Kuzatuv agar u tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanibgina qolmasdan, balki ushbu
bo’la oladi. Kuzatuvchining mohiyati psixologik faktlarni faqat hisobga olishdan emas, balki bu
psixologik faktlarning sabablarini ilmiy nuqtai nazardan izoxlab berishdan iboratdir. Faktlarni
hisobga olish bilan turmushdagi oddiy kuzatuvchilar deb atalmish kuzatishlar chog’ida
shug’ullaniladiki, kishi u yoki bu ishlar, xatti- harakatning sabablarini tusmol Bilan izohlaydi.
Turmushdagi kuzatuvchilar ilmiy kuzatuvchilardan avvalo o’zining tasodifiyligi, uyushmaganligi
va rejasizligi bilan farq qiladi. Unda psixik faktning hosil bo’lishi va uning kechishiga ta’sir
qiladigan barcha muhim shart sharoitlar kamdan- kam hisobga olinadi. Biroq turmushdagi
kuzatuvchilar son- sanoqsiz ravishda o’tkazilib turishi va mezon sifatida ixtiyorida kundalik
tajribaning mavjudligi vajidan oqibat natijada ba’zan psixologik donishmandlikni rastianal
mag’zini hadiya etadi. Turmushdagi son sanoqsiz psixologik kuzatuvchilarning natijalari maqol
va maqollarda mujassamlashgan va o’rganish uchun muayan qiziqish tug’diradi.
Kuzatishdan farqli o’laroq, psxologik eksperement tadqiqotchining sinalayotgan faoliyatiga faol
aralashuvi mumkinligini nazarda tutudi. Jumladn, tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon
bo’lishiga, uning eksperimentchi xohlagan yo’nalish bo’yicha o’zgartirishlarga, har jihatdan
tadqiq qilish uchun bir necha marotalab takrorlanishga imkon beradigan shart- sharoitni yaratadi.
Eksperement
metodning
ikkta
asosiy
turi
farqlanadi:
labaratoriya
eksperimenti va
tabiiy eksperiment.
Labaratoriya eksperimentning xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya sharoitlarida maxsus
psixologik asbob- uskunalar yordamida o’tkazishlarida va sinaluvchining xati- harakatlari yo’l-
yo’riqqa qarab sodir bo’lishi bilgangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluvchi kishining
munosabati bilan ham belgilnadi. Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini,
idrok, xotira va boshqalarning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda
labaratorya eksperimentining ko’pincha shunday tarzda o’tkazishadiki, unda odam odatdagi
sharoitlarda bajarishi mumkin bo’lgan faoliyatning ba’zi psixologik jihatlari modellashtirilib
qo’yiladi. Jumladan, eksperimentning anchagina hissiy zo’riqish vaziyati modellashtirilib, uning
jarayonida sinaluvchi, masaln, kasbi kori uchuvchi bo’lgan kishi anglangan echimlar qabul qilishi,
yuksak darajadagi uyg’unlikni taqazo etadigan murakkab xarakatlar qilishi, prborlardagi
ko’rsatkichlarga munosabat bildirishi va h. k lar belgilab qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi martda 1910 yilda A. F. Lazurskiy taklif etilgan) mo’ljalanganligiga
ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo’ladigan zo’riqishga yo’l
qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga (dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarni bajarish
va boshqalar) ko’chishi lozim.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperimentpsixologo – pedagogik
Do'stlaringiz bilan baham: