Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,99 Mb.
bet540/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

O’quv reja


Maktablarning o’quv rejasi davlat - hujjatidir. O’quv rejasi - barcha tipdagi maktablarda amal qilinishi lozim bo’ladigan davlat hujjatidir. Unda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va o’sha fanlar uchun ajratilgan barcha o’quv soatlari miqdori ko’rsatilgan bo’ladi. Maktablarning o’quv rejalari xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O’quv rejasi deb, o’qitiladigan fanlar, o’qitilish uchun ajratilgan o’quv soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O’quv reja tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi:

1. O’quv rejasi o’quv - tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. Maqsad - ilmiy bilimlar berish, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olishga va mutaxassisliklarni mukammal egallashga o’rgatishdan iboratdir.

2. Maktablarning birligi ya’ni uzluksiz ta’lim qoidalariga asoslanadi. Bular: (quyi ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’lim, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim, maktabgacha ta’lim va oilada ta’limning o’zaro bog’liqligi) tarzda amalga oshirishni ko’zlaydi.

3. O’quv rejasiga kiritilgan fanlarning hajmi, qaysi sinfda o’qitilishi, ajratilgan soati, bolalarning yosh va bilim saviyasiga qarab belgilanadi. Fanning hajmi, og’ir - yengilligi, didaktik ahamiyati ham e’tiborga olinadi. O’quv rejasiga kiritilgan fanlar, birinchi navbatda, umum insoniy, milliy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgandir. Unda ta’limning ilmiyligi, g’oyaviyligi, amaliy qimmati hamda O’zbekiston kelajagiga munosib barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish nazarda tutiladi. Shuning uchun ham unda tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish asoslari, san’at va jismoniy tarbiya, sog’lom avlodning ma’naviy qiyofasi asosiy o’rinni egallaydi. O’quv rejasida tabiiy fanlar - tabiiy jo’g’rofiya, biologiya, fizika, astranomiya, ximiya, matematika va informatika markaziy o’rinni egallaydi. Ijtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, xorijiy tillari, badiiy va san’at asoslari - adabiyot, tas’viriy san’at, musiqa va ashulla; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda mehnat ta’limni o’qitish uchun soatlar ajratiladi. Bulardan tashqari, o’quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa matematika, informatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo’yicha ham o’quvchilarning qiziqishlarini qoniqtirishi, qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladigan fakultativ mashg’ulotlar ko’rsatilgan bo’ladi

O’quv rejasi bazi bir maxsus o’quv maktablarida o’ziga xos ixtisoslikni mukammal o’rgatishga yo’naltirilgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ajratilgan soatlarning faqlanishi bilan ajralib turadi. O’quv rejasida amaliy mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti va boshqa amaliy faoliyatga tayyorlashga yo’naltirilgan o’quv - tarbiyaviy ishlar o’z aksini topadi. O’quv rejasi o’quv yilini choraklarga bo’ladi va ular orasidagi ta’til muddatlarini belgilovchi hujjatdir.

O’quv dasturi

Dasturda o’quv yili davomida har bir sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi.Dasturda har bir fanning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi.

O’quv dastur quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi.

1. Dasturning qat’iyligi. Jamiyat taraqqiyotini ilmiy asoslab beradigan ya’ni fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishgan darajani aks ettirgan, uzoq vaqtga mo’ljallangan darsliklar yaratishni nazarda tutadi.

2. O’quv dasturida ilmiylik.

3. O’quv materiallari mazmunini to’g’ri tanlashda unda isbot, mantiqiy umumlashmaga alohida e’tibor beriladi.

4. Nazariyaning amaliyoti bilna birligi qoidasi.

5. Dastur ikki usul bilan, ketma - ket (muntazam) konsentrik (markazlashgan) tarzda joylashtirilishi mumkin.

Markazlashtirilganda o’quv materiali o’qitishning keyingi bosqichida murakkablashgan ko’rinishda takrorlanadi.


Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish