Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Boshlang’ich jamoa strukturasi



Download 9,99 Mb.
bet595/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   591   592   593   594   595   596   597   598   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

Boshlang’ich jamoa strukturasi

Boshlang’ich jamoaning strukturasi ancha murakkabdir. Jamoaning rasmiy va norasmiy strukturasi mavjud.

Boshlang’ich jamoa jamoaning rasmiy strukturasini tashkil qiladi. Maktabda tarbiyalovchi jamoa strukturisida sinf yetakchi rol o’ynaydi. Boshlang’ich sinf jamoaida: o’quvchilarning xilma - xil faoliyati ro’y berib, bu yerda ular faoliyat tashkilotchilari rolini ham, ijrochilar rolini ham bajaradi. Har bir sinfda boshlang’ich jamoalari bo’ladi. Maktabda qiziqishlar bo’yicha ishlab chiqarish brigadasi, maktab o’rmonchiligi, sport seksiyasida birgalikda faoliyat ko’rsatish bo’yicha boshlang’ich jamoalar bo’ladi. Maktab o’quvchisi ayni vaqtda - turli jamoalarning a’zosi bo’lib, ularning har birida ijtimoiy xulq - atvor tajribasini xilma - xil bilimlar va malakalarni egallashi mumkin.

A.S.Makarenko boshlang’ich jamoalarga birinchi darajasi ahamiyat bergan edi. Boshlang’ich jamoa - umumiy jamoaning bir qismini tashkil qiluvchi bolalarning eng kamsonni gruppasidir.

Maktablarda boshlang’ich jamoalarni mustahkamlash va rivojlantirishta e’tibor beriladi.

Boshlang’ich jamoa hayotini quvnoq qilish lozim, biroq bu quvonch oddiy kungil ochish, xursandchilikdan iborat bo’lmay, balki jiddiy mehnat quvonchi bo’lmog’i lozim. Belgilangan istiqbollar o’quvchilardan ma’lum bir iroda kuchni, aqliy va jismoniy kuch ishlatishni, tashabbus ko’rsatishini talab etishi kerak.

Vazafa yetarlicha murakkab va qiyin bo’lishi lozim, ishlar juda oson bajarilsa, ular o’quvchilarni qiyinchiliklarni yengishga, o’z kuchlarini baholashga o’rgatmaydi; bu bolalar jamoaini rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Jamoa doimo faoliyatda bo’lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo’yish kerak.

O’qish - o’quvchi faoliyatining asosiy turi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar jamoai faoliyatini o’zlashtirishni yuqori ko’tarish uchun kurashga yunaltirishda iborat. Bu vazifa asosan darsda hal etiladi, biroq sinfdan tashqari paytlarda ham o’quvchilar oldiga ularda fanga, san’atga, texnikaga, amaliy ishlarda qiziqish uyg’otib borish zarur.

Tarbiyada hammasi - dars ham, darsdan tashqari vaqtda bolalarning har tomonlama qiziqishlarini o’stirish ham, jamoada tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabati ham asosiy masaladir.

"Jamoani tarbiyalash ishini samimiy ochiq ko’ngillik va qat’iy ishonch bilan qo’yiladigan talablarsiz hal qilib bo’lmaydi, bu ish hamisha talablardan boshlanadi” - degan edi A.S.Makarenko.

Jamoani tashkil etish va jinslashtirishda tayanch yadro - aktivni tuzish va u bilan ishlashni yo’lga qo’yish katta ahamiyatga ega. Bu to’g’rida A.S.Makarenko bunday degan edi: "Men ana shy o’g’il bolalar va qizlarda juda ko’p kamchilik borligiga qaramas etim, tezroq mening talablarimni o’z talablari bilan qo’llab - quvvatlab, umumiy yig’ishlari, guruhlarda o’z fikri bilan bayon etuvchi aktivistlar guruhini to’plashga intilar edim".

"O’yin o’ynamaydigan bolalar jamoai chinakam bolalar jamoai bo’lmaydi".

Quyi sinf o’quvchilardan tashkil topgan kolllektivda ishni yaqin istiqbollarni qo’yishdan boshlagan ma’qul. Masalan: sinf xonasini tartibga keltirish, shahar tashqariga sayr, zavodga ekskursiyaga borish, kino, spektakl ko’rish.

O’quvchilarda jamoaizmni tarbiyalash - by avvalo sinf boshlang’ich kolekktivini tarbiyalash, o’quvchilar hamda sinf jamoai o’rtasida to’g’ri o’zaro aloqalarni o’rnatishdan iborat.

Ko’p o’qituvchilar o’quvchilar jamoaida tashabbuskorlik yo’qligidan, hamma narsani zo’rma - zo’raki bajartirish kerak, deb zorlanadilar. Biroq chinakkam tashabbuskorlik birdaniga yuzaga kelmaydi. Buning uchun avvalo bolalarni qaziqtiradigan kolllektiv faoliyat umumiy maqsadga erishish uchun kurashish tajribasi, shaxsiy manfatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirish tajribasi lozim. O’quvchilar oldiga qo’yilgan talablarning murakkablashib borishi, bu talablar xarakterining o’zgarishib borishi. o’quvchilarning bir - biriga qo’yadigan talablari bilan ularning o’zlari qo’yadigan talablari bilan o’zgarib borishi yotadi, o’quvchilar jamoasi taraqqiyoti bosqichlari bir necha bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqich. Bu bosqichda hali jamoa tuzilmagan, hali (jamoa) aktiv ajralib chiqmagan, tarkib topmagan bo’lib, bu davrda jamoaning shaxs oldiga qo’yadigan talabi ham mavjud bo’lmaydi, har bir o’quvchi faqat o’zi uchun javob beradi, o’quvchilar hali o’z o’rtoqlariga talab qo’ya olmaydilar. Shuning uchun jamoa taraqqiysini by bosqichida o’qituvchining talablari qat’iy, mustahkam, izchil, prinsipial bo’lmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchilar oldiga yuksak talablar qo’yib borish bilan birga, o’z atrofiga aktiv ham to’plab boradi. Shunday qilib, birinchi bosqichda pedagoglarning asosiy vazifasi kelgusida jamoa yadrosi bo’la oladigan aktivni aniqlash va tuzishdan iborat bo’lmag’i kerak.

Aktiv - o’qishga qiziquvchi, sinf, maktab obro’yini saqlab qolishga harakat qiluvchi, o’qituvchining talablarini qo’llab - quvvatlovchi o’quvchilardir.




Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   591   592   593   594   595   596   597   598   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish