O’quv faoliyati natijalari:
1. Pedagoglik kasbining paydo bo’lishini o’rganishadi hamda pedagoglik kasbi bilan bog’liq tushunchalar (kasb, mutaxassislik, pedagogik mutaxassislik, pedagog, pedagogik malaka) va demokratik jamiyatda pedagog rollari(fasilitator, tyutor, ingilator)ning namoyon bo’lishini bilib olishadi.
2. Sharq va G’arb pedagoglarining pedagoglik kasbiga doir qarashlarini o’rganadilar.
3. Pedagogning shaxsiy (e’tiqod, ijtimoiy faollik, fuqarolik tuyg’usi) va kasbiy (vijdonlilik, adolatparvarlik, mas’uliyat hissi, fidokorlik, pedagogik layoqat) sifatlarni o’zlashtiradilar.
4. O’z ideallarida pedagog timsolini yaratishadi va pedagoglik kasbiga barqaror qiziqish yuzaga keladi.
|