Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


- savol. Diqqat va uning xususiyatlari



Download 131,69 Kb.
bet58/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

78- savol. Diqqat va uning xususiyatlari

Odam ayrim narsalarga oʻz diqqatini ongli ravishda oʻzi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor yaʼni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat deb toʻsatdan taʼsir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil boʻladigan diqqatga aytiladi. Odamning koʻz oʻngida paydo boʻladigan juda yorqin rangli narsalar, oʻzining tashqi koʻrinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, toʻsatdan paydo boʻlgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, hikoya oʻqish mashgʻuloti paytida toʻsatdan uchib oʻtgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor oʻziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chogʻdagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bogʻliq boʻlgan narsalarning taʼsiri ixtiyorsiz diqqatga sabab boʻladi. Masalan, erkin oʻyin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini oʻyindan darhol oʻziga jalb qilib oladi. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina oʻzgarishi bizda darhol oriyentirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, “nima gap” degan maʼnoda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qatʼiy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni maʼlum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning koʻpchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, yaʼni oʻqish, oʻyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi boʻlib, u zoʻr berishlikni, yaʼni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining poʻstida vujudga keladigan optimal qoʻzgʻalish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli gʻoyat kattadir. Chunki koʻpchilik hollarda hoh taʼlim jarayonida boʻlsin, hoh mehnat jarayonida boʻlsin nutq orqali turli vazifalar qoʻyish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi.


Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, yaʼni odam oʻzini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda taʼlim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga oʻtib turishi yaxshi boʻladi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini ixtiyoriydan soʻnggi diqqatni koʻrsatib oʻtish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy toʻplanganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning oʻzi qiziqarli va ahamiyatli boʻlsa ixtiyoriydan soʻnggi diqqat deb tushunish mumkin. Bu holda faoliyat kishini shu qadar qiziqtirib yuboradiki, u diqqatni obyektga qaratish uchun sezilarli irodaviy kuch-gʻayrat sarflamasa ham boʻlaveradi. Shunday qilib, ixtiyoriydan soʻnggi diqqat ixtiyoriy diqqatdan keyin namoyon boʻlgan holda shuning oʻzidangina iborat deb hisoblash mumkin emas. Masalan, yuqori sinf oʻquvchisi imtihonga tayyorlanayotib qiyin kitobni qisqacha mazmunini yozib chiqar ekan, oldiniga oʻzini diqqat-eʼtiborli boʻlishga, chalgʻimaslikka majbur qiladi. Lekin keyinchalik u ishga shunday qiziqib ketadiki, oqibatda uni kitobdan chalgʻitish qiyin boʻladi. Dastavval irodaviy kuch-gʻayratlar madadiga tayangan diqqat ixtiyoriydan soʻnggi diqqatga aylanadi. Ixtiyoriydan soʻnggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, koʻproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatning barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish