Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


– savol. Iroda va irodaviy xarakatlar



Download 131,69 Kb.
bet62/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

82 – savol. Iroda va irodaviy xarakatlar


Irodaviy jarayon va irodaviy harakatning dastlabki momenti maqsad qo‘yishdan iboratdir. Maqsad deganda biz odam nima qilishi kerakligini, nimaga erishishi kerakligi va qanday qiyinchiliklarni yengishi lozimligini anglashni tushunamiz. Nima qilish kerakligini anglash va maqsad qilib qo‘yish bajariladigan ish-harakatlaridan kelib chiqadigan natijalarni o‘ylash va tasavvur qilish bilan muayyan darajada bog‘liq bo‘ladi. Qilinadigan harakatning aniq maqsadi hamma vaqt shu maqsadga erishtiruvchi vositalar va yo‘lyo‘riqlarni tasavvur etish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Biror narsani maqsad qilib qo‘yish ma’lum sabablar, muayyan faktorlar va inson ayni shu chog‘da idrok qilayotgan sharoitning o‘zi bilan belgilanadi. Masalan, odam ba’zan qiyin ahvolga tushib qoladi va u bu ahvoldan qandaydir yo‘l bilan chiqib ketishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. U xalaqit qilayotgan narsalarni yo‘qotib, sharoitni o‘zgartiradi va yangi sharoit yaratadi. Maqsad qilib qo‘yish shaxsiy yoki ijtimoiy manfaatlar nuqtayi nazaridan muayyan bir harakatlarni bajarish zaruriyati bilan belgilanadi. Masalan, davlat chegaralarini qo‘riqlashda qo‘yiladigan maqsadlar. Maqsad qilib qo‘yish va shu maqsad asosida harakat qilish odamning mehnati, kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalari bilan belgilanadi. Odamning jamiyatda va jamoada tutgan o‘rni uning o‘z oldiga muayyan bir narsani maqsad qilib qo‘yishini belgilaydigan muhim faktorlardandir. Ayrim odamlar tomonidan qilinadigan harakatlarning maqsadi, ko‘pincha boshqa odamlarning biror maslahati, iltimosi, buyrug‘i va shuning kabilar ta’siri bilan belgilanadi. Xuddi shuning singari, maqsadga erishtiruvchi vosita va yo‘riqlar ham, ko‘pincha, tashqaridan (maslahat, iltimos buyruq tariqasida) ko‘rsatiladi. Nima qilish kerakligini anglash va maqsad qilib qo‘yish ko‘pchilik hollarda, odamning biologik va ruhiy ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ehtiyojlarning faol tomoni intilishlarda ko‘rinadi. Intilish ehtiyojni qondira oladigan narsaga, shu ehtiyojni qondirish uchun qidirib topish yoki yangidan yaratish, o‘zgartirish va hokazo lozim bo‘lgan narsaga qaratilgan bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, intilishlar hissiyotlarning muhim elementlaridandir. Intilishlar turli darajada anglanishi mumkin. Intilishlarni anglash darajasi kishi ehtiyojining kuchiga, hayotiy tajribasi va bilimlariga hamda uning tafakkuri va xayolining taraqqiyotiga bog‘liqdir. Anglash darajasiga ko‘ra, odatda, intilishlarning quyidagi turlari yoki fazalari bo‘ladi: istak, tilak va xohish. Istak – intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina o‘zining hozirgi holatidan norozi ekanini his qilib tursa ham, lekin qanday maqsadga intilayotganini binobarin, bu maqsadga erishishning yo‘l-yo‘riqlarini aniq bilmaydi. Istak shunday bir holatdirki, bunda kishi o‘ziga allanima kerakligini, allanima yetishmayotganini his qilib turadiyu, ammo bu narsaning nima ekanligini aniqlab ololmaydi, ya’ni tasavvur qila olmaydi, fahmiga yetmaydi. Bunday hollarda «U nima istayotganini o‘zi ham bilmaydi» deyishadi. Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini, bu maqsadni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirib yuborish mumkin emas. Tilak-havas intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina qanday maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yo‘llarini aniq bilmaydi. Bunday tilak ba’zan zo‘r xayol surish bilan, ba’zan esa «cheksiz» orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Xohish – to‘la anglangan intilishdir. Bunda faqat intilishning maqsadi va bu maqsadni amalga oshirish vositalarigina emas, balki maqsadni amalga oshirish imkoniyati, ma’lum bir maqsadda harakat qilishga tayyor va qilinadigan harakatlardan kelib chiqadigan natijalar ham anglashiladi. Agar odam o‘z oldiga yangi maqsad va yangi vazifalar qo‘ysa-yu, lekin bu maqsad va vazifalarni amalga oshirish vositalari hali tajribada sinab ko‘rilmagan bo‘lsa, asosan, ana shunday hollarda irodaviy jarayonlar murakkablashadi.



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish