Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina SHAXSga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. - Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina SHAXSga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasi - Shaxs tushunchasi
- Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo’lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi - bu jarayon davomida o’zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning o’zi hayot uchun yo’l tanlashida, bu yo’lni egallashida, hayotda o’z mavqei va o’rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLAR - SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLAR
- Shaxs xislatlarining bir butunligi va o’zaro bog’liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o’rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o’rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Bu boradagi psixologik tadqiqotlar va nazariy ishlar asosida turli "shaxs tiplari"ning ajratishga, ularni o’rganishga olib keladi. Shaxslarning tipologiyasini yaratish turli odamlardagi individual psixologik xususiyatlarni topish va ulardagi umumiy belgilar, xususiyatlar asosida ularni ma’lum toifalarga birlashtirishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |