Psixologiya kafedrasi


I.4. Mehnat faoliyati diagnostikasi



Download 334 Kb.
bet2/5
Sana28.06.2017
Hajmi334 Kb.
#18789
1   2   3   4   5

I.4. Mehnat faoliyati diagnostikasi
Faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash psixologik ko’rsatgichlar asosida olib boriladi.u faoliyatda o’rgatish jarayonini optimallashtirish uchun muhim.oquv guruhlarini tuzishda individual yondashishnitashkil etishda va boshqa hollarda muhim.

Ko’pincha faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash insonning u yoki bu faoliyatga to’g’ri kelishi kasbiy tanlov o’tkazishni yo’lga qo’yish uchun to’g’ri keladi.Insonning mehnatga jismoniy va psixik layoqatliligi va yaroqliligini ergonomika sohasi o’rganadi.ergo ingliz tilidan ish nomika inson o’rganadi.

Professional tanlovning komponentlaridan biri psixologik tanlov bo’lib,u o’z ichiga tibbiy tibbiy,ta’lim,bilim darajasi bo’yicha tanlovlarni o’z ichiga oladi.aniq faoliyat turida inson qobilyatlarni son va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha baholash eng oddiy ammo unchalik mukammal bo’lmagan usuldir.Professional malaka olingan ko’rsatgichlarni boshqalarniki bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.qobilyatlarni pragnozlash kasbiy ta’limdan oldin o’tkaziladi va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi;

1. Vaqtdan uzilganligi

2. Vositali usullar

3. Nisbatan kam ishonchliligi va h.k.lar.

D.D.Jangarov diagnostika va pragnozlash tushunchalarini o’zaro bir-birini to’ldiruvchi ammo eksperimental psixologiyaning alohida mavzulari deb aytadi.

Faoliyat muvaffaqiyatini pragnozlash –kelajakda individual hulq ehtimolini argumentlash bo’yicha xulosadir. Uni ilmiy asoslash uchun b.m/psistemasi ishlab chiqaradi va u quyidagi bosqichlarga bo’linadi;

- faoliyatni psixologik o’rganish

- yakuniy axborotni olish uchun metodlar tanlash va ishlab chiqarish

- mezonlarni ishlab chiqish

- yakuniy axborotni diagnostik integral boshqa aylantirishning qoidasini ishlab chiqish

- faoliyatni pragnozlash sistemasi validligini aniqlash.

statistik algoritmlarni beshta guruhga bo’lish mumkin.

1. Quyi va yuqori guruhlarni qiyosiy tahlil qilish

2. Korrelatsion pleyadalar metodi

3. Faktorli tahlil

4. Ketma-ket davomli tahlil

5. Regression tahlil

Professional tanlov va qobilyatlarni diagnostik tahlil qilish talablarni V.A.Bodrov quyidagicha tushuntiradi.4

1. Metodikaning pragnostik (informatsion qimmati) bu metodikaning o’ganilayotgan shaxs haqida keng va aniq axborot bera olishi bilan o’lchanadi.

2. Metodikaning ishonchliligi.bu olingan natijalarning stabilligi takror tadqiqotlarda bir xil ko’rsatgichlarni olish o’lchov xatolari dispersiyasi,juft qatorli korrelatsiya koifsentiko’rsatgichlari bilan aniqlanadi.

3. Metodikaning differensialligi.bu har bir metodikaning alohida funksiyalar yoki funksiyalar to’plamini baholashgaqaratilganligidir.natijalarni tahlil qilganda ular orasidagi farq kichik bo’lishi metodika to’g’ri tanlanganligini bildiradi.metodikalar differansialligini aniqlash uchun korelatsion matritsa o’tkazish lozim.

Tanlangan va ishlab chiqarilgan metodilalarning yuqori pragnostik va qimmati va ishonchligini taminlash uchun v.a.bodrov quyidagi prinsiplarni sanab o’tadi;

1. Ilmiy asoslanganlik tamoyili.

2. obyektivlik tamoyili.

3. amaliyotga qulaylik tamoyili.

Tajriblarni o’tkazishda instruktash katta ahamiyatga ega. Instruksiya o’zining osonligi, aniqligi, standart shakli bilan ajralib turadi. Instruksiyani eksperimentatr yodlashi yoki uni matndan o’qib borishi mumkin. Sinaluvchi va eksperimentatrorasidagi psixologik kontakt metodning ishonchliligini oshiradi. Metodika blanklari bir xil o’lchovda, rangda va shriftda tuziladi. Standart sharoitlarda asbob-uskunalar eksperiment tajriba o’tkazadigan joyning yorug’lik darajasi, shovqin izolyatsiyasi va maxsus metodikaning professionalligi va qonuniyligini ta’minlaydi. Faoliyatni prognoz qilish uchun maxsus psixologik tayyorgarlikka ega mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Qobilyatlar diagnostikasini sintetik usulda o’tkazish pragnoz ishonchliligini oshiradi, chunki faoliyat adekvat va takroriy sinab ko’riladi.


II BOB. TALABALARNING KASBGA QIZIQIShLARINI O’RGANISh
II.1. Bo’lajak psixologlarning mehnat faoliyatiga tayyorligi
Bitiruv ishimizning obyekti – psixologiya yo’nalishi talabalarining mehnat faoliyati bo’lib, mavzu bo’yicha olib borgan tadqiqotlarimiz va so’rov natijalari shuni ko’rsatdiki, ushbu talabalar asosan kelajakda ta’lim muassasalari va ichki ishlar idoralarida ishlashga qiziqishadi. 3 va 4 kurs 40 nafar talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra quyidagi ma’lumotlarni qo’lga kiritdik:





Sinaluvchilar


Ta’lim muassasalarida

Ichki ishlar idoralarida

Boshqa kasblarda



Psixologiya yo’nalishi talabalari

(40 nafar)

Yigitlar

Qizlar

Yigitlar

Qizlar

Yigitlar

Qizlar

1

100%

12%

45%

34%

2%

4%

3%

Shuning uchun biz quyida asosan maktab psixologi va ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy xususiyatlari va talabalarda bu xususiyatlarning rivojlanganligini o’rgandik.

Talabalar, ya’ni bo’lajak psixolog mutaxassislar: «Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak?» - degan savolni berishadi.

Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hyech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o’rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:

1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:

2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o’rganilishini taminlash:

3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.

Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.

Psixolog maktabda yengib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.

Psixolog adaptasion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi. Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hissoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.

Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmasligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.

O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hyech narsa qila olmasligini tan olishdan qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota - onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.

Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:

1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.

2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.

3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi lozim bo’ladi.

O’qituvchilar ham alohida e’tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozisiyasi juda muhim rol o’ynaydi.



Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

a) pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;

b) pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.

v) subyekt - subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka.

Mana shunday pozisiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv hamkorlikni ta’minlay oladi.

Dastlabki kezlarda psixolog o’qituvchilarga o’z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo’lsa, yordam berishga tayyorligini ma’lum qilsa, shuning o’zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so’ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo’lmaydi. O’qituvchilar bilan ishlashda bolada ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarga asosan o’qituvchi sababchi bo’layotganini ta’kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. O’qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ’ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir.

Bundan ko’zlangan asosiy maqsad kimgadir o’z bilimlarini ko’z-ko’z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg’ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o’qituvchilar passiv tinglovchi bo’lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma’lumotga ularni o’z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi.

Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki «O’zim yordamimni taklif qilaymi yoki o’qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim o’z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, o’qituvchilarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga bog’liq emas. Bu ko’proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqatga kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog’liq. O’qituvchilar bolalar haqida har qanday uzoq muddatli psixologik tatqiqotlar natijalaridan ko’ra ko’proq narsa biladi. Ular bolalar bilan har kuni muloqatga kirishadilar va tabiiyki ularga ta’sir etish uchun ko’proq imkoniyatga egalar.

Bas shunday ekan, psixolog o’qituvchining yaqin hamkori va yordamchisi bo’lishi kerak. Psixol.f.d., prof. Z. Nishonova ta’kidlab o’tganidek: «Psixologlar shuni unutmasinlarki, maktab hayotini o’ziga xos sahna asari deb tasavvur qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo’ladi:


  1. Bolalar

  2. O’qituvchi

  3. Psixolog

  4. Hisobchi

  5. Oshpaz

Psixologlarga birinchi rol ajratilgan».5

Bo’lajak psixologlar bilishi lozimki, uning mehribonlik uylarida olib boradigan ishlari ham o’ziga xos xususiyatlariga ega.

1987 yildan boshlab bolalar uylariga (hozirgi mehribonlik uylari) va maktab internatlarda psixolog shtati joriy etildi. Ushbu hodisa oiladan tashqarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik rivojlanishi uchun maxsus psixologik yordam zarurligini tan olishni anglatadi. Mehribonlik uylari yoki maktab internatlaridagi psixolog ishinig asosiy yo’nalishlari, prinsip va metodlari ko’p jihatdan oddiy maktabdagiga o’xshash bo’ladi. Biroq shu bilan birga ushbu muassasalardagi psixologlar ishi o’ziga xosliklarga ham ega. Bu o’ziga xoslik birinchidan, bunday tip muassasalardagi ta’lim tarbiya jarayonining o’ziga xosligi: ikkinchidan bolalarning psixik rivojlanishidagi o’ziga xoslik tufayli kelib chiqadi.

Shu narsa ma’lumki, ilk bolalik davridanoq (1-3 yosh) internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar bir qancha psixologik xususiyatlari bilan oilada tarbiyalanuvchi bolalardan farqlanadilar: ba’zi xususiyatlarda ushbu masalalarda tarbiyalanuvchi bolalar oddiy maktabdagi bolalar bilan barobar va hatto, ulardan ustunroq bo’lsa, ayrim xususiyatlari bilan ulardan hatto o’zidan kichik yoshdagi o’quvchilardan ham orqada qoladilar. Afsuski, bunday holat butun maktab yoshi davrida saqlanib qoladi.

Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, psixologik rivojlanishda orqada qolish ancha vaqtli, maktabgacha yosh davridayoq vujudga keladi. Uni bartaraf etish ishi maxsus muassasalarda yetarli darajada olib borilmasligi oqibatida ular keyingi yosh bosqichlarida yanada chuqurlashib ketadi.

Mehribonlik uylari yoki maktab-internatlarda ishlay boshlar ekan, psixolog me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilganidek, quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalar bilan mehribonlik uylari hamda internat tipidagi muassasalarda olib boriladigan psixolog ishi ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining psixologik jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, shaxs sifatida va intellektual rivojlanish xususiyatlarini, ta’lim tarbiya jarayonidagi buzilishlarning psixologik sabablarini diagnostika qilish va bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun profilaktik tadbirlar o’tkazishga yo’naltirishi kerak. Psixolog bola hayotidagi ro’y bergan fojianing bola psixik rivojlanishiga ta’sir etishini susaytirish va tegishli psixologik metodlarni o’tkazish orqali bola shaxsi progressiv shakllanishini ta’minlash lozim.


SOS- bolalar qishloqchasining ish tajribasidan
SOS - bolalar qishloqchasi - bu yetim qolgan yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar bilan ishlashning o’ziga xos usuli. Bu usulga avstriyalik pedagog German Gmayner asos solgan. Bugungi kunda u dunyoning 124 mamlakatida keng qo’llanib kelmoqda.

SOS-bolalar qishloqchasi bir necha kottedj-uylardan iborat. Ularning har birida «ona» va 6-8 ta bola yashaydi. Bu bolalar yoki ota-onasidan yetim qolgan, yoki ularning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan. Qishloqda hyech kim ulardan haqiqiy hayotlarini va ularga «onalik» qilayotgan odam aslida onalari emasligini yashirmaydi. Bolalar qishloqchasidagi alohida uylarda onalarning yordamchilari-«xolalari» ham yashaydi. Ular dam olish kunlari «ona» kasal bo’lib qolganda, yoki biror ish bilan uydan ketganda «ona» ning o’rnini bosadilar. Qishloqchani direktor boshqaradi. U qishloqchadagi alohida uyda oilasi bilan birga yashaydi. Direktorlik vazifasidan tashqari u qishloqchadagi barcha bolalarga ota va erkak kishining namunasidir. Albatta, qishloqchada boshqa erkak kishilar-direktor o’rinbosari, usta, haydovchi, xavfsizlikni ta’minlash xodimi ham mavjud. Shu bilan birga qishloqchaning faoliyat ko’rsatishida psixologning ishiga alohida e’tibor beriladi. U ham bolalarga, ham «ona» larga, ham xodimlarga psixologik yordam ko’rsatadi.


Mehribonlik uylari psixologinig shaxsiy fazilatlari

Mehribonlik uylari shunday tarbiyaviy muassasadir-ki, ularda ishlaydigan psixolog chuqur bilimlar bilan bir qatorda ma’lum bir shaxsiy sifatlari ancha rivojlangan bo’lmog’i lozim. Bunday xususiyatlar qatorida quyidagilar asosiy o’rin tutadi:



  1. Bolani sevish.

  2. Odamlarga bo’lgan qiziqish.

  3. Psixologik muvozanatni saqlay olish.

  4. Qiyinchiliklarga bardosh berish.

  5. Jamiyatda yashashni, nimanidir olib, nimanidir berishni bilish.

  6. O’rganishni bilish.

  7. Realizm, hamma narsaga reallik nuqtai nazaridan qarash.

  8. Bolalarga yoqishni bilish.

  9. O’z-o’zini yaxshi anglash va his etish.

  10. Ichki kuch-quvvatga ega bo’lish.

  11. Muloqatchan bo’lish.

  12. Yaxshi salomatlikka ega bo’lish.

  13. Optimist va hazilkash bo’lish.

Ota-onasi mehridan mahrum bo’lgan bolalar bilan ishlashga kirishishdan oldin psixolog o’zidan ana shu sifatlarni qidirib ko’rmog’i lozim. Topsa - yaxshi! Topolmasa-chi? Unda izlansiz. Albatta, ota-onaning chin mehriga bo’lgan chanqoqni hyech qanday sun’iy yo’l bilan qondirib bo’lmaydi. Psixolog esa bolalarning psixologik jihatdan normal rivojlanishini ta’minlashi kerak.

Turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishlarning mazmuni ularga xos xususiyatlarning qisqa analizi shuni tasdiqlaydiki, haqiqatdan ham psixolog faoliyati muassasa turiga ko’ra farqlanadi.

Talabalar asosan o’z kasblari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lishadi. Ammo, ikki mashhur nazariyotchi psixologning suhbatida aytilganidek, «nazariy psixologiyadan amaliy psixologiyagacha bir qadam, lekin uni amalga oshirish juda qiyin».

Haqiqatdan ham, maktabga qanday psixolog kerak?

Har hil kasblar, ularga mos har xil psixologlar mavjud. Maktabda o’zlarini psixolog deb hisoblaydigan insonlar bilan uchrashganingizda, har-xil insonlarni ko’rishimiz mumkin. Ko’z oldimizda kam gap, hyech bilan qo’shilmaydigan, uncha o’ziga tortmaydigan inson ko’rinishi mumkin. Shu bilan birga, hamma bilan chiqishib ketadigan, xushchaqchaq, sergap, chiroyli inson ko’rinishi ham mumkin. Natijada ulardan har-xil taassurot olamiz. Kutilmagan va eng yoqimli taassurotlarni ham olishimiz mumkin.

Biroq barcha insonlar har-xil kasbga, har-xil bilimga va har-xil kasbiy hulq - atvor usullariga ega bo’lsalar-da,o’zlarini psixolog deb sanaydilar. Ba’zan «qancha psixologlar mavjud bo’lsa, shuncha psixologlar mavjud», - deb ham aytishadi. Psixologiya - muallif kasbi bo’lib, unda insonning indivudualligi, ichki ruhiy dunyosini translyasiya qilish qobiliyati namoyon bo’ladi.

Bulardan tashqari, har bir psixologning individual kasbiy stilistika muammosi mavjud. U qanday mavzuni tanlaydi? Kasbidagi uning qiziqishlari qanday? Umuman, u nima uchun psixologiyaga kelgan? U nima bilan shug’ullanishni istaydi. Ishda qanday usulni afzal ko’radi? Qaysi yoshdagi mijozlar bilan ishlash afzal?

Har-xil psixologlarning ishdagi farqi, nafaqat har-xil psixologlarning shaxsiy xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib qolmay, «psixologiya» deb nomlangan umumiy kasbiy sohadagi 4 nafar psixologik kasblar yotishi bilan ham bog’liqdir. Ular: nazariy psixologiya, eksperimental psixologiya, amaliy psixologiya va psixokorreksiya.

Nazariy psixologiyada amaliy psixologiya bilan bog’liq bo’lmagan fikrlar kurashi davom etadi: eski nazariyalarning barbod bo’lishi va yangilarining shakllanishi g’oyalar, ilmiy maktablar va yo’nalishlarning bir-biriga qarshi chiqishi, tafakkurning yangi usullari va mantiqning vujudga kelishi, taraqqiyotning eski qonunlari ochilishi. Nazariy psixologiyada inson psixikasi anotomik kesimlarda o’rganiladi, ya’ni psixologik ko’rinishining jarayonlari, funksiyalari turlari sifatida o’rganiladi.

Nazariy psixologiya maktab amaliyoti ehtiyojlarini qondirishga bevosita xizmat qilmasada, u jamiyatga shuning uchun kerakki, unda inson tafakkuri kuchlarining o’ziga xos o’yini sodir bo’ladi. Nazariy psixologiya maktabga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatmasa-da, «maktab g’oyalari» ning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi: o’quvchiga munosabat, ta’lim va tarbiya konsepsiyalarini ishlab chiqish, maktabning boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi maktab ta’limi rivojlanadigan yo’nalish bo’yicha jamiyatning diniy va qadriyatlar tizimini ishlab chiqish.

Eksperimental psixologiya akademik institutlarda ko’proq insonning psixik hayoti haqidagi fikrlarni yig’ish va umumlashtirishga yo’nalgan. Umuman, eksperimental psixologiyadagi faktlarni yig’ish faqat amaliy ehtiyojlar uchungina emas, balki nazariy psixologiyaning rivojlanishi uchun ham xizmat qiladi. Eksperimental psixologiya hayot va amaliyotdan uzoq bo’lgan laborotoriya sharoitida o’rganiladi va nazariy g’oyalarni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Nazariy va eksperimental psixologiyada amaliyotdan uzoq bo’lgan, fanga qiziqqan, aqli va xarakteri o’ziga xos bo’lgan insonlar ishlaydi.

Amaliy psixologiya bo’lsa inson mehnat faoliyatining har-xil sohalariga xizmat qiladi, jumladan tibbiyot psixologiyasi, pedagogik psixologiya, biznes psixologiyasi va hakozo. Amaliy psixologiyaning har bir yo’nalishida o’ziga xos metodlari, usullari mavjud. U yoki bu mehnat turida ish olib boruvchi psixolog uning o’ziga xosligi va atamalari bilan tanish bo’lishi kerak. Masalan, pedagogik psixologiya sohasida ishlaydigan psixolog maktab o’qituvchisi mehnatidan chuqur xabardor bo’lishi, qiyinchiliklari va muammolarini bilishi, maktab hayotini, o’quvchilarni yaxshi bilishi zarur. Amaliy psixologning muvaffaqiyatli ish olib borishida pedagogik jamoaga qo’shila olishi va ular tomonidan ijobiy qabul qilinishi muhim omil hisoblanadi.

Psixologiyadagi psixopraktika yo’nalishi hayotimizda har doim mavjud bo’lgan, so’nggi vaqtlarda bu yo’nalishga qiziqish ortdi. Bu insonning psixik holatini boshqarishga, uning psixik kuchlarini takomillashtirishga va rivojlantirishga psixotexnik mashqlar tizimi bilan bog’liq. Respublikamizda sharq psixopraktikasi hamda g’arbda yaratilgan hamda moslashtirilgan psixoterapevtik dasturlar (geshtaltterapiya, psixodrama, transakt analizi, neyrolingvistik programmalashtirish va boshqalar) keng tarqalgan. Psixopraktika har bir turining asosida inson hayotiga yaqin bo’lgan holat ma’lum konseptual tamoyillar tizimi yotadi va ular muallifning shaxslararo munosabati va hayotni kuzatishlari asosida sodda shaklda bayon etiladi.

Asosiy muammo bo’lmish maktabga qanday psixologiya kerak degan savolga to’xtalamiz. Maktab psixologi maktabga ko’proq foyda keltirishi va murakkab maktab vaziyatlari, hayotiy vaziyatlarda o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalarga yordam bera olishi uchun qanday kasbiy pozisiyani egallashi kerak?

Bu haqda birgalikda o’ylab ko’ramiz. Tasavvur qiling, maktabga nazariyotchi, akademik psixolog yoki ekperimentator keldi. Qanday holat yuz beradi? Nazariyotchi psixolog ta’lim va tarbiya ning mavhum, nazariyaga asoslangan konsepsiyasini yaratadi, maktabda seminarlar tashkil qiladi, har bir o’qituvchiga o’qib chiqish uchun ilmiy adabiyotlarning uzun ro’yxatini tavsiya etadi, pedagogik jamoaga murakkab nazariy ma’ruzalar o’qiydi. Ko’p o’tmasdan nazariyotchi psixolog «oliy psixologiya»ga befarq bo’lganligidan o’qituvchilardan xafa bo’ladi, o’qituvchilar bo’lsa sekin asta psixolog bilan muloqatdan qocha boshlaydi, chunki ular bu «oliy psixologiya» o’qituvchi mehnatiga tegishli emasligini tushunadilar. Nazariyotchi psixologning maktabni kichik psixologiya institutiga aylantirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

O’qituvchilar maktabga psixologiya kerak emas degan xulosaga keladilar. (Har-xil psixologiyalar mavjudligi haqidagi fakt o’qituvchilarga tanish emas). Psixolog bo’lsa psixologik g’oyalarni targ’ib qilishga hali maktab tayyor emas, degan xulosaga keladi.

Bu vaziyatda nazariy psixologiya va maktab o’rtasida bog’lanish bo’ladi. Boshqa vaziyatni qarab chiqamiz.

Maktabga eksperimentator-psixolog ishlash uchun keldi. U o’zining «ishchi muammosini» tanlaydi, tadqiqot obe’ktini aniqlaydi, ekperiment tashkil qiladi, murakkab diagnostik metodikalarni va boshqa metodikalarini qo’llaydi, eksperimental material yig’adi, ularni qayta ishlaydi va psixologik jurnalga maqola yozadi. Ko’pincha o’quvchilar va o’qituvchilar ishtirok etgan tatqiqot ishlari haqida ma’lumot berilmaydi. Agar psixolog eksperimentator tadqiqot natijalari bo’yicha maktabda ma’ruza qilsa-da, ko’proq «taraqqiyot darajalari, tadqiqot metodlari», «korreksion bog’lanishlar» haqida to’xtalib o’tadi. Bunday tahlilda o’qituvchilar o’zlari haqida hyech narsa bilib olmaydilar, o’zlarini «tajriba o’tkazuvchi quyonlar» sifatida foydalanganliklarini his qiladilar.

Psixolog o’qituvchilar va o’quvchilar bilan shaxsiy aloqa o’rnatmaydi. Natijada o’quvchilar va o’qituvchilar eksperimental tadqiqotlarda ishtirok etishdan qocha boshlaydilar, chunki ular bularning bari o’quvchilarga yoki maktab ma’muriyatiga kerakligini tushunadilar. Ular: «Biz inson sifatida psixologga kerak emasmiz. Biz unga faqat eksperiment o’tkazish uchun kerakmiz»,- deya boshlaydilar. Keyin nima bo’lishi mumkin? Oxirida psixolog bu maktabdan ketadi, eksperiment o’tkazishga qulayroq boshqa maktabni izlaydi: uning faoliyati kengayib boradi, maktablar bo’yicha qiyosiy tahlil qilish uchun imkoniyatlar kengayadi. Maktabga qanday psixolog kerakligi xaqidagi savol hamon ochiq qolmoqda. Eksperimental psixologiya ham, sof nazariy psixologiya ham maktabga kerak emas.

Qanday psixologiya maktabda yashab ketadi? Qanday psixologiyani maktab o’zining yaxshi yordamchisi sifatida quloch ochib kutib oladi?

Maktabga pedagogik professional sohaga xizmat qiladigan amaliy psixologiya yo’nalishi hisoblanmish, amaliy pedagogik psixologiya kerak. Psixologiya tavsiyalari, yordami, qo’llab- quvatlashi bilan o’qituvchilar va o’quvchilarning maktab hayotiga to’liq kirib borishi kerak. Sinflarning bo’linishi, dars jadvalini tuzish, o’quvchilarga individual yondashuv, ta’lim, o’quvchi va o’qituvchilarning shaxsiy muloqati, bolalarning qobiliyatlarini baholash, korreksion ishlar, maktabdagi nizolar va ularni boshqarish ota-onalar bilan suhbat va boshqa ko’pgina savollarni psixolog hal qilishi lozim. Bulardan tashqari, o’qituvchi mehnatining juda og’irligi va o’quvchilarda ma’lum his-tuyg’ularning mavjudligi sababli maktabda psixopraktikaning u yoki bu texnikasi – o’qituvchilar va o’quvchilarning ish qobiliyatini oshirishi uchun, reaksiya (charchoq va qo’rqinch holatlarini yo’qotish) mashqlarini qo’llash darkor.

Maktab psixologi - bu o’qituvchilar bilan kirisha oladigan pedagogik jamoa tomonidan tan olingan, ota-onalar va o’quvchilar orasida kasbiy obro’ga ega bo’lgan psixolog amaliyotchidir. Unga maktab hayoti yaqin va tushunarli, u ko’pgina psixologik-pedagogik jamoalar bilan shug’ullanishga psixodiagnostik va psixokorreksion ish metodlarini egallashga tayyor. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, «maktab psixologi bu har tomonlama yetuk, bilimli, universal inson». 6

Agar psixolog nazariyotchi - psixologlarning seminarlariga doimo qatnashib, turli xil psixologik assosiasiyalarga a’zo bo’lsa, bularning bari uning mutaxassis sifatida o’sishiga, maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha qarashning shakllanishiga olib keladi. Maktab psixologi nashr qilingan ishlarni o’qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi mumkin. Maktab amaliyotiga yaqin faktlarni bilish dunyoqarashni kengaytiradi, maktabdagi ishlarni va o’z muvaffaqiyatlarini to’g’ri baholash imkoniyatini beradi.


Download 334 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish