issiqlik
o‘tkazuvchanligi
deb ataladi. Metallarning issiqlik o‘tkazuv-
chanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi,
bu metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi koeffitsiyenti bilan
ifodalanadi. Misol uchun (koeffitsiyent miqdori) mis uchun
0,9; aluminiy uchun 0,5; temir uchun 0,15; simob uchun
0,02. Issiqlikni o‘zidan yomon o‘tkazadigan metallning to‘la qizishi
uchun ularni uzoq vaqt qizdirish talab etiladi. Bunday metallar
tez sovitilganda yorilib ketishi mumkin. Metallarni termik ish-
laganda ularning ana shu xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda radiatorlar va elektr asboblarning detallari issiq-
likni yaxshi o‘tkazadigan metallardan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |