Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,99 Mb.
bet622/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

Germaniya ta’lim tizimi


Germaniya talim tizimida maktabgacha tarbiya tizimi ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog'chalari ta'limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog'chalarni mablag’ bilan ta'minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar,. xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog'chalariga o'z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul tolaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog'chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog'chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo'ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog'chalar ham bor.

Majburiy talim 6 yoshdan 18 yoshgacha bolgan bolalarga tegishli, ya'ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba'zi joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik o'qishda o'qiydi. o'qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. o'qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish bosqichidagi maktabga o'tadilar. Bu erda 5-6- sinf bosqichidagi . yo'nalish maktablarda maxsus dastur asosida o'qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko'chadilar: bular - asosiy, maxsus. maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o'tadi. 9 yoki 10 yillik o'qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o'tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bo'lgan bolalar o'qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o'rtasida turadi. Qoidaga ko'ra bu erda o'qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va tola o'rta ma'lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o'rta maxsus o'quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o'qish huquqiga ega bo'ladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mayjud. Ular 5-13 sinflarni o'z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o'quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish imkonini beradi. Germaniya talim tizimida hunar talimi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchli. To’liqsiz o'rta maktabni bitiruvchilarning 20% hunar talimi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3-3,5-yilni tashkil etadi. o'qish uch bosqichdan iborat bo'lib, birinchi -yili asosiy hunar ta'limi beriladi. Bunga o'qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta'limi beriladi, o'quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o'tishi sinov imtihonlari o'tkazilib o'qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi,

Uchinchi yil davomida maxsus hunar talimi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a'zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o'quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. o'qishga qabul qilish imtihonsiz maktab talimi to'g'risidagi hujjatga asosan oshiriladi.

Oliy maktab o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o'quy yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. o'z-o'zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o'qituvchilar, o'quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o'qishi erkin tashkil etilgan. Ko'p sonli o'quv bosqichlari bilan birga o'quv rejalari taklif etiladi. o'qishga haq to'lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko'tara olmasa o'qish uchun moliyaviy yordam ko'rsatish to'g'risidagi federal qonunga ko'ra ular moliya yordami oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo'shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.

Mamlakatda talimni isloh qilish masalasi ko'pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o'quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o'qiydi. Ular o'qishga kirganlarigaqadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qilishini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.

Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo" lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo'lib, faqat 1989-yili universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mm. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag'batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag' ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o'qish davrida tinglovchilarga mablag' bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o'z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko'proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta'minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangel cherkovi o'zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo'yicha konferensiyalar tashkil etadi.

Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.

Oliy o'quv yurtlarida tadqiqot bilan shug'ullanish ularning qadimiy an'analaridan bin. o'tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o'shandan beri «Tadqiqot va o'qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o'quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bolib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta'limi o'ziga xos yo nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta'lim tizimini isloh etish yo'lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.



Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish