“Psixologiya” fakulteti



Download 463,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana04.06.2022
Hajmi463,78 Kb.
#636412
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiyada anketa usulI

Tarqatish
yo`li bilan o`tkazilayotgan anketa sotsiolog tomonidan respondent qo`liga bevosita 
topshiriladi va uning o`zidan qabul qilib olinadi. Bu usul hozirgi vaqtda keng 
tarqalgan bo`lib, olinuvchi javoblarning nisbatan haqqoniyligi va ob`yektivligi 
bilan ajralib turadi
. Pochta orqali o`tkaziladigan anketalar
avvaldan tanlangan 


familiyalar yoki muassasalar ro`yxati asosida tarqatiladi. Bu usuldagi kamchilik 
shundan iboratki ko`pgina anketalar qaytarib yuborilmaydi. Sotsiolog ko`proq 
anketa bilan birgalikda maxsus iltimosnoma ham qo`shib jo`natishi ma`quldir.
Matbuot orqali o`tkaziladigan anketalar
gazetalarning so`nggi sahifalarida 
e`lon qilinadi va bunda gazetadagi savollar yozilgan qismini yirtib olib, 
redaktsiyaga qaytarib yuborish iltimos qilinadi. Tajribadan ma`lumki, gazeta orqali 
o`tkaziladigan anketalarning atagi 5% respondentlar tomonidan qaytariladi.
Umuman olganda, anketa usulining quyidagi qulayliklari mavjud: 
a)respondentlar javob berish chog`ida o`z nuqtai nazarlarini ma`lum darajada 
asoslashga harakat qiladilar; b)anketa usuli orqali juda ko`p kihilarni tadqiqot 
ob`ektiga jalb etish mumkin; v) anketalar vositasida jamoatchilik fikri 
yo`nalishlarini o`z vaqtida payqab olish mumkin.
Anketa savollari ochiq, yarim ochiq va yopiq variantlardan iborat bo`ladi. 
Ochiq savollar
respondent uchun keng tafakkur qilish, qo`yilgan masalalar 
yuzasidan atroflicha mushohada yuritish asosida ish tutish imkonini beradi. Ayni 
chog`da ochiq savollar respondent uchun muayyan qiyinchiliklar ham tug`dirishi, 
javob berish diapazonini toraytirib qo`yishi ham mumkin. 
Sotsiologik tajribalardan ma`lumki, ayrim hollarda respondentlar ochiq 
savollarga javob yozmasdan, shundayligicha qoldirishlari ham mumkin. Ochiq 
savollarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: «Sizning mazmunli dam 
olishingizni 
tashkil 
etish 
uchun 
qanday 
shart-sharoitlar 
mavjud?», 
«Mehnatkashlarning ommaviy dam olishlarini tashkil etish uchun klub 
muassasalarini qanday jihozlash kerak?» yarim ochiq savollar esa mumkin bo`lgan 
muqobil javoblar bilan bir vaqtda, respondent tomonidan ifodalanuvchi bir qator 
vaziyatlarni o`zida aks ettiradi. Yuqoridagilardan farq qilib, 
yopiq savollar
muayyan mazmundagi savolga to`la muqobil javoblar berilgan bo`lib, respondent 
bu savollar ichidan o`ziga ma`qulinigina tanlab oladi. Ushbu savollar respondent 
uchun eng qulay usul hisoblanadi. Anketa savollarida respondent berilayotgan 
muqobil javoblardan bittasi emas, bir nechtasini qayd etish imkoniga ham ega 
bo`lishi lozim, Bunday savollarni ilmiy adabiyotlarda 
menyu-savollar,
deb 
atashadi.
Anketa usuli qator qulaylikliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, u o`ziga xos 
kamchiliklarga ham egaki, ular xususiga quyida fikr yuritamiz: a)anketa savollari 
ba`zan noaniq va tushunarsiz yoziladi, natijada javoblar noto`g`ri yoki noob`yektiv 
bo`lishi mumkin; b) ko`pgina savollar bir-biriga o`xshash bo`lishi mumkin, bu esa 
respondent tomonidan savollarga e`tiborsiz yondashishga olib keladi; v) ayrim 
savollar o`ta murakkab tuzilishi mumkin, bu holat respondent fikrini cholg`itib, 
berilgan savol javobsiz qolishga yoki muqobil javoblarning oxirida qo`yiluvchi 
«javob berishga qiynalaman», degan satr ostini chizishga olib keladi; g) anketani 
o`tkazish zaruratini to`g`ri tushuntirmaslik ko`pgina respondentlarning anketa 
savollariga umuman yoki qisman javob berishdan bosh tortishlariga olib kelish 
mumkin; d) anketa o`tkazish jarayonini to`g`ri tashkil etmaslik natijasida 
ko`pchilik bo`lib anketa to`ldirilayotgan paytda savollar mazmuni atrofida bahs-
munozara boshlanib ketishi yoki bir-biridan javoblarni ko`chirib yozish hollari 
bo`lishi mumkin.


Ta`kidlash joizki, anketadagi asosiy savollardan keyin 
kontrol’-nazorat
savollari berilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv respondentlarning 
ob`yektiv javob berishga xizmat qiladi. Masalan, «siz klubdagi to`garaklar 
faoliyatida ishtirok etasizmi?», degan savoldan so`ng, albatta, «ishtirok etayotgan 
to`garagingiz sizni qaysi jihatlari bilan o`ziga jalb etadi?», degan savolni berish 
lozim. Bunday qilish to`garak ishida ishtirok etimaydigan respondentni birinchi 
savolga tasdiqlovchi «ha» degan javob berishdan tiyilib, to`g`ri javob berishga 
undaydi. Birinchi savolga to`g`ri yondashgan respondent uchun esa ikkinchi 
savolga kelgach, fikrini erkin rivojlantirish imkonini yaratadi.
Ayni vaqtda, sotsiolog respondent shaxsini hurmatlab o`nga yondoshuvi kata 
ahamiyatga ega. Savollar boshida «marhamat qilib ayting-chi», «Sizning 
fikringizcha», «Agar mumkin bo`lsa», «sizdan shuni iltimos qilamizki» kabi 
hurmat ma`nosidagi boshlamalarqo`yilishi lozim. Savollar keskin va qo`pol 
tuzilmas-ligi, respondentni bezdirib qo`ymasligi kerak. Masalan, «O`zingizdagi 
kamchiliklarni sanang?», deb savol qo`yish o`rniga «siz o`zingizdagi qaysi 
kamchiliklarni yo`qotishni xohlaysiz?», deb tuzish maqsadga muvofiqdir.
Anketani bevosita o`tkazish jarayoni muhim bosqich bo`lib, sotsiolog bu 
ishga o`ta jiddiylik bilan kirishishi lozim. Bu jarayon so`rash protsedurasi deb 
atalib, quyidagi talablarga rioya qilishga undaydi: a) sotsiolog anketa 
o`tkaziladigan joyga o`z vaqtida va o`zi kelgan joy ma`muriy rahbariyati va jamoa 
tashkiloti vakili bilan birgalikda kelishi lozim; anketani to`ldirish chog`ida taklif 
etilganlarning deyarli hammasi hozir bo`lishlari, bir-birlaridan muayyan masafada 
joylashishlari (bir-birlaridan ko`chirmasliklari va xalaqit bermasliklari uchun) 
lozim; v) sotsiolog yig`ilganlarga o`tkazilayotgan tadqiqot maqsadi, mazmuni va 
ahamiyati xususida so`zlab beradi. Anketani qanday qilib to`ldirish kerakligi, 
tadqiqot natijalari qanday maqsadlarda foydalanishi, tushunarli bo`lmagan savollar 
yuzasidan faqat sotsiologning o`ziga murojaat qilish kerakligi, anketa savollari 
bo`yicha bir-birlari bilan savol-javob qilmaslik lozimligini shoshilmasdan 
tushuntirib beradi; g)tajriba shuni ko`rsatadika, yig`ilganlarda ko`pincha ruchka, 
qog`ozlar bo`lmay qolmay qolish hollarda ham uchrab turadi. Shu sababdan, 
sotsiolog o`zi bilan yozuv qurollari olib kelsa, zarar bo`lmaydi; d)anketalarni 
tarqatish oldidan sotsiolog anketa to`ldirmaydigan kishilarning xonadan chiqib 
ketishini so`rashi kerak.
Anketalarni yig`ib olish vaqtida sotsiolog har bir anketani tekshirib olishi 
to`ldirilmagan savollar bo`lsa, respondentga murojaat qilib, sabablarini aniqlashi, 
tushunarli bo`lmagan savollar bo`lsa, izohlab berishi va hamma savollarga to`liq 
javob olishga xarakat qilishi kerak. Ba`zi hollarda anketa to`ldiruvchi ongli 
ravishda ba`zi savollarga javob berishdan bosh tortadi, bunday hollarda sotsiolog 
anketadagi shunday savollar ro`parasiga respondent javob berishdan bosh tortdi, 
deb yozib qo`yishi kerak. Ba`zan respondent ayrim savollar yuzasidan batafsil 
javob berish fikrini bildirib qoladi. Bunday hollarda tadqiqotchi alohida qog`oz 
tarqatib, respondent mulohazalarini yozdirib olishi lozim yoki o`zi uning tilidan 
hamma fikrlarni qayd etib olishi kerak.

Download 463,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish