Individ (lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik – shaxsning o’ziga xos xususiyatlari.
Institut – bilimlarning bitta sohasi doirasida aniq yo’nalishlar bo’yicha oliy va qoidaga ko’ra oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Iqtisodiy tarbiya – o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |