Psixika- bu yuksak tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), subekt tomonidan obektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub`ekt izidan uzoklashtirmay ifodalashi,xuddi shu asnoda o'z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmish, xozirgi davr va kelasi zamon xodisalari ifodalangan va tartibga solingandir. Genetik kelib chiqishiga binoan psixika o’z reflektor tipiga va tarixiga ega bo’lgan aloxida siklli tizim sifatida yuzaga kelgan. Reflektorlik organizm xayotining ob`ektiv sharoitlari birlamchiligini va ularni psixika yordami bilan idrok qilishning ikkilamchiligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |