FANIDAN MA’RUZA, LABORATORIYA VA AMALIY MASHULOTLARIDA O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Kirish
Mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o’z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu majmuada keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashulotini o’tkazish shart-sharoiti to’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashulotining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi.
Majmua tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo’yicha ma’ruza va seminar mashulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
(1) To’qqiz turdagi ma’ruza mashulotlari: kirish, tematik, muammoli, vizual–ma’ruza, binar ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza berilgan.
(2) Seminar mashulotlarida muammoli seminar, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yo’naltirilgan seminar, aniq holatlarning yechimi bo’yicha seminar o’tish texnologiyalari mavjud va h.k.
Hozirgi kunda Davlat ta’lim standartlari takomillashtirilib, dasturlar modernizasiya qilinib, darsliklarning yangi avlodlari yaratilmoqda. Ta’lim mazmunini yangilash, eng muhimi, uni o’quvchilarga yetkazish, puxta va chukur bilim berish, o’quvchini erkin fikrlashga o’rgatish asosiy masala bo’lib qolmoqda. Bu o’z navbatida yosh pedagoglarni tayyorlashda qo’yidagi asosiy masalalarga e’tibor berish lozimligini taqozo etadi:
O’qitish jarayonini samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;
Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy gumanitar bilimlarni anglashga yo’naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
O’qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;
Pedagoglarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o’qitishttexnologiyasini egallash.
__________________________________________________________________
“UMUMIY PEDAGOGIKA NAZARIYaSI VA AMALIYoTI”
Do'stlaringiz bilan baham: |