Psixologlar nima deydi



Download 44,7 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi44,7 Kb.
#231851
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2)k

Sotsiologiya (lot. socius - jamiyat, yun. λόγος - bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.

Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.

Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848—1923) sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda (D. S. Mill (1806—1873), MakDugall) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv-psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.

Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb sotsiologiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yoʻnalish F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb hisoblaydi.

20-asrning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, „asosiy nazariya“ (Glasser va Stress), refleksiv sotsiologiya, dialektik sotsiologiya, kundalik hayot sotsiologiyasi modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi sotsiologiyada 2 nazariy yoʻnalish aniq koʻrinishga ega boʻldi: 1) radikal sotsiologiya (jamiyatni jiddiy oʻzgartirish kerak, sotsiologiya bunda muhim rol oʻynaydi, deb hisoblaydi); 2) gumanistik sotsiologiya (insonning ijtimoiy tizimdagi yangi mavqeini, uning meʼyor yaratuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib sotsiologiya turli nazariyalar va bir necha sohalarni qamrab olgan boʻlishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda.

Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida oʻz ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi sotsiologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdilar. Mukammal jamiyat gʻoyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning oʻrni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu boʻlganligiga qaramay sotsiologiya fanini mustaqillikdan soʻnggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonda keng koʻlamli nazariy-metodologik muammolarni qoʻyish, ijtimoiy dunyoga tahliliy nazar bilan qarash koʻnikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob va risolalar, darslik va qoʻllanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uni taʼlim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda kengroq qoʻllashga harakat qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi“ kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish tajribasi toʻplandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (OʻzMU, Oʻzbekiston FA, viloyatlardagi universitetlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kibernetik sotsiologiya muammolari (akademik V. Krbulov), mutolaa sotsiologiyasi (A. Umarov), ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish (N. Aliqoriyev), jamoatchilik fikrini oʻrganish (R. Ubaydullayeva), demofafik jarayonlarni tadqiq etish (O. Atamirzayev) yoʻnalishlarida ilmiy ishlar qilingan, milliy mentalitet (M. Bekmurodov, A. Begmatov), tafakkur tarzi (B. Farfiyev), mahalla fenomeni (K. Kalonov) oʻrganilmoqda. Oʻzbek olimlari, shuningdek, sotsiologiyaning turli yoʻnalishlari (nazariy sotsiologiya — R. T. Ubaydullayeva; mehnat sotsiologiyasi — Q. Abduraxmonov, ekologik sotsiologiya — A. Qaxxorov; din sotsiologiyasi — M. Gʻaniyeva; siyosiy sotsiologiya — A. Xolbekov) boʻyicha muayyan ishlar qildilar.



Начало формы
Конец формы

Xulosa:Sotsiologiya kursi bo‗yicha bayon qilingan ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin. 1) Jamiyatda yashab turib, uni bilmaslik — bu katta yo‗lga tushib olib istagan makonini qidirib topolmaslikdir. Ammo jamiyat inson hayotida va faoliyatida o‗rganishi va ilmiy bilishi lozim bo‗lgan eng murakkab og‗ir bo‗lgan ob'ektdir. Jamiyatshunoslik, jumladan sotsiologiya fani tabiatshunoslik fanlaridan ancha orqada qolmoqda. Lekin jamiyat faoliyati va taraqqiyoti, boshqaruv mexanizmlari, sotsial progressning istiqbollari haqidagi qonunlar tan olinishi va ularni bilish talab etiladi. XXI asriing eng asosiy vazifasi jamiyat taraqqiyotini chuqurroq o‗rganib, uning ochilmagan qonunlarini ochish va inson taraqqiyotini muqobil tarzda olib borishni taqozo qiladi. Insonlarni dunyo taraqqiyotiga mos ravishda tarbiyalashda, inson tafakkurini ilmiy asosda va millim ruhda shakllaiishida va nihoyat jamiyat taraqqiyotining optimallashuvida sotsiologiya fanining o‗rni beqiyosdir va u hozirgi zamon jamiyatshunosligida yetakchi rol o‗ynaydi. Prezident devoni OO‘Yu va OMM vazirligi Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari insituti Vazirlar Maxkamasi O‘MMYu lari OO‘Yu Vazirligi Sotiologik tadqiqotlar markazi ОO‘Yu lari Хududiy muxbirlik punktlari 172 Sotsiologik fikrlar ming yillar ilgari ma'lum bo‗lsa ham, u fan sifatida tan olinganligiga yuz ellik yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida bu fan insonlarning o‗z-o‗zini bilish, jamiyat taraqqiyotining yangi modelini yaratishda o‗zining salmoqli hissasini qo‗shdi. Jamiyat bugun sotsiologiya yordamida o‗z-o‗zini yo‗naltirish va o‗z-o‗ziii taraqqiy ettirish imkoniyatiga ega bo‗lmoqda. U o‗z tarixi mobaynida har xil va qaramaqarshi dunyoqarashlarni ham talqin qildi. Plyuralizm va dunyoqarashlar o‗rtasidagi qarashlarni tahlil va talqin qilish hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy jihatlaridandir. Sotsiologiyaning bu jihatlari fandagi bitmas tuganmas manbai bo‗lib, fan ular orqali, boyidi va taraqqiy etib boradi. Agar umumsotsiologik nazariyalar majmuasini yaratish mumkin bo‗lsa, u holda hozirgacha yaratilgan konsepsiyalar, maktablar bunga asos bo‗la oladi. Sotsiologiyaning diqqat markazida shaxsiing o‗zaro ta'sir muammolari, sotsial guruhlap bir butun jamiyat yotadi. Aytish lozimki, bu muammolar sotsiologiyaning asosiy vazifalarini tashkil etadi. Ularning o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganish, ularning o‗zaro ta'sirini foydali, ya'ni garmonik asosda tashkil etish sotsiologiyaning xizmati va mahsuli hisoblanadi. Shaxsni, ya'ni oila a'zolarini takomillashtirmasdan turib, jamiyatni takomillashtirib bo‗lmaydi. Inson ikki xil: aqlli va hayvonsifat bo‗ladi. Aqlli odamda ijtimoiy mohiyat birinchi o‗ringa chiqsa, undan oliyjanob, sahovatli, odob-ahloqli va yuqori ma'naviyatln inson chiqadi. Bu odam ijtimoiylashgan inson sifatlarini o‗zida mujassamlashtirib, tarixan tarkib topgan eng ezgu munosabatlarning timsoliga aylanadi, muayyan jamiyat jamoa tomonidan qabul qilingan ko‗pchilik e'tirof etgan odobahloq va huquq maqomlari doirasidagina faoliyat yo‗nalishini belgilaydi. Aqlli odam (shaxs) zotida ijtimoiy mohiyatini birinchi o‗ringa chiqishida u yashab, faoliyat ko‗rsatayotgan jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy, mafkuraviy va boshqa munosabatlar hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Bu munosabatlar birgalikda insonni muayyan shaxs sifatida shaklnanishi uchun sharoit bo‗lsa, unda aqlli odam ko‗rinishida biologik mohiyatni yuzaga qalqib chiqishi imkoniyati yuksaladi. a) Ijtimoiy ahamiyat birinchi o‗ringa chiqib olishi uchun, aqlli Odam (shaxs) ning o‗ziga bog‗liq, jihatlari ham ko‗p nutq tili va murakkab tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan bu shaxsning olamni, ayniqsa o‗zo‗zini anglashda dunyoga qarashning tarkib topgan muayyan sistemasi katta rol o‗ynaydi. Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai nazaridan ifodalangan g‗oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli 173 Odam (shaxs) ishonchiga aylansa qadirlanadi, e'zozlanadi. Aqlli Odam (shaxs)ni shakllanishi aqlli va adolatli jamiyatni shakllanishiga olib keladi. Bu vazifani bajarishda sotsiologiya va sotsiologlarning o‗rni beqiyosdir. 4)Sotsiologik tadqiqotlarni olib borishda nazariya bilan amaliyotni o‗zaro chambarchas bog‗liqligini ta'minlash muhim omillardan hisoblanadn. Shu bilan muammoni amaliy jihatdan to‗g‗ri tadqiq qilish uchun haqiqiy hayot bilan bog‗likligini ta'minlashga, hayoliy va mujmal tasavvurlardan qutilishga, sotsial hayotni programmalashga va amaliy tadbir-choralarini yaratishga imkon beradi. Nazariya va amaliyot o‗rtasidagi optimal aloqa metodlarini to‗g‗ri va aniq axborotlar to‗plashni, har xil qonuniyatlarni ilmiy asosda isbot qilishni va nihoyat istiqbolni ko‗ra bilish va uzoqda mo‗ljallangan bashoratlarni aniq, bajarilishini ta'minlaydi. 5)Tarixiy va hozirgi vaqtdagi kuzatilayotgan sotsial tajribalar shuni ko‗rsatmoqdaki, bo‗layotgan ijtimoiy portlashlar va krizislar, anomal holatlar jamiyat taraqqiyotining yo‗lini tanlashda jamiyatshunoslik va ayniqsa sotsiologiya fanlariga tayanmasdan shu tuzilishning, qaror qabul qilishning va boshqarishning oqibatidir. Sotsial siyosat va sotsial amaliyotga va ular tomonidan yaralgan ilmiy chora-tadbirlarga amal qilmaslik jamiyatni og‗ir ahvolda qoldirishni isbot talab qilmaydigan jarayonidir. Bunga dunyo miqyosida misollar juda ko‗p. Krizislardan qutulishlikning va rivojlanishning asosiy yo‗li jamiyatshunoslikni, jumladan sotsiologiyani takomillashtirish, uni siyosat va amaliyot hayot bilan bog‗lashdir. Ushbu kitobdan maqsad ham, kitobxonlarga shu muammolarni o‗rgatish, hamda yechishda ularni safarbar qilishdan iboratdir.
Download 44,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish