmalarni mablaђlar oluvchiga faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mablaђlarni oluvchini banki (ijrochi bank) ni, u esa mablaђ oluvchini xabardor qiladi.

Agar ijrochi bank operasiyalarni bajarish paytigacha akkretivning o’zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo’lsa u chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha to’lovni yoki boshqa operasiyalarni amalga oshirishi shart.

Mablaђlar oluvchining roziligisiz, uni foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.

Ijrochi bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda chaqirib olinmaydigan akkretiv tasdiqlangan akrreditiv bo’ladi.

Tasdiklangan akkreditiv bo’lganda ijrochi bank bank – emitentni akkreditiv shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirish majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga qo’shimcha ravishda majburiyatlar oladi.

Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o’zgartirilish yoki bekor qilinishi mumkin emas.

To’lovchi akkreditiv shakldagi hisob – kitoblarda bankka akkreditivga ariza taqdim etadi.

Akkreditivga arizada akkreditlar bo’yicha mablaђlarni olish uchun mablaђlarni oluvchi taqdim etishi lozim bo’lgan akkreditiv shartlari ruyxati to’liq bo’lmasa tasdiqlovchi xujjatlarning aniq tasnifi va ularni rasmiylashtirishga doir talablar mavjud bo’lmasa, banklar akkreditiv uchun arizani to’lovchiga qaytarib berish va akkreditiv hisob varaqlarini ochmasligi kerak.

Akkreditivga ariza bank – emitentga ikki nusxada taqdim etiladi:

- birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.

- ikkinchi nusxasi mablaђlar to’lovchining shaxsiy hisob varaђidan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi.

Mablaђlar oluvchining bankida akkreditiv quyidagi xollarda yopiladi:

a) Akkreditiv muddati tamom bo’lgach

b) Mablaђlar oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo’lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi yozma arizasiga ko’ra, agarda bu akkreditiv shartlarida kursatilgan bo’lsa

v) To’lovchining akkreditivni to’liq yoki qisman chaqirib olish haqidagi yozma talabiga ko’ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, akkreditiv bank – emitentdan xabar yetib kelgan kuni yopiladi yoki kamayadi, lekin 22602 – «Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari» balans hisob varaђidagi qoldiq so’mmadan ko’p bo’lmagan xolda.

Ijrochi bank akkreditiv yopilganligi to’ђrisida bank emitentga xabar beradi. Foydalanilmagan so’mma to’lovchining bankiga mablaђlar qaysi hisob varaqdan deponent qilingan bo’lsa shu hisob varaqga utkaziladi.

Hisoblashuvlarning akkreditiv shaklini ustunligi mablag oluvchi uchun ishonchli, uning shartlari oddiy;

Kamchiligi – to’lovchining puli shu davrga muomiladan chiqadi, mahsulot junatuvchi bankida kutadi.




Download 47,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish