10
o‘rni borasidagi tarixiy manbalarga murojaat etishimiz anchagina muammoli
holatlarni keltirib chiqardi. SHuni inobatga olib, tarixiy holatlarni tahlil etishga
ehtiyoj tug‘ildi. Psixologik testlar Respublikamizda
tatbiqi va ularning
samaradorligi masalasidagi erishilgan tarixiy manbalar biz uchun eng ishonchli
manbalar topishga qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo testlarni paydo bo‘lishi borasidagi
jahon amaliyoti tarixida sinov-tekshiruv masalalari turli xil ko‘rinishlarda
gavdalanganligini e’tirof etishimizga to‘g‘ri keldi.
Biz sobiq ittifoqda testlar muammosini o‘rganilishidagi tahlillarimizda, aynan
psixologik testlarni paydo bo‘lishi emas, balki ularni tatbiq
etilishidagi urinishlar
20-asrning 20 yillarida amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi tarixiy ma’lumotni
keltirgan edik. Bunda dastlabki testlarning tatbiqi aholining intellektual salohiyati
masalasini tekshirish uchun olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq edi.
Testlarning tatbiq etilishi bolalarningaqliy taraqqiyotdan ortda qolishiga bog‘liq
ma’lumotlar qayd etilganligi bilan xarakterlanganligi, ularning sababi, bolalarning
fiziologik,
ijtimoiy
rivojlanishiga
bog‘liq
omillarning
o‘rni
orqali
tushuntirilganligi. Ushbu xoslik fafqat osiyo mintaqasidagi ishchi-dehqon aholisi
uchun emas, balki butun Ittifoqdagi boshqa millat vakillariga ham xosligi
ta’kidlangan edi
9
.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avlodlarimiz
ham inson psixologiyasi
tekshirish uchun o‘z sharoitlari va imkoniyatlari darajasida sinov-tajribalar
o‘tkazganliklarini guvohi bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi. CHunki o‘z davridayoq Abu
Ali Ibn Sino emotsional holatlarni tadqiq etish uchun oddiygina usul. Biroq
samarali taassurot qoldiruv psixologik ma’lumot olishga imkon beruvchi dalilni
keltira olgan. U emotsiyaning inson tabiatidagi rolini quyidagi tajriba: qo‘y
bilan
bo‘ri misolida isbotlagan edi. Tajribada qo‘yni alohidla bir qo‘raga joylashtirib,
uning ozuqa bilan boqiladi. Natijada hech qanday tashqi xavf bo‘lmagan holatda
uning semirish imkoniyati anchagina yuqori bo‘lganligi. Ikkinchi holatda esa
parvarishlanayotgan qo‘yning yonida ikkini qo‘ra hosil qilinib, u erda bo‘ri
saqlanadi. Natijada bir xil parvarish qilinayotgan ikkinchi qo‘ynin qarshisida bo‘ri
turganligi sababli, uning semirish imkoniyati pasayib
ketganligi va xotirjamli
bo‘lmasa, ma’lum tashqi ta’sirlar sharoitida xotirjamlik o‘z-o‘zida yo‘qolishini
tajriba asosida shu tarzda isbotlangan edi
10
. Tarixiy ma’lumotlarga bo‘nday
qarashimiz, psixologik tajria-sinovlar oldindan ham amalga oshirilgan ekan.
Ammo zamonaviy psixologiyada testlarning tatbiq etilishi holatini mamlakatimiz
miqyosidagi holati sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davrda shubhasiz uning tarixida
yuz bergan barcha yutuqlar va yo‘qotishlar bilan chambarchas bog‘liq.
Respublikamizda psixologiya fanini o‘qitilishiga qo‘yilgan qadam, dastlabki
psixologiya kafedrasini faoliyatini ochilishi 1958
yilda Nizomiy nomidagi
Pedagogika instituti tarkibida, bu zamonaviy psixologiya to‘g‘risidagi dastlabki
ilmiy ma’lumotlarni etkazish imkoniyatini bergan davr hisoblanadi. Ittifoqda
psixologik metodikalarni tatbiq etilishidagi siyosiy tayziq ta’siri uning 20-asrning
70
yillariga qadar, rivojlanishida keskin regrissiyani keltirib chiqqanligini
aytadigan bo‘lsak, bu psixologiyani o‘zbekistonda rivojlani tarixi uchun ham xos
holat. Ammo 70-yillarda psixologik testlarni erkin tatbiq etishga berilgan ruxsat
9
Бурлачук Л.Ф. Психодиагностика.- .Спб.: Питер, 2007.-87 бет
10
Ярошевский .История психология. 1980
11
tufayli
ulardan foydalnish, ularni yaratish masalasi ta’siri ham respublikamizni
chetlab o‘tmadi. CHunki ushbu davrda respublikamizda Toshkent davlat
universiteti tarkibida 1972 yilda “Psixologiya” bo‘limining ochilishi va psixologlar
tayyorlashning yo‘lga qo‘yilganligi katta yutuq sanaladi edi. Bu holat aynan
zamonaviy psixologiyaning
mamlakatimizda kirib kelishi, uning ilmiy tadqiqot
metodikalariga tayanib, izlanishlar olib borish uchun imkoniyat tug‘dirilganligini
e’tirof etmasdan boshqa iloj yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: