Geshtalt psixologiya (nemischa- gestalt, shakl, qiyofa, ko'rinish) psixologiya oqimlaridan biri. XX asrning 20-30-yillarida Germaniyada yuzaga kelgan. G. Fon Erenfelsning yaxlitlik idrokning asosiy sifati deb hisoblaydigan ta‘limotga asoslanadi. Geshtalt psixologiya tarafdorlari M. Verheymer, V. Kyoler, K. Kofka, K. Levin va boshqalar. Geshtaltchilarning ushbu tezislari mazkur ta‘limotni ochib berishga xizmat qiladi: Geshtaltchilarning ushbu tezislari mazkur ta‘limotni ochib berishga xizmat qiladi: alohida olingan qism va elementlarning yig‘indisi yaxlit struktura mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit struktura qism elementlar yig‘indisi va hodisalarni belgilab berishga qodir. Ularning tadqiqot bosh ob’ekti idrok hisoblanadi, keyinchalik undan olingan ayrim xulosalar tafakkurni o'rganishga tatbiq qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |