"psixologiya"


 Munozaralar jarayoni psixologiyasi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253
Bog'liq
psixologiya

 
2. Munozaralar jarayoni psixologiyasi 
Qarorlar  qabul  qilish  rahbar  faoliyatining  uzviy  qismidir.  Bu  narsa 
bevosita  muloqot  jarayonida,  aniqrog‘i,  munozaralar  jarayonida  ro‘y  beradi.
 
Munozaralar  olib  borish  orqali  gruppaviy  qarorlar  qabul  qilish  kollegial 
ishlash uslubining asosidir. 
Munozaralar  olib  borish  yoki  muzokaralar  orqali  qarorlar  qabul  qilish 
odatda  ikki  usulda  -  interaktiv  yoki  nominal  guruhlar  sharoitida  amalga 
oshiriladi.  Birinchisida  guruhning  barcha  a’zolari  rahbar  bilan  birgalikda 
masalaning  mohiyatini  tahlil  va  muhokama  qilish  orqali  bir  qarorga  keladilar. 
Ikkinchi  holatda  esa  muammo  yoki  masala  topshiriq  sifatida  xar  bir  mas’ul 
shaxsga  beriladi  va  ular      alohida  takliflar  umumlashtirish  uchun  rahbarga 


 
60 
topshiradilar. 
Guruh  sharoitida  -  munozaralar  vositasida  qarorlar  qabul  qilish  turli 
oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Aniqlashlaricha,  gruppaviy  qarorlar  qabul 
qilish  jarayonida  deyarli  ikki  barobar  ko‘p  fikr  va  g‘oyalar  o‘rtaga  tashlanadi. 
Bundan  tashqari,  boshliq  rahbarligida  ko‘pchilik  fikr  almashgan  sharoitda 
konformizm effekti yoki etakchi fikr tomonidan tayziq ko‘rsatish holatlari ham 
bo‘lishi mumkin. Bunda guyoki, ilgari surilgan  g‘oyalar yoki tashabbuslarning 
nomiga  ilgari  surilganligi,  yolg‘onligiga  o‘xshash  oqibat  kuzatiladi.  Ba’zan 
tashabbuslar  va  fikrlarga  imkoniyatlar  berilgani  uchunmi,  haddan  ziyod  o‘ziga 
ishonch, optimizmni keltirib chiqaradi va h-zo. 
Agar  munozara  va  muhokamalar  jarayonida  boshliq  fikriga  ergashish 
xollari yaqkol sezilsa, unda guruhning bir necha a’zolarida avtomatik tarzda yo 
agressiya,  yoki  guruh  faoliyatiga  yaqqol  befarqlik,  yoki  ma’naviy  jixatdan 
guruhda yakkalanish ro‘y berishi ham mumkin. Ataylab biror fikrni o‘tkazishga 
ochiq  urinish  ham  salbiy  oqibatlarni  keltirib  chiqaradi,  o‘sha  norozilar  yoki 
boshqacha  qarashga  ega  bo‘lganlar  qabul  qilingan  qarorlarni  ataylab 
bajarmaslikka moyillik, uning bajaralishiga xalaqit berish kabilar ro‘y beradi. 
SHunday  turlicha  oqibatlarning  oldini  olish  uchun  rahbar  eng  avvalo 
boshdan  neytral  mavqeni  egalashi,  barcha  “ha”  va  “yo‘q”larni  taroziga  solib, 
kerak bo‘lsa, ayrim mutaxassislarni ataylab fikrlarni saralash ishiga jalb  qilishi 
mumkin. Har qalay nominal ishlash usuldan ko‘ra interaktiv ish usuli ma’qulroq. 
Munozaralar  jarayonida  e’tibortalab  omillardan  yana  biri  bu  guruhning 
tarkibidir.  Agar  bu  tarkib  turli  toifali,  turli  yosh,  jins  va  malaka  vakillaridan 
iborat  bo‘lsa,  gruppaviy  ishlash  to‘g‘ri  yo‘lga  quyilgan  sharoitda  ular  qilgan 
qarorlar sifatliroq va asosliroq bo‘ladi. Agar guruh tarkibi o‘sha malaka, tajriba 
nuqtai nazaridan deyarli bir xil bo‘lsa, bir qarorga kelish oson bo‘ladi, nizo kelib 
chiqish xavfi bo‘lmaydi, lekin masalaga yondashuv bir taraflama bo‘lib   qolish 
ehtimoli  ham  yo‘q  emas. Bu  omillar  majlislar, yig‘ilish  va operativ  yig‘inlarda 
ham  inobatga  olinishi  kerak.  Majlislarda  qabul  qilingan  qarorlarning  samarasi 
ham  aynan  boshqaruvga  oid  yaxshi  qarorlarga  ega  bo‘lganlik  bilan  izohlanadi. 
Bu samara  taxminan mana  bunday  hisoblanadi:  majlis  yakunida  qabul qilingan 
qarorlar yoki ma’lumotlar sonini majlis boshida o‘rtaga tashlangan ma’lumotlar 
soniga bo‘lganda 1dan ortiq miqdor chiqsa, bu - yaxshi, aks holda - samarasiz 
bo‘ladi.  Agar  majlisda  bir  kishi  o‘zi  ham  hal  qilsa  bo‘ladigan  masala  o‘rtaga 
tashlansa  va  bunga  odamlar  vaqtini  sarflasa,  bu  majlis    besamara  bo‘ladi. 
SHuning uchun ham majlislarga olib chiqiladigan masalalar ko‘pchilik fikrining 
to‘qnashuvi oqibatida yangicha yondashuv va echimni nazarda tutishi lozim. 
Shundan  kelib  chiqqan  holda  majlisga  taklif  etiladiganlar  soni  ham 
belgilanishi  kerak.  Nomiga  odam  ko‘paysinga  taklif  etilganlar  o‘sha  qabul 
qilinadigan  qarorlar  mohiyatini  tushunmasligi  ham  mumkin,  ba’zan  gaplashib 
o‘tirib,  xalaqit  ham  beradilar,  ataylab  bema’ni  luqmalar  ham  tashlashlari 
mumkin.  
Rahbar  majlisga  kelishdan  avval  albatta  o‘zining  taxminiy  takliflari  va 
qarorlarga  ega  bo‘lishi  va  bunda  u  o‘zining  “komandasi”  fikrlaridan 
foydalangan  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  yig‘ilishlar  ish  kuni  oxirida  tashkil 


 
61 
etilgani ma’qul, bo‘lmasa, odamlar ertalabdan uning qarorlarini muhokama qilib 
kunni  o‘tkazishlari  ehtimoldan  xoli  bo‘lmaydi.  To‘g‘ri,  ba’zan  zudlik  bilan 
operativ qarorlar qabul qilish kerak bo‘lib qoladi, shunda boshliq majbur bo‘ladi 
odamlarni  to‘plashga,  shunda  u  xodimlardan,  muovinlar  bo‘lsa  ham  kechirim 
so‘rashi  kerak,  chunki  u  ertalabdan  har  bir  xodim  o‘z  kunini  rejalashtirib 
bo‘lganini unutmasligi kerak. 
Muhim  qarorlar  qabul  qilishga  bag‘ishlangan  majlisni  odatda  rahbarning 
o‘zi  boshlaydi,  shunda  u  muammoni  qanchalik  qisqa,  lo‘nda  va  aniq  fikrlarda 
bayon  etolsa,  vaqtdan  yutadi,  aks  holda  faqat  muammoga  aniqlik  kiritishga 
ancha vaqt ketib qoladi. Majlislarda axloq-odob normalariga qat’iy rioya qilishni 
nazorat qilish odatda majlis raisiga yuklanadi. Bunda xar bir majlis ishtirokchisi 
o‘zini faqat tinglash uchun taklif etilgan emas, balki qaror qabul qilishga mas’ul, 
deb  anglashi  kerak.  Agar  majlisda  o‘zaro  samimiyat  ruhi  ustivor  bo‘lsa, 
xodimlar  ham  yaxshi,  ijodiy  fikrlarni  o‘rtaga  tashlaydilar.  Boshliqning  asosiy 
vazifasi  o‘rtaga  tashlanayotgan  fikrlarga  nisbatan  boshqalar  tomonidan 
zaharxandalik  yoki  kulish  holatlari  ro‘y  bermasligini  nazorat  qiladi.  Lekin 
psixologik  nuqtai  nazardan  boshliq  shuni  unutmasligi  kerakki,  xar  qanday 
auditoriya taxminan uch toifali ishtirokchilardan iborat bo‘ladi:  
“tarafdorlar”, ya’ni har qanday fikrga qo‘shilaveradigan, hamfikrlar; 
“neytrallar”, aniq fikrga ega bo‘lmagan, biroz betaraf, tez u yoki bu fikrga og‘ib 
ketaveradiganlar; 
“muxoliflar”, boshliq qanday taklifni o‘rtaga tashlasa ham e’tirozlar bilan qarshi 
oladiganlar. 
Demak,  boshliq  ana  shu  omilni  ham  inobatga  olib,  muhim  qarorlar  qabul 
qilishda bu ichki guruhlar psixologiyasini inobatga oshishi zarur. 
Ko‘pincha  majlislar  yoki  bevosita  ishlab  chiqarish  muammolarini 
muhokama  qilish  jarayonida  fikrlar  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmay  qoladi.  Bu 
jamoadagi  nizolarga  asos  bo‘lishi  mumkin.  SHuning  uchun  nizolar  va  nizoli 
vaziyatlar, ularni oqilona hal etish yo‘llari to‘g‘risida ham mulohaza yuritamiz. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish