4. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari
Barcha tabiiy va ijtimoiy fanlar singari psixologiya ham bundan keyingi tahlilini taqazo qiluvchi
faktlarning to’plashning ikkta metoliga – o’z navbatida qator shakillari mavjud bo’lib, ularning
mohiyatini o’zgartirmaydigan kuzatuv va eksperiment o’tkazish metodlariga egadir.
Psixologiyada ilmiy bilishning ushbu vositalari mavjudligi (garchi bu har qanday fanda, umuman
olganda, tomomila o’z-o’zidan tushunarli deb hisoblansa ham) ni alohida ta’kidlash zarurati
shundan kelib chiqadiki, idiealistik psixologiya yuqorida bayon etilgan sabablarga ko’ra,
kuzatuvchi o’z- o’zini kuzatish bilan cheklanib, psixologik tadqiqotda, ayniqsa oliy darajadagi
psixik jarayonlarni o’rganishda, eksperementning biron bir jiddiy rol o’ynashni inkor etib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |