Adminstratsiya – (lot. adminstratio boshqaruv; rahbariyat) q. ma’muriyat 1.
2.Muasasa, korxona, tashkilot rahbarlari majmui.
Integratsiya – (lot. integratio- tiklash, qaytadan boshlash, to’ldirish) ikki va
undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o’zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.
Konstitutsiya – (lot. constitutio- belgilash, qaror qilish, tayinlash, qonunlashtirish)
davlatning yuksak yuridik kuchga ega bo’lgan asosiy qonuni; barcha joriy
qonunlarning asosi.
Delegatsiya – (lot. delegatio- yuborish, tayinlash) biror tashkilot yoki davlat
tomonidan belgilangan, yuborilgan vakillar guruhi.
Da’vatnoma – biror ish-harakatga yoki biror g’oyaviy- ma’naviy maslakka
va sh.k ga da’vat etuvchi, undovchi xat, varaqa.
Deputat – (lot. deputats- vakil qilingan, yuborilgan) vakolatli davlat
organiga saylangan kishi vakil. Jamoa (guruh), bajarish uchun vakil qilingan shaxs.
- 37 -
Musodara – a. mol-mulkni majburiy ravishda davlat ixtiyoriga o’tkazish;
tortib olish.
Shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, sohaviy terminologiya
muammolarini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqot ishlariga keng yo’l ochildi,
binobarin, siyosiy terminlar ham tadqiqotchilar diqqat markazidagi muhim
masalaga aylandi. Jumladan, H. Dadaboyev, Z. Xolmonova, A. O’razboyev, A.
Abdullayevlar bu sohada bir qator izlanishlar olib bordilar va izlanmoqdalar.
Mazkur tadqiqotlarda siyosat tili va uslubi, siyosat sohasida qo’llanilayotgan
terminlar tarixiy va zamonaviy nuqtai nazardan atroflicha tadqiq etilgan bo’lishiga
qaramay, bu sohada hali o’zining to’liq yechimini topa olmayotgan muammolar
ham yo’q emas. Jumladan, siyosiy terminlarning OAV va siyosiy matbuotda
qo’llanishdagi o’ziga xosligi, terminlararo ma’noviy xususiyatlar turlarini aniqlash,
siyosiy terminlarning ichki va tashqi imkoniyatlari boyib borish yo’llarini
ta’kidlash lozim.
Binobarin, siyosiy soha, siyosat rivojlangani sari siyosiy til ham shunga
muvofiq holda rivoj topa boradi. O’z navbatida siyosiy atamalar ham
takomillashib, siyosiy ong va siyosiy savodxonlikning yuksalishiga muayyan
zamin hozirlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqillikdan so’ng siyosiy atamalarni
qo’llash yoki iste’molga kiritishda, birinchidan, umumbashariy ahamiyatga ega
bo’lgan va jahon siyosati taraqqiyoti durdonalari hisoblangan sara atama so’zlarni
amaliyotga ko’proq kiritishga katta ahamiyat qaratildi. Bunday atamalar
umuminsoniy qadriyatlar jumlasiga kirib, barcha millat va elatlarning o’zaro
yaqinlashuvi, ya’ni integratsiya jarayonining rivojlanishida muhim omil bo’lib
xizmat qiladi. Chunonchi, bunday atamalar jumlasiga parlament, spiker, fraksiya,
senat, senator, quyi va yuqori palata singari so’zlarni kiritish mumkin.
Ikkinchidan, siyosiy matbuot sahifalarida siyosiy atamalarni izohlash,
tushuntirishga ko’maklashuvchi maxsus rukn (oynaso’z) va sarlavhalar qo’llash,
ular ostida esa izohli lug’atlardan muntazam ravishda parchalar e’lon qilish
amaliyotga kiritildi.
- 38 -
Do'stlaringiz bilan baham: |