Psixologiya fani o’rganilishi Reja


Ichki bezlar quyidagilardan iborat



Download 44,06 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi44,06 Kb.
#204550
1   2   3   4
Bog'liq
Psixologiya fani o'rganilishi

Ichki bezlar quyidagilardan iborat ;
  1. Gipofiz bezi. Odam gipofizi oldingi va orqa pallalardan iborat bo`lib, bu pallalar o`rtasida oraliq qism bor. Gipofiz bir necha xil gormon ajratadi. Gipofiz bezi kulrang bo`rtiq o`simtadan iborat bo`lib, vazni 0,5 grammga yaqindir.




Bu bezning gormonlari organizmning o`sishiga, semirishiga xizmat qiladi. Gipofiz bezi bosh miyaning pastki qismida joylashgan. Gipofiz bezining gormonlari qon bosimiga ijobiy ta’sir etadi. Agar bu bez noto`g`ri ishlasa, organizm o`sishdan to`xtaydi va uni yog` bosadi, suyak uchun zarur bo`lgan fosfor moddalar yetishmay qoladi (liliputlarda gipofiz bezining faoliyati buzilgan). Umuman gipofiz bezining funktsiyasi juda xilma-xil bo`lib, uning organizm faoliyati uchun ahamiyati kattadir.


  1. Epifiz bezi. Bu bez o`rta miyada joylashgan. Uning ishalb chiqargan suyuqliklari jinsiy bezlar faoliyatiga xizmat qiladi. Epifiz bezining faoliyati buzilsa, organizm bevaqt balog`atga yetadi.


  1. Bo`qoq yoki tomoq bezlari. Bu bezlar organizmning umumiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. Bu bezlar noto`g`ri ishlasa, organizm o`smaydi, unda turli kasalliklar paydo bo`ladi, harakat susayadi, hayajonlanish alomatlari vujudga keladi, odam uyqusizlik holatiga uchraydi, mehnat qobiliyati yo`qola boradi va eng muhimi, organizm otalik va onalik qobiliyatidan mahrum bo`ladi.


  2. Jinsiy bezlar. Bu bezlar har bir jins uchun xos bo`lgan maxsus jinsiy gormonlar ishlab chiqaradi. Erkaklarda muskullarning kuchli rivojlanishi, erkaklar va ayollarga xos tovush tembrining farqlanishi kabilar jinsiy bezlar faoliyatining natijasidir. Jinsiy gormonlar boshqa jinsga bo`lgan mayllikka sabab bo`ladi hamda odam organizmida umumiy moddalar almashinuviga kuchli ta’sir ko`rsatadi.




Umuman, jinsiy bezlar organizmga chiroyli, yoqimli tus beradi va nasl ko`payishiga hizmat qiladi.

Ko`pincha biz psixika bilan ongni bir ma’noda ishlatamiz. Bu to`gri. CHunki psixikaning yuksak shaqli ong bo`lib xisoblanadi. Lekin psixika insonlarga ham, xayvonlarga ham xosdir, ong esa faqat insonlarga xos xususiyatdir. SHunday ekan, xayvon psixikasi bilan inson ongini bir-biridan farq qila bilmok kerak. YAna shuni kushish kerakki, psixika so`zi mantik jihatdan olganda keng ma’noli, ong esa unga nisbatan tor ma’noli tushunchadir.

Inson ongining xayvon psixikasidan asosiy farqini quyidagilarda ko`rish mumkin:

  1. Inson xayvonlardan farq qilib o`z faoliyatining bo`lajak natijasini oldindan kura olishi mumkin. Bundan tashqari, kishi o`z ishini oldindan rejalashtiradi, uni bajarish uchun eng oson yul, usullarni tanlaydi.




Agar xayvonlar atrofdagi muxitga ongsiz ravishda maslashsalar, inson esa o`z extiyojini Ko`proq darajada qondirish uchun muxitga ongli, rejali ravishda moslashadi. Bu moslashish mehnat jarayoni orqali bo`ladi.


  1. Inson shuning uchun o`z faoliyatini rejalashtiradiki, oldindan kura biladiki, chunki u nutkka egadir. Uning nutkka ega bo`lishi xayvonlardan ajratib turuvchi ikkinchi muxim farqidir. Doimo boshqalar bilan munosabatda bo`lish, kitob ukish, ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish, texnikani egallash tufayli inson o`z ongini boyitib, ustirib boradi.


  2. Insonning xayvonlardan yana bir muxim farqi shuki, u u jamiyat ichida, jamoa ichida yashaydi. Jamiyatda yashamasdan, jamoa a’zolari bilan munosabatda bo`lmasdan turib inson shaxsi shaqllanmaydi.




Insonning ongi mehnat jarayonida, yangi-yangi mehnat kurollarini yasash proo`essida usib boradi.

Xulosa qilganimizda, psixologiya inson va xayvonga xos bo`lgan psixik jarayonlarni, ularning paydo bo`lish yullarini va rivojlanish xususiyatlarini o`rganadigan fandir. Psixika esa bosh miya va nerv sistemasining maxsulidir. U doim usib, rivojlanib boradi. Psixikaning eng yuksak shaqli ong bo`lib, u faqat insonlarga xosdir. Ong shaxsiy va ijtimoiy shaqlda bo`ladi.

Psixika voqelikning kishi miyasidagi aksi sifatida har xil darajalari bilan farqlanadi.

Psixikaning odamga xos bo`lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni, yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo`lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.Shu ma’noda ong, marksizm klassiklarining ta’kidlashicha, «ijtimoiy mahsul» bo`lib, anglangan borliqdan bo`lak boshqa narsa emasdir.

Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday?

Uning birinchi ta’rifi nomining o`zidayoq berilgan bo`lib, ongdeganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidantarkib topdi. Kurt Levin «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir», - deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o`z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo`shish mumkin. Sezgilar va idrokyordamida' miyaga ta’sir o`tkazuvchi qo`zg`atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o`sha momentda kishi tasavvurida hosil bo`lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotiraongda o`tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayolehtiyoj| ob’ekti bo`lgan, ammo hozirgi paytda yo`q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkurumumlashgan bilimlardan foydalanish yo`li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydibatamom barbod bo`lishi u yoqda tursin, buzilishi yo « birin chi ham ongning barbod bo`lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi - unda sub’ekt bilan ob’ekt o`rtasida aniq farqlanishining o`z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo`lib undan ajralib chiqqan va o`zini atrof-muxitga qarama-qarshi qo`ygan inson o`z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o`zigina, o`zini bilishgaya’ni psixik faoliyatni o`zini tadqiq etishga yo`naltirishga qodirdir. Odam o`z xatti- harakatlarini va umuman o`zini o`zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo`l bo`lib, uning o`zini o`zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi - odamning maqsadni ko`zlovchi faoliyatinita’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yara-tish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko`zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofiqlashtirilishida va yo`nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko`ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak.

Nihoyat, ongning to`rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg`ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo odamni o`zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o`z aksini topadi. Bu o`rinda ham, boshqa ko`pgina hollarda bo`lgani kabi potologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan his-tuyg`ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo`lib qoladi, yaqin kishilari to`g`risida zarda bilan gapiradi va hokazo.

Ongning yuqorida ko`rsatib o`tilgan barcha o`ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo`lishining muqarrar shart tilhisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilimlar hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniy yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga yetkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o`z hayotini boyitadi A. I. Gertse) shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo`lma, Odam ato zamonlariga borib yetadigan dahshatli shajara tayanadi; sohil bo`yidagi to`lqin kabi orqamizda butun boshliq okean - butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi; shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g`oyalari...». Til alohida ob’ektiv sistemaki, unda ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir.

Konkert odam tomonidan o`zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo`lib qoladi. «Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo`qligi, yo bo`lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o`z-o`ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to`g`risida o`z shaxsiy holati hamda harakatlari haqida hisob bera olish imkoniyatlarini tushunadilar.

Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o`zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o`zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o`z xatti-harakatini idora qiladi.

Ong ijtimoiy mahsul bo`lib, faqat odamlarga xosdir.Hayvonlarda esa ong bo`lmaydi.

Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir. Ongsizlik - kishini o`zini tuta olmaydigan qilib qo`yadigan ta’sirotlar bilan bog`liq psixik jarayonlar, harakatlar va holatlar yig`indisidir.Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kengroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o`rnini mo`ljal qilish yaxlitligi yo`qoladi, xatti- harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o`laroq, kishi o`zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, uparning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.



Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko`rish); sezilmaydigan, lekin haqiqatan ham ta’sir ko`rsatadigan qo`zg`atuvchilarga («subsensor» yoki «subtseptiv») javob reaksiyalari: oldinlari ongli harakat bo`lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko`ra endilikda anglanilmaydigan bo`lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi, ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim mayllar va hokazo. Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro`y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni- alahlash, ko`ziga yo`q narsalar ko`rinishi va shu kabilarni ham qo`shish mumkin. Shularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto`g`ri bo`lur edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o`ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo`lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog`liq holda paydo bo`lgandir.

Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish, programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshiriladi) sifatida bundan keyingi o`rganish psixikaning rivojlanishimuammosiga murojaat qilish zaruratini tug`diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo`lganini, rivojlanganini, evolutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o`zgarib borganini, kishi ongi qanday paydo bo`lgani va shakllanganini tushunib olgandagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo`ladi
Download 44,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish