Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi



Download 131,69 Kb.
bet61/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

81- savol . Iroda buzilishi
Kinestezik hujayra va harakat analizatori turli-tuman qo‘zg‘atuvchilar bilan muvaqqat aloqa bog‘lay olishligi I. P. Pavlov hamda uning hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tajribalarda isbotlab berilgan. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida optimal qo‘zg‘alish manbaining faoliyati bilan bog‘liqdirlar: «... Mening tasavvurimcha, ong, –deydi I. P. Pavlov, – ayni shu chog‘da, xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda, o‘rtacha bo‘lsa kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan katta miya yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat. Ana shu momentda katta miya yarim sharlarining qolgan hamma qismlari birmuncha bo‘shroq qo‘zg‘alish holatida bo‘ladi» Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signal sistemasining faoliyati bilan bog‘liqdirlar. Xususan, ichki nutqqa tegishli so‘zlar kerakli harakatlarni yuzaga keltiruvchi va boshqaruvchi signal hisoblanadilar. I. P. Pavlov fikricha, ikkinchi signal sistemasi odam xulqi va xatti-harakatlarining oliy regulatori, ya’ni boshqaruvchisidir. Ikkinchi signal sistemasining mexanizmlari birinchi signal sistemasining signallariga va ixtiyorsiz harakatlarning miya po‘sti ostki markazlariga bularning ishlarini tartibga solish yuzasidan ta’sir etib turadi. Nerv sistemasining kuchsizlanishi irodaning zaiflanishi va inson faol faoliyatining susayishiga asos bo‘ladi. Bunday sustlik holati xususan toliqish paytida yorqin namoyon bo‘ladi. Har qanday faoliyatning o‘ziga tegishli ravishda va asosan mehnat faoliyatida quvvat sarflanadi. Odam qanchalik o‘ziga zo‘r bersa, quvvatning sarflanishi ham shunchalik tezlashadi. Bunda quvvat sarflanishi bilan ayni bir vaqtda u tiklanib ham boriladi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, quvvatning tiklanishi sarflanishiga qaraganda, sekinroq borar ekan. Shuning uchun odam ishning u yoki bu bosqichida kuchi yetmayotganligini, toliqishni yoki, boshqacha qilib aytganda, charchaganligini seza boshlaydi. Mehnatning ikki asosiy (jismoniy va aqliy) turiga muvofiq ravishda ikki xil toliqish, ya’ni jismoniy va psixik toliqish farqlanadi. Jismoniy toliqishning asosiy belgisi muskullar ishchanligining susayishidir. Masalan, jismoniy toliqish, jumladan, muskul kuchlarining zaiflanishi, harakatlarning sekinlashishi, harakatlar miqdorining kamayishi, ishdagi jadallikning sekinlashuvi, harakatlardagi aniqlikni, moslikni, tekislikni va bularni boshqarishning buzilishi bilan harakatlanadi. Jismoniy toliqish odam butun organizmining madorsizlanish holati bilan xarakterlanadi. Psixik jihatdan toliqish aqliy faoliyat unumdorligining pasayishi, ya’ni diqqat va xotiraning kuchsizlanishi, biron narsaga e’tibor berishning qiyinlashuvi hamda tafakkur va nutq faoliyatining sekinlashuvi bilan xarakterlanadi. Toliqishning ana shu yuqorida ko‘rsatilgan psixik alomatlari ko‘p jihatdan jismoniy toliqishda ham namoyon bo‘ladilar: jismoniy toliqishda ham diqqat va xotira kuchsizlanadi, tafakkur va nutq faoliyati sekinlashadi, boshqa tomondan olganda, psixik jihatdan toliqish ham xuddi jismoniy toliqishdagi kabi, odam butun organizmining madorsizlanish holati bilan xarakterlanadi. Bu ikki turli toliqish o‘rtasidagi umumiylikni shuning bilan tushuntirish mumkinki, jismoniy toliqishning ham, psixik toliqishning ham asosida bir xil nerv-fiziologik mexanizm yotadi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotiga muvofiq, toliqishning yuzaga kelishi bosh miyaning po‘sti qismida mudofaa qiluvchi (saqlovchi) tormozlanishning paydo bo‘lishidir. Tormozlanishning bu turi nerv markazlarining ishlash faoliyatidan to‘xtashi va bosh miya po‘sti qismidagi nerv hujayralarining tamomila darmonsizlanishlaridan saqlab qolish bilan ifodalanadi. Nerv sistemasining kasalligi irodani haddan tashqari susaytirib yuboradi. Bunday holatni abuliya deb ataladi.

Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish