11.Kuzatish va suhbat usullarining xarakteristikasi
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat, o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega..Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.
1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.
2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.
3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.
4. Savollar tushunarli, Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.
Suhbat metodining ijobiy tomoni – o‘quvchi bilan bevosita muloqatda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv fakt emas, balki kishining sub’ektiv fikrini olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |