Psixologiya rivojlanish tarixi. REJA: 1. Psixologiya fanining predmeti 2. Yangi davr va psixologiyasi. 3. Psixika haqida tushuncha. 4. Aks ettirish psixologik muammo sifatida. Psixologiya-miyada voqelikning obrazi sifatida sodir bo’luvchi psixika haqidagi,psixik faktlar,qonuniyatlar va psixikaning mexanizmi to’g’risidagi fandir,insonning shaxsiy xarakterga ega bo’lgan faoliyati voqelikning miyadagi obrazi asosida va shu obraz yordamida qilinadi. Psixologiya so’zi yunoncha “psyuxe” ya’ni jon va “logos” ta’limot degan ma’noni anglatadi. Sezgi,idrok,diqqat xotira,tafakkur,iroda,xayol va boshqalarni psixika yoki psixik jarayonlar deb ataymiz. Psixologiya voqelikning alohida sohasi bo’lgan psixik yoki ruhiy hayot sohasini o’rganadi.Har kimga ma’lum hodisalar sezgilarimiz,idrok tasavvurlarimiz ,fikr ,intilishlarimiz va shunga o’xshashlar psixika hodisalari jumlasidandir. Shaxsning psixik va individual xususiyatlari deb ataladigan xususiyatlari:odamning temperamenti(mijoz),xarakteri(fe’l atvori),qobilyati,extiyoji,mayl va havaslari ham psixika sohasiga kiradi. Psixologiyaning predmeti. Psixologiya so’zi ikkita grek so’zlardan-”rxusGge”-jon,Ruh va “logos” ta’limot,ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’nodagi inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uing predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda,psixologiyaning predmeti xar birimizning tashqi olamni va o’z o’zimizning bilishni asosida yotgan jarayonlar hodisalar,holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixika o’ziga alohida bir olam emas:organic hayotning yuksak formalaridan bo’lib,faqat hayvonlar bilan odamga hosdir. Odam psixikasi hayvonlar psixikasidan sifat jihatdan farq qilib odamda psixik hayotning yuksak formasi-ong bor. Odam ongli zotdir. Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil bo’lib,bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu bo’g’lanish va munosabatlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixik hodisalar va butun psixika rivojlanib kelgan va rivojlanmoqda. Psixika bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni ya’ni bilishimizni va anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan,yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shunday qilib psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor:bir tomondan,ularni o’rganish qiyin,ikkinchi tomondan oson ham,oxirgi jihati hususida shuni aytish mumkunki,bu hodisalar bevosita bizning o’zimizga berilgan, ularni uzoqdan qidirsh,mavhum analogiyalar qilish shart emas. Boshqa bir tomondan ular o’zaro bir birlari bilan bog’liq. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs,uning jamiyatdagi xulq atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir.,deb ta’reflash mumkin. Psixologiya konkret fan sifatida psixik faoliyat qonunyatlarini, uning ro’y berish mexanizmlarini va omillarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya biologic evolyutsaning ma’lum bir bosqichida vujudga kelgan bo’lib, uning o’zi omillarning bir sifatida organizmni ularning yashash sharoitiga tobora kuchayib boruvchi moslanuvni ta’minlab turadi.Psixikaning insonda paydo bo’lish sifati jihatdan mutlaqo yangi tuzulishga ega, chunki ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi psixika faologining yuksak ko’rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi. XULOSA. Bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakklari eka,degan yuzaki xulosaga kelish noto;g;ri bo’ladi.Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki,biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz.Shunday qilib psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |