Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


-Mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimi



Download 9,99 Mb.
bet516/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

5-Mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimi
Reja:

  1. Xalq ta’lim tizimi haqida tushuncha.

  2. O’zbekistonda ta’lim tizimi tarixi haqida ma’lumot.

  3. Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni.

  4. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari.

  5. Maktabgacha va umumiy o’rta ta’lim.

  6. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuni.

  7. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim va kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  8. Maktabdan tashqari ta’lim.



Tayanch so’z va iboralar: Ta’lim-tarbiya, tizim, tarmoq, tuzilish, ichki va tashqi siyosat, ma’lum qoidalar asosida, muassasalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish, Konstitusiya, barcha fuqarolar, jinsi, millati, irqi, tili, e’tiqodidan qat’i nazar, Marko Polo, Nur sharqdan taraladi, Szyan, 5 yoshga to’lgach, odat, maktab, madrasa, masjid, qorixona, diniy va dunyoviy bilimlar, davlat standarti, davlat va nodavlat, faoliyat ko’rsatishi, ilmiy pedagogik muassasalar, boshqaruv organlari, korxona, uzluksiz, yagona, prinsiplar, dunyoviy xarakteri, majburiyligi, iste’dodni rag’batlantirish va hakozo. Ta’lim turlari (xillari), uzluksiz ta’lim, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari, boshlang’ich ta’lim, bilimlar hajmini beradi, kasbga yo’naltirish, ixtiyoriy, majburiy, kasb-hunarga moyilligi, uch yillik. Ishlash huquqi, intellektual qobiliyatlari, fanni chuqur o’rganish, mehnat faoliyatida ruyobga chiqarish. Ikki bosqich, bakalavriat, magistratura, tayanch, aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik, diplom, mutaxassisliklar, mutaxassis, jamoat boshqaruvi, distansion ta’lim, texnologiya, ta’lim, fan va ishlab chiqarish, yangilash va chuqurlashtirish, davlat va nodavlat, yakka tartibda, o’quvchilar bo’sh vaqtini tashkil etish, davlat standartlari, akkredatasiya, moliyalash va hokazo.
Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Xalq ta’limi tizimi respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishining ustivor sohasi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi qonunga muvofiq tashkil etildi va nazorat qilinadi. Konstutsiyaning 18, 41-moddalarida ta’kidlanganidek jumhuriyatimizda yashovchi barcha fuqorolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar bilim olish huquqiga ega.

Sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq ekanligi ma’lum. Buni o’zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning esdaliklari, ilmiy mulohazalarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Jumladan: “Xitoy ta’rifchisi (Syuan, Szyan, 630 yil) ning ma’lumotiga ko’ra o’sha zamonda O’rta Osiyoda bola besh to’lgach, uni o’qish, yozishga va hisobga o’rgatganlar. Eronda savodlilar kamdan-kam bo’lgani holda, O’rta Osiyoda hamma yoshlarni savodga o’rgatish odat bo’lgan” (40 bet. O’zbekiston xalq pedagogikasi. 1973 yil).

Umumiy ta’lim maktablari, o’rta va oliy ta’limda o’quvchilarga davlat tomonidan g’amxo’rlik ko’rsatiladi.

Yuqorida asoslangan barcha huquqlar yoshlardan Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”, -fikri asosida faoliyatlarini tashkil etmoqliklarini talab etadi. O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimi ana shu g’oyani amalga tadbiq etishga qaratmog’i darkor.

Taniqli Venesiyalik sayyoh Marko Polo uzoq vaqt hozirgi O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va qo’shni viloyatlar hududida yashagan xalqlarning an’analarini, urf-odatlarini o’rganadi. U o’z esdaliklarida yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llanilgan usul va vositalarga tayangan holda “Nur Sharqdan taraladi” degan edi. Qadimgi Ovro’pada keng tarqalgan mazkur xikmatda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyat poydevorini yaratishdagi ulkan hissasi g’arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodasidir.

Ota-bobolarimizning “O’tmishni unutganning kelajagi bo’lmaydi” degan hikmatli gapi bor. Biz tariximizni qanchalik chuqur o’rgansak, madaniy merosimizga, qadriyat va an’analarimizga qaratsak, kelajak avlodga shunchalik to’g’ri ta’lim bergan bo’lamiz. Sharqda, xususan O’zbekistonda ta’lim-tarbiyaga juda katta e’tibor berilgan edi. Bolalarni kichik yoshidan ilmga qiziqtirish, axloqan pok, vijdonli, mehr-shafqatli qilib voyaga yetkazish, el-yurtga nafi tegadigan farzand qilib o’stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e’tibor qilishgan.

Tarixiy manbalardan ma’lumki, Markaziy Osiyo hududidagi madrasa va masjidlarda, eski usuldagi maktablarda diniy ta’lim-tarbiya, yetakchi o’rinni egallagan. Bu bejiz emas albatta. Inson, ayniqsa, yosh bola yuksak axloq va odob mezonini bilmay va uni puxta egallamay turib, boshqa ilmlarni egallashi qiyin. Bu asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan qancha-qancha tajribalar asosida sinalgan haqiqatdir. Shu o’rinda eski o’quv yurtlarida tillar o’rganishga bo’lgan e’tiborni misol qilib ko’rsatish mumkin. Al-Xorazmiy, Al-Zamaxshariy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, A.Navoiy, Muhammad Solih, Ogohiy kabi ulug’ zotlar arab, fors va boshqa tillarni qunt bilan o’rganishgan va o’sha tillarda erkin ijod qilishgan.

Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgani ko’pgina manbalarda qayd etilgan. Chunonchi: ibtidoiy va o’rta asrlar davri madrasalar ta’limi. Shu o’rinda o’z ustida tinmay ishlagan iqtidorli peshqadam mullavachchalar tengdoshlaridan o’zib ketib, ilm cho’qqilarini egallaganini va yuqori darajaga erishganliklarini ta’kidlash lozim.

O’tmishda maktabga qabul qilinadigan o’quvchilarning yoshi aniq belgilanmas, ba’zi ota-onalar farzandlarini 5 yoshda, ayrimlari esa 6-8 yoshda, shaharlarda o’g’il bolalar 15-17 yoshgacha, qishloq joylarda esa 13-15 yoshgacha o’qitilardi.

O’quv dasturlari va dars jadvali muntazam bo’lmasdan, o’quvchilar sinflarga ajratilmas, edi. O’quvchilar o’qitilayotgan fanning xarakteri va sohasiga qarab guruhlanadi. Masalan: “taxtaxonlar” domla tomonidan taxtachaga yozilgan harflarni yozishni o’rganar edi va hokazo.

VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar fath etgach, islom dini asosidagi sifat jihatidan yangi tizimga ega bo’lgan ta’lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi. Arab bo’lmagan bolalarga islom dini asoslarini o’rganish maqsadida Markaziy Osiyo maktablarida Haftiyak”, “Chor kitob” kabi darsliklar keng tarqaldi. XII asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda yozilgan asarlarda ham ommalashtirish boshlandi. Masalan, A.Yassaviyning “Xikmat” asari.

Maktab, madrasa, masjidlar faqat ibodatxona emas, tarbiya o’chog’i vazifasini bajargan. U davrda savod chiqarish harf va so’zlarni yozishni o’rganishdan boshlanar edi. Maktab so’zi arabcha “yozuv o’rgatadigan fan” deb nomlanishi ham ana shundandir.

Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash o’rgatilgan, yana o’smirlarga savdo san’ati, arab tili, mantiq, nomaqlik, husni xat va arifmetikadan savod berilgan. Har bir maktabda talabalar soni 30-40 tadan oshmagan, bundan tashqari masjid qoshidagi maktablarda ham 15-20 talaba o’qigan.

Maktab, madrasalar bilan birga qorixonalar ham mavjud bo’lib, ularda yozuv o’rgatilmagan. “Qur’on” ni yod olishgan xolos.

“Madrasa” so’zi - arabcha “dars o’qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglanadigan joy” ma’nosini bildiradi. “Mudarris” - dars beruvchi o’qituvchidir.

Madrasalar 15-20, 30-40 va xatto 100-150 talabani o’qitgan bo’lib, diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham berilgan. Qobiliyati, qiziqishi bo’lmagan bolalar shogirdlikka tushish, dehqonchilik bilan shug’ullanishini maslahat bergan.

1917 yilgacha har bir musulmon farzandini savodli qilishni savod deb bilgan.

Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1885 yilda qo’qon xonligida (o’sha davrda taxminan 1 millionga yaqin aholi yashagan) madrasa, maktab, qorixonalar va ularda o’qiydiganlar talabalar, shuningdek masjidlar soni quyidagicha bo’lgan.


Madrasa va talabalar soni




Madrasa va talabalar soni

Maktab va o’quvchilar soni

Qorixona va o’quvchilar soni

Jami qorixona

O’quvchi

Marg’ilon

57-838

428-7340

21-395

229

1701

Qo’qon

45-6929

301-4210

100-604







Namangan

40-1324

371-7121

50-306







Andijon

30-996

428-6756

44-320







O’sh viloyatida

10-304

176-2851

14-76







Bulardan tashqari 6154 masjid mavjud edi. Bizning xalqning 2% gina savodli degan fikr bo’htondan boshqa narsa emas. Fikrimizning isboti uchun Turkiston o’lkasidagi xalq bilim yurtlari 3-inspektori V.Navkinning chor xukumatining maorif vaziri D.A.Tolstoyga 1896 yil 8 mayda yo’llagan maktubdan ayrim satrlarini keltiramiz: “E’tiboringiz uchun ushbu xabarni yetkazishni lozim deb bilamanki, ayni paytda Turkiston o’lkasidagi oliy maktab madrasalargina xalq bilim yurtlari 3-inspektorning rahbarligidadir. Quyi maktablar bu inspektorning rahbarligi doirasidan tashqarida, ularning nihoyatda ko’pligi sababli hali sonini olishga muvaffaq bo’linmadi, menga topshirilgan inspeksiya ishlarida maktablarning soni haqida aniq ma’lumot yo’qligining boisi shunda”. S.Grameniskiy ta’kidlaganidek: “O’lka bosib olingach ruslar bu yerda juda ko’p maktablar kitoblar borligini ko’rdilar, ularda arab alfavitida ona tili o’qitilishiga, xat-savodni egallash musulmon dini bilan uyg’unlashib ketishiga guvoh bo’ldilar”

Ta’lim tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko’rsatuvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O’zbekistonda ta’lim tizimi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’lim, tarbiya berish kasb-hunar o’rgatishning asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

Ta’lim tizimi asosida barcha fuqarolar o’zlarining xohishlariga qarab, umumiy, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim va mutaxassisliklarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Davlat ta’limi standartlariga muvofiq ta’lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;

Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.

I. Barcha ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari shaklida olib boriladi. Davlat muassasalari O’zbekiston xukumatining mablag’i hisobidan tashkil qilinadi ya’ni barcha amalga oshiriladigan o’quv ishlari, amaliyotlar, o’quv-moddiy baza, kadrlarga tulanadigan va boshqa mablag’lar davlat tomonidan ta’minlanadi. O’qiydigan o’quvchi talabalarga stipendiya, yotoqxona va boshqa tomondan ijtimoiy himoyalanadi.

Nodavlat ta’lim muassasalari esa nodavlat tashkilotlar, xo’jaliklar, dehqon-fermer, qo’shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan tashkil etaladi. Barcha o’quv-tarbiyaviy ishlar, kadrlar tayyorlash o’sha homiylarning mablag’i hisobidan tashkil qilinadi. Ammao ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi.

II. Ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatish va rivojlanishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarga esa quyidagilar: ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy o’quv yurtlarining ilmiy ishlarini muvofiqlovchi xodimlar, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchi pedagoglar, professorlar va boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va hokazo. Bu muassasalarxalq xo’jaligining qaysi sohalari bo’lishidan qat’iy nazar shu sohalar bo’yicha tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi. Oqibatda ta’lim tizimi rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi.

III. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga esa quyidagilar kiradi: Tarmoq sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta’limi bo’limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog’chalari, uylari, dam olish sanatoriyalar, kutubxona, texniklar, tabiatshunoslar, temiryo’l stansiyalar va hokazo.

IV. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir talabi esa O’zbekistonda ta’lim tizimi bitta, o’ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan ma’no tushunilishi kerak. O’zbekiston ta’lim tizimi boshqa davlatlardan nusxa olmasdan, o’z tajribasi va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va hayotda qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining uzluksizligi deyilganda barcha fuqarolarga ma’lumot ixtisoslik berilishida uzluksizlik, o’zaro bog’liklik saqlangan bo’lib u darajasiga qarab biror mutaxassislikni tayyorlashni nazarda tutadi. Barcha ta’lim muassasalari o’zaro uzviy uyg’unlikda bog’langan. Masalan, Umumiy o’rta ta’lim bilan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limning bog’lanishini ko’rsatish mumkin. O’quvchi avval umumiy o’rta ta’limni oladi, so’ng esa o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida davom ettiradi va hokazo.


Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   512   513   514   515   516   517   518   519   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish