Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,99 Mb.
bet584/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

Tayanch so’z va iboralar

O’z-o’zini idora qilish, milliy, umuminsoniy qadriyat, odat, yaxshiliklar zamini, qimmatbaho, axloq bilan bezanmoq, axloqni o’zida barqaror qilgan kishi, yaxshilik, yomonlik, nafsi buzulib o’stadi va h.k.


Hadislarda "Mo’min kishi o’zining yaxshn xulqi bilan kechasi qoim (ibodat bilan bedor) va kunduzi soim (ro’zador) darajasiga erishadi", "Sizlarning yaxshilaringiz - xushxulq shirin suhbatlaringizdir. Yomonlaringiz esa og’zini to’ldirib, ezmalik ila ko’p gapiruvchilaringizdir", "Mo’min odamlarning afzali - yaxshi xulqlisidir", "Hayo - imondandir", "Barcha balo - tildandir" va hokazo deyilgan. Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak, - dbb ta’kidlaydi Karimov, - sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’liqni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar kamol topgan insonni tushunamiz".

Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi – ishonchdir. Kalbida iymoni bo’lmagan odam har qancha savob ish qilsa ham, unga savob yog’ilmaydi. Qisqacha qilib aytganda, uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqodi – dinga dinga ichdan chuqur ishonish; iqror – so’zda buni tan olish; amal – yaxshi ishlar bilan isbotlash.

A.Navoiy "Maxbub-ul-qulub" asarida ushbu satrlarni o’qiymiz: "Vafosizda xayo yo’q, xayosizda vafo yo’q. Har kimda bu ikki yo’q - iymon yo’q va har kimda iymon yo’q - andan odamiylik qilmak imkoni yo’q". Ya’ni iymonsiz - odam emas".

E’tiqod – bu o’z fikr va qarashlariga mahkam, sobit qadamlik bilan ishonish va o’zgalarni ham o’zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir.

Sharm - bu nojo’ya hatti-harakatlardan o’zini tiya olish, uyalish hissi. Hadislarning birida aytilishicha, odam, eng avvalo o’zidan uyalishi kerak. Nojo’ya qilig’i uchun o’zidan uyalgan odam o’zgaga ham noxo’ya hatti-harakatini pavo ko’rmaydi.

Hayo – by o’zbekcha uyatdir. "Bir ketgan yyat qaytib kelmaydi", "Dilda dog’ ko’tarib yurgandan ko’ra betning qizargani afzal" deydi xalqimiz. "Hayo erkak kishiga nisbatan tabiatan ayol kishida ko’proq bo’ladi".

Andisha – bu oqibatini o’ylab yoki yuz - xotir qilib yuriladigan mulohaza, ehtiyotkorlik hissidir.

Nomus - bu iffat, bokiralik, ma’nolarndai tashqari kishiniig o’z mavqyeini saqlash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg’ularini oila va ajdodlar sha’niga dog’ tushurmaslik ma’nosini ham ifodalaydi.

Yuqorida ta’kidlangan axloqiy iboralar oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashda o’ziga xos uslublarda tashkil etishni nazarda tutadi.

Boshqa odamni tarbiyalamoqchi va uning axloqini tuzatmoqchi bo’lgan tarbiyachi, avvalo uni yaxshi (bilish) o’rganishi va barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi kerak, aks holda tarbiyachi o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajara olmaydi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yomon axloqiy hislatlardak ozod qilish, unga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdira borishi jarayonida amalga oshiriladi", - degan Ibn Sino.

Abu Ali Ibn Sino "Axloq har bir kishi uchun o’z - o’zini idora qilish ilmidir", - deb ta’riflaydi.

Yusuf Xos Xojib "Qutadg’u - bilik" asarida "Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi o’z maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi", yaxshi axloq - jamiyatning, yaxshiliklarning zaminidir", degan. "Halol, haqgo’y, axloq - odobli kishi har qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatlirokdir", - degan.

Mashhyp rus pedagogik K.D.Ushinskiy "Tarbiyaning asosiy vazifasi axloqiy jihatdai ta’sir etishdan iboratdir. Bu aqlni umuman o’stirish, uni bilimlar bilan to’ldiriщdan ko’ra muhimdir", deb izohlagan.

M.Qoshg’ariy "Devonu lug’ati turk" asarida olg’il mendan nasihat, o’g’lim, ilmu adab o’rgangin, bo’lib bilimli ulug’ xalq ichida boshqacha ilmu adab o’rgatgin, deb xitob qilgan.

Keksalarni etsang azizu izzat, seni ham keksaygach etishar hurmat, - A.Bedil.

Bilim ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim, deb ta’kidlaydi A.N.Forobiy. haqiqiy insoniy axloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularni mehr-shavqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi (3-bet) deb ta’kidlanagan A.Avloniy.

Axloq nima o’zi? Axloq - ijtimoiy ong shakli bo’lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq - atvorini yo’lga solib turadigan talablar, normalar va qoidalardan iboratdir.

Jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari, rivojlanishi bilan birgalikda axloq o’zgarib va rivojlanib boradi. Chunki jamiyatning rivojlanishi jarayonida odamlarning axloqli va axloqsizlik, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik haqidagi tasavvurlari ham o’zgarib boradi, Abdulla Avloniy "Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, "Allohu - akbar", bunday kishilardan yaxshilik kutaman yerdan turib yulduzlarga qo’l uzataman kabidir.

O’quvchilarning axloqiy tarbiyasi maktabning yetakchi vazifalaridan biridir. Axloq tarbiyaning mohiyati o’quvchilarda axloqiy - ongni, odob tuyg’ularini; xulq - atvor ko’nikmalari va odobini shakllantirishdan iborat. Shaxsning axloqiy kamoloti faoliyat jarayonida ro’y beradi. Chunki har qanday faoliyatning axloqiy jihati bo’ladi. Maktab o’quvchilari faoliyat jarayonida o’zlashtirilgan axloqiy normalar va talablar asosiga quriladigan va axloqiy prinsiplar bilan yo’lga solib turiladigan axloqiy muomalaga jalb qiladilar. Axloq bizning hayotimizga va ongimizga faol tasir etadi, kishilik jamiyati nomidan yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan adolatsizlik, mehr bilan zulm o’rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, hatti - harakatlarni belgilab beradi. Huquq normalariga zid hatti - harakat axloqsizlik harakati deb qaralanadi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo’lsa. axloq ixtiyoriydir. Sharq mutafakkirlari axloqni ikkiga ajratishadi. Axloqli, axloqsiz, yaxshi yoki yomon axloqli singari.

Axloqiy munosabatlar - bu jamiyatga, mehtatga, odamlarga va qolaversa, har bir kishining o’ziga munosabatidir.

Karimov ta’kidlaganidek, "Axloq - ma’naviyatning o’zagi". Ma’naviyat - ilm va amal birligi bo’lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o’zgalarga nisbatan ma’naviy munosabatini anglatadi. Axloq ma’naviyatning amalidir. U avvalo insof va adolat tuyg’usi, imon va halollik kabi amaliy ma’naviyatning o’zak tushunchalari bilan bog’liq ma’naviyat o’zlikni anglashdir. Dunyoda hamma narsa o’zgaradi, ammo fazilat qonunlari sira ham o’zgarmaydi. Oz-oz o’rganib dono bo’lur (98-bet).

Maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, u axloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini hal etadi: axloqiy ongni, mustahkam axloqiy e’tiqodlarni tarbiyalash; yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o’ziga va odamlarga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg’ularni tarbiyalash.

"Odatga aylanmagan tarbiya, qum ustiga qurilgan binodir". degan K.D.Ushinskiy. Axloq tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi - bu har bir kishida aktiv hayotiy nuqtai nazarni hosil qilishdan iborat. Insonning jamiyatta munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar orasida Vatanparvarlik yetakchi o’rinii egallaydi.

Vatanparvarlik - Vatanga muhabbat, mamlakat manfaatlari xaqida g’amxo’rlik, Vatan himoyasiga tayyor turish, o’z mamlakatining ijtimoiy va madaniy yutuqlari bilan faxrlanish, Vatanniig tarixiy o’tmishiga va uning an’analariga hurmat tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik qarashlar, his - tuyg’ula o’quvchilarning Vatan haqidagi, uning qaxramonlar o’tmishi va hozirgi hayoti haqidagi chuqur va har tomonlama to’la - to’kis bilimlari asosida shakllanadi.



Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   580   581   582   583   584   585   586   587   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish