Imom al-Buxoriy kim bo’lgan? Imomlar imomi va muhaddislar peshvosi Abu Abdulloh Ibn Ismoil al-Buxoriy melodiy hisob bilan 809 yil 13 mayda Buxoroda tavallud topganlar.
Go’dakligidayok otadan yetim qolib ona qo’lida katta bo’lgan Muhammad 10 yoshlaridanoq arab tili va hadis kitoblarini o’qish va ularni yodlashga qunt bilan kirishadi.
Imom Buxoriy o’ta iste’dodli, ziyrak, quvvai muhofazalari o’tkir olim edilar. Rivoyat qilishlaricha, qaysi bir kitobni qo’lga olib, bir marta mutolaa qilsalar, hammasi yod qolaveradi. Imom Buxoriyning o’z so’ziga ko’ra, yuz ming sahih (ishonarli) va ikki yuz ming g’ayri saxih (ishonchsiz) hadisni yod bilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |