“Psixologiya” fakulteti “Psixologiya”kafedrasi Umumiy psixologiya Fanidan mustaqil ish



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana06.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#641131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdullayev 1-

Idrok turlari.
Ranglarni idrok qilish.
Fazoni va harakatni idrok qilish .
Vaqtni idrok qilish.
Predmetli yaqqol obrazlarni yaratish. Idrok ham ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
boʻlishi mumkin. 
Muayyan bir obektni oldindan maqsad qilib olmasdan va 
maxsus tanlanmasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni ixtiyorsiz 
idrok deb ataladi.
Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor oʻziga jalb 
qilayotgan obektlarning taʼsiri bilan qoʻzgʻaladi; masalan, biz o‘zoqdan 
kelayotgan poezd ovozini beixtiyor eshitamiz, tunda qirda yonayotgan alangani 
o‘zoqdan beixtiyor koʻramiz. Oʻzining yorugʻligi, rang-barangligi, harakati, 
xushohangligi, bilan ajralib turadigan narsa yoki hodisalar, odatda, beixtiyor 
idrok qilinadi, shuningdek, ayni vaqtda bironta ehtiyoj va manfaatimizga javob 
beradigan, shaxsiy tajriba va bilimlarimizga eng koʻp darajada muvofiq 
keladigan va biz uchun gʻoyat katta ahamiyati boʻlgan obektlar ham beixtiyor 
idrok qilinadi. Ixtiyorsiz idrok tetik, bardam vaqtimizda bizda toʻxtovsiz boʻlib 
turadigan jarayondir. 
Oldin belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obektni idrok qilishni 
ixtiyoriy idrok deb ataladi. Badiiy bir rasmni koʻrish, dokladni eʼtibor bilan 
eshitish, yozma ishlardagi imlo xatolarini chizib oʻtish, koʻpchilik orasida 
oʻzimiz qidirgan bir shaxsni topib ajratish ixtiyoriy idrokka misol boʻla oladi. 
Ixtiyoriy idrok ixtiyorsiz idrokdan ayrilgan holda boʻladigan jarayon emas. 
Ixtiyorsiz idrok ixtiyoriy idrok uchun «fon» boʻlib xizmat qiladi. 
Fazoni idrok qilish deganda narsalarning fazodagi shakllarini, ularning 
fazodagi katta-kichikligini va oʻzaro munosabatlarini koʻzda tutiladi. Maʼlumki, 
fazodagi shakllariga qarab, uch burchakli, toʻrt burchakli, kub, va shu kabi 
shakldagi narsalar ajratiladi.Fazoni biz bir koʻzimiz bilan ham koʻrib, yaʼni 
monokulyar, ikki koʻzimiz bilan ham koʻrib, yaʼni binokulyar idrok qilamiz. 
Monokulyar idrok quyidagicha voqe boʻladi. Biz koʻz bilan qaraganimizda, biz 
shu narsadan aks etgan nurlar koʻz gavharida sinib, koʻzning toʻr pardasi 
(setchatka)da shu narsaning aks etgan surati fotoapparatdagiga oʻxshab, 
toʻnkarilib, teskari tushadi. Ammo bunga qaramasdan, biz narsani haqiqiy 
holatida, haqiqiy shakli va katta-kichikligida koʻramiz, idrok qilamiz Narsaning 
chetlaridagi nuqtalaridan aks etgan nurlar koʻz gavharida bir-birini kesib oʻtadi 
va ularning kesilish joyida koʻrish burchagi hosil boʻladi. Bu burchakning katta-
kichikligi idrok qilinayotgan narsaning katta-kichikligiga hamda uning koʻzdan 


qanchalik o‘zoq-yaqin turganiga bogʻliq boʻladi. Fazoni (monokulyar koʻrish 
yoʻli bilan) bir koʻz bilan yetarli darajada aniq va mukammal koʻrib boʻlmaydi. 
Obektiv dunyo hodisalarini aks ettiradigan idrok, tassavur, fikr va hokazolardan 
iborat boʻlgan bizdagi subektiv, psixik hodisalar vaqt davomida paydo boʻladi, 
oʻzgarib va almashib turadi. Harakatni idrok qilish ayni zamonda ham fazoni, 
ham vaqtni idrok qilish demakdir. Masalan, yurayotgan mashinani koʻrib turar 
ekanmiz, biz ayni vaqtda uning bizga nisbatan joyini ham va biror nuqtaga 
nisbatan masofasi oʻzgargan (yaqinlashgan yoki o‘zoqlashgan) vaqtini ham 
idrok qilamiz. Idrok qilinayotgan harakatning tezligi shu narsa harakatining 
obektiv (haqiqiy) tezligiga hamisha teng baravar boʻlavermaydi. Ayni bir xildagi 
harakat tezligi, vaziyatga qarab, har xil idrok qilinishi mumkin: goho ildamroq, 
goho sekinlashgandek koʻrinadi. Tanamizga bevosita tegib turgan narsalarning 
harakatini biz teri sezgisi, muskul va koʻruv organlari vositasi bilan idrok 
qilamiz.
Harakatni koʻz bilan koʻrib idrok etish ikki xil usul bilan: birinchidan, 
harakatda boʻlgan narsaga koʻzni o‘zmasdan qaraganda uning surati koʻz toʻr 
pardasida hosil boʻladi, ikkinchidan, koʻzimizni harakatda boʻlgan narsa tomon 
yuritish, harakatini ko‘zatib borish bilan voqe boʻladi. Odatda, harakat ana shu 
ikkala usul bilan bir yoʻla idrok qilinadi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish