Badiiy uslubning o`rganilishi va ayrim lingvistik
xususiyatlari2
O`zbek tili badiiy uslubining shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrning ikkinchi yarmigacha yashab ijod qilgan ulug` ajdodlarimiz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Nasriddin Rabg`uziy, Durbek, Qutb, Xorazmiy, Xo`jandiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sayid Ahmad, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Yaqiniy, Ahmadiy kabilarning asarlari, xususan, «Devoni hikmat», «Qutadg`u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qisasi Rabg`uziy», «Qissai Yusuf», «O`g`uznoma», «Xisrav va Shirin», «Muhabbatnoma» singari adabiy-tarixiy yodgorliklarda badiiy uslubning o`ziga xos jihatlari o`z aksini topgan.
Alisher Navoiy davrida o`zbek adabiy tili bilan bir qatorda uning badiiy uslubi ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi. Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy uslubning shakllanishiga munosib hissa qo`shdi.
O`zbek tili badiiy uslubining funksional stillardan biri sifatida o`ziga xosligi tadqiqotchilar tomonidan, boshqa funksional uslublarga qaraganda, atroflicha yoritib berilgan. O`zbek tilshunos olimlaridan A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, I.Qo`chqortoyev, G`.Abdurahmonov, R.Qo`ng`urov, X.Doniyorov, B.O`rinboyev, M.Mukarramov, B.Yo`ldoshev kabi tilshunoslar badiiy uslubning funksional stillar doirasida alohida o`rin tutishini nazariy asoslab berishgan3.
Professor S.Karimov shunday xulosani bildirgan: “Badiiy uslubning boshqa funksional stillardan prinsipial farq qiluvchi lingvistik va ekstralingvistik belgilarining yaxlitligi mavjudki, bu yaxlitlik, monolitlik muhim bir vazifaga – estetik vazifani bajarishga qaratilgan.
Badiiy uslubni she’riy, nasriy va dramatik nutq uslublariga, ularni esa yana, o`z navbatida, janrlarga bo`lib o`rganish mumkin. Bunday tahlilning funksional uslublar tadqiqida maqsadga muvofiq ekanligini sharhlab, V.D.Bondaletov yozadi: «Funksional uslub nutq vositalarini tanlash va uyushtirishnnng umumiy yo`l-yo`riqlarini aniqlaydi. Uslublar tarmoqlari bu yo`l-yo`riqni muomalaning xususiy sharoitlari va vazifalariga mos ravishda aniqlashtiradi, janr esa til vositalarini tan-lashda ularning aniq sharoit va janr shakllari qonunlariga muvofiqligini chegaralagan holda o`z shartlarini o`rtaga qo`yadi».
A.I.Yefimov rus tilida badiiy-belletristik uslubning mavjudligini e’tirof etish bilan bir qatorda uni ikkiga bo`lib qaraydi: poeziya uslubi, proza uslubi. Ularning chegarasida esa lirik janrlar uslubi, satira uslubi, masallar uslubi bor deb ko`rsatadi. Fikrning jonli, betakror, individual tarzda bayon etilishi, ifoda tasvir vositalarining, jumladan, o`xshatish, metafora, metonimiya, epitetlarning, poetik sintaksisning faolligi, sinonimiya va ko`pma’nolilikning, tasvirda ko`p-planlilikning bo`lishi, antiteza, shakldoshlik, oddiy so`zlashuv, jargon-dialektal elementlarning, boshqa funksional uslubga xos birliklarning uchrashi, fe’llarning, sifatlarning, olmoshlarning ko`p qo`llanilishi va bularning barchasining katta bir vazifaga – obrazlilik va emosionallikka xizmat qildirilishi ana shu uslubiy belgilardir. Bunday uslubiy alomatlar funksional stillarning har birida ham bor . «Adabiy tilning har bir uslubi, – deb ta’kidlaydi I.Qo`chqortoyev. – o`ziga xos vositalarga ega bo`ladi. Lekin bundan ma’lum uslubga xos vositalar faqat shu uslub doirasidagina ishlatiladi degan fikr kelib chiqmaydi, albatta. Ilmiy uslubga xos vositalar badiiy uslubda, badiiy uslubga xos vositalar ijtimoiy-siyosiy uslubda ishlatilishi mumkin. Ma’lum uslubga xos degan so`z shu uslub uchun tipik, xarakterli degan ma’noni anglatadi, xolos»4.
Olimlarning ta’kidlashicha, bir uslubda uchraydigan birliklar va ularning sifatlari boshqa funksional stillarda ham mavjud bo`lishi mumkin. Ammo bunday paytlarda ham ular mutaxassis tomonidan payqab olinishi mumkin. O`zbek tilshunosligida funksional uslublarnnng ko`rinishlari bo`lgan og`zaki so`zlashuv, ilmiy, rasmiy-hujjat, publisistik uslublar monografik nuqtai nazardan o`rganilib, ularning tilshunoslikda mustaqil uslublar sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan.
O`zbek tilshunosligida badiiy uslubni nasriy, nazmiy va dramatik asarlar, xalq og`zaki ijodi namunalari misolida, qolaversa, har bir adabiy janr ko`rinishida o`rganish sohasida muhim tadqiqotlar yaratilgan.
Badiiy uslub o`zbek tili vazifaviy uslublari orasida o`ziga xos mavqyega ega bo`lib, ayni paytda, o`zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo`lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo`lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.
Til vositalarini qo`llashda keng qamrovlilik bo`lishi bilan birga bu uslub doirasida ularni ishlatishda ma’lum me’yorlarga ham amal qilinishi, fonetik, grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlar doirasida o`ziga xosliklar boshqa uslublarga qaraganda aniqroq namoyon bo`ladi. Ushbu holatlar S.Karimov tadqiqotlarida atroflicha o`rganilgan. Jumladan, badiiy asar tilidagi fonetik o`zgarishlar asosan matnda tovushlarning qisqargan va orttirilgan (
Do'stlaringiz bilan baham: |