Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


– savol. Irodaning tarkib topishi qonuniyatlari



Download 131,69 Kb.
bet60/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

80 – savol. Irodaning tarkib topishi qonuniyatlari
Iroda – kishi ongining shunday bir sohasidirki, bu orqali u o‘z ishiga faol kirishadi va uni amalga oshiradi. Iroda tufayli kishi o‘z shaxsiy tashabbusi bilan ongli zaruriyatdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo‘nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-g‘ayrat bilan tegishli ish-harakatni bajarishi mumkin. Shuningdek, odam o‘z psixik faoliyatini maqsadga muvofiq uyushtirishi hamda uni muayyan bir mazmunga yo‘naltirishi mumkin. Iroda odam xatti-harakatiga bir tomondan yo‘nalishga solsa, ikkinchi tomondan mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi.
U shaxs faoliyati mazmuniga ta’sir qiladi. Psixik jarayonlarning va shaxsning eng muhim tomoni ularning faolligidir. Bu faollik ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar u yoki bu hollarda kishida oldindan belgilanmagan biron maqsadsiz voqea bo‘ladi; bunday harakatlar biron-bir tashqi sabablar tufayli paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz harakatda ongli ravishda zo‘r berish bo‘lmaydi. Ixtiyoriy yoki irodaviy harakat oldindan qo‘yilgan maqsad asosida, bizning xohishimiz bilan bo‘ladigan faollikdir. Bu harakat bizning «o‘zimiz» bilan bog‘liqdir va u ongli ravishda zo‘r berishimiz natijasida sodir bo‘ladi. Psixikaning faolligi ish-harakatlarda juda yaqqol sodir bo‘ladi. Ishharakatlar ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy (irodaviy) bo‘ladi. Biz iroda haqida gapirar ekanmiz, faoliyatimizda sodir bo‘ladigan ongli harakatni ko‘zda tutamiz. Irodaviy harakatlar deganda faqat jismoniy (ya’ni muskullar bilan bog‘liq bo‘lgan) harakatlarnigina emas, balki shuning bilan birga axloqiy harakatlarni ham tushunish lozim. Aqliy ishlar jarayonida odam ko‘pincha qiyinchiliklarga duch kelib qoladi. Bunday hollarda irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Lekin shunga qaramay, iroda haqida gapirganimizda, asosan odamning tashqi harakatlarida namoyon bo‘ladigan ongli faolligini nazarda tutamiz. Shunday qilib, iroda, kishining shunday faolligidirki, bunday faollik oldindan biror maqsad qo‘yib va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo‘r berish natijasida voqe bo‘ladi. Irodaviy harakatlar deyarli hamma vaqt ixtiyorsiz faollik bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Reflektor harakatlar, masalan, yo‘talish, chuchkurish, ko‘z pirpiratish, qo‘lga bexosdan nina qadalganda yoki qo‘l sinib qolganda qo‘lni siltab tortib olish ixtiyorsiz harakatlar jumlasidandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi shartsiz reflekslardir. Impulsiv harakatlar ham reflektor harakatlar jumlasiga kiradi. Bunday harakatlar organizmda yig‘ilib qolgan nerv quvvatining bo‘shalib ketishi tufayli yuzaga keladi. Impulsiv harakatlar go‘yo portlashga o‘xshagan harakatlardir. Sof holda uchraydigan impulsiv harakatlar bolalarga xos bo‘ladi. Instinktiv harakatlar murakkab ixtiyorsiz harakatlardandir. Bunday harakatlarning nerv-fiziologik asosi bir-biri bilan ulanib ketgan qator shartsiz reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning maxsus turi avtomatlashgan harakatlar, ya’nimalaka va odatlardir. Bunday avtomatlashgan harakatlar odamning amaliy hayoti davomida hosil qiladi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asosida shartli reflekslar yotadi. Ixtiyorsiz harakatlarga kishining hissiy (emotsional) kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar ham kiradi. Kishining hissiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan (emotsional) harakatlari turli (instinktiv) va odatlanib qolgan harakatlarida namoyon bo‘ladi. Emotsional harakatlarning nerv-fiziologik mexanizmlari shartsiz va shartli reflekslardir. Ixtiyorsiz harakatlarning xususiyati shundan iboratki, odatda bunday harakatlar ongsiz ravishda voqe bo‘ladi. Ammo ixtiyorsiz harakatlarning ko‘pchiligini kishi ma’lum darajada o‘sha ish-harakatlar voqebo‘lgan paytda va ayniqsa ular bo‘lib o‘tgandan keyin bilib-anglab oladi. Bunday anglash ixtiyorsiz qilingan harakatlarning zarurligi, foydaliligi va axloqiyligi jihatidan baho berish tufayli qanoat hosil qilish yoki norozi bo‘lishda ifodalanadi. Aqliy va axloqiy taraqqiyot darajasiga qarab, kishi xuddi ixtiyoriy harakatlar singari bu harakatlarni ham o‘zi ma’qullaydi yoki qoralaydi. Maʼlumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab oʻzgaradi. Shu bois oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs oʻz harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni oʻz ehtiyojlariga muvofiqlashtirib oʻzgartiradi, qayta quradi va oʻziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, oʻz ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni koʻzlab harakat qiladi, shu maqsadga yetishish uchun yordam bera oladigan vositali yoʻl va usullarni oldindan qidirib topadi, toʻsqinlik va qiyinchiliklarni yengish uchun ongli ravishda kuch-gʻayratini ishlata oladi.



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish