Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablar.
Dars – bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo’yicha ta’lim maqsadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to’g’risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Do'stlaringiz bilan baham: |