Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob
’ektidir.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-atvorini
turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular
individual va ijtimoiy ong o`rtasidagi o`ziga xos psixologik ko`prik bo`lib, bizning kundalik
hayot tarzimiz, ob
’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir.
Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish mumkin:
turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar,
din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar;
fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar;
shaxsni bevosita o`rab turgan ijtimoiy muhit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor
normalari, etika haqidagi tasavvurlar;
madaniyat va madaniy qadriyatlar;
nihoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi.
Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy
tasavvurlarning biror sohasiga murojaat qiladi.
Ijtimoiy tasavvurlarni o`rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta
’kidlash mumkinki, bu
konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym
bo`lib, u o`zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki
obrazlar tarzida talkin etgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S.
Moskovisi, D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa
tasavvurlarning ijtimoiy tabiati, ularning hayotdagi o`rni, ahamiyati, tuzilishi va o`zgarishi
8
masalasida qator ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o`ziga
xos nazariyalar yaratdilar. Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat
metodlari kirib, shu oddiy metodlar yordamida fransuzlarning shaxs haqidagi, freydizm
haqidagi, din haqidagi tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va
bolalar haqidagi tasavvurlarini tadqiq qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yunalishi
doirasida ushbu konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu
nazariyani tan olmoqdalar.
Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o`zi bilan
bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin
o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o`zgarishlarni qanday
idrok qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda
faollashtirish mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
ijtimoiy tafakkur, yangicha
dunyoqarash va munosabatlarning
shakllanishi.
ijtimoiy tafakkur, yangicha
dunyoqarash va munosabatlarning
shakllanishi.
Ijtimoiy psixologiyaning dolzarb
masalalari
insonning
o’ziga va o’zgalarga
ta’sir etish mexanizmlarini
o’rganish.
ijtimoiy tafakkur, yangicha
dunyoqarash va munosabatlarning
shakllanishi.
ijtimoiy tafakkur, yangicha
dunyoqarash va munosabatlarning
shakllanishi.
9
1.5-sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |