Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


III. Talabalar uchun topshiriq



Download 9,99 Mb.
bet285/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

III. Talabalar uchun topshiriq.

Mavzuga doir quyidagi muammoli vaziyatlarning yechimlarini toping:

1-vaziyat. Aziz oilada yolg’iz o’g’il edi. Shu sababli ota-onasi uni erkalab o’stirdilar. Aziz nimani xohlasa, ota-onasini o’sha narsani muhayyo qilardilar. Aziz yoshligidanoq kiyim-boshlarni tartibga keltirish, o’yinchoqlarni joy-joyiga qo’yish, xonasini tartibga keltirish kabi oddiy yumushlarni ham o’zi bajarmadi. Maktabga borganida ham ertalabki nonushtani tayyorlash, kiyim-kechaklar va o’quv qurollarini tartib keltirish kabi yumushlarni ham uning o’rniga onasi bajardi. Maktabda ham o’quv fanlarini yaxshi o’zlashtira olmadi, ammo ota-onasi bunga e’tiborsiz bo’lishib, “hali yosh keyinchalik yaxshi o’qir” deb o’zlarini ovutishdi. Yillar o’tdi, Aziz voyaga yetib oliy ta’lim muassasasiga ota-onasining ko’magi bilan o’qishga kirdi. O’qishni ham ota-onasi yordamida tamomladi. Mutaxassis sifatida ish boshlaganida mehnat qilishga toqati yo’qligi sababli bir yilda bir necha bor ish joyini o’zgartirdi. Aziz bir joyda astoydil ishlamasa-da, ota-onasining topganlari bilan bekamu ko’st hayot kechirardi. Kutilmaganda ota-onasi avtohalokatga uchradilar va kasalxonada vafot etdilar. Dastlabki yillari Aziz ota-onasi yiqqan mablag’ hisobiga kun kechirdi. Biroq, yillar o’tishi bilan bu mablag’ kamaydi. Hali ham mehnat qilishga toqati yetmas, ammo ehtiyojlarini “jilovlash” haqida o’ylab ham ko’rmasdi. Oson mablag’ topish maqsadida o’ziga to’q xonadonlardan biriga o’g’rilikka kirdi. Ammo niyatiga yeta olmay, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo’lga olindi.

1. Siz qanday fikrdasiz, shaxsda mehnat qilish ko’nikmalari necha yoshdan boshlanadi?

2. Azizning fojiasi nimada deb o’ydaysiz: yo’l qo’yilgan xatodami yoki Azizning mehnat qilishni istamaganligimi?

3. Inson mehnat qilmay yoki kasbiy faoliyat bilan shug’ullanmay kun kechirishi mumkinmi?

4. Sizning fikringizcha, hayotda mutlaqo mehnat qilishni istamaydigan kishilar ham topiladimi?
2-vaziyat. Har doim ham mehnat qilish mashaqqatli kechadi. Zero, uni tashkil etish uchun juda ko’p jismoniy yoki aqliy mehnat sarf qilinadi. Biroq, donishmandlardan biri: “Mehnat men uchun – ma’naviy ehtiyoj” degan fikrni bildirgan. Sizningcha, bu fikr to’g’rimi?

1. Nahotki mashaqqatli mehnat ma’naviy ehtiyojni qondirish vositalaridan biri bo’lsa?

2. Qanday sharoitda mashaqqatli bo’lsa-da, mehnat ma’naviy ehtiyojga aylanishi mumkin?

3. Sizning fikringizcha, mehnatning qanday turi (jismoniy yoki aqliy mehnat) ko’proq ma’naviy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi?

4. Siz ham donishmandning yuqorida keltirilgan o’gitini o’zingiz uchun shior qilib olishingiz mumkinmi?


Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish