Psixologiy asi


Bemorni operatsiyaga tayyorlash



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

16.2. Bemorni operatsiyaga tayyorlash
Bemorni operatsiyaga tayyorlash murakkab jarayondir, chunki asabi 
o'ta mustahkam odam ham undan qo'rqishi mumkin. Shuning uchun 
bemorni operatsiyaga nafaqat tibbiy ko'rsatmalarni e’tiborga olgan 
holda, balki psixologik nuqtai nazardan ham tayyorlash zarur. «Hammasi 
yaxshi b o 'lad i, qo'rqm ang!» degan a n ’anaviy iboralar bemorni 
hammavaqt ham qoniqtiravermaydi. Jarroh dastlab bemordagi qo'rquvni
312


bartaraf qilishga harakat qilishi lozim, operatsiyaga va o'ziga ishonch 
tug'dira olishi kerak. Ayniqsa, bu so'zlar jarrohlik kasbini egallab, 
endigina amaliyotga kirib kelayotgan yoshlar uchun o'ta zarur. Boshqa 
kasblardan farqli o'laroq, jarrohning obro'-e’tibori uning muvaffaqiyatli 
o'tkazgan operatsiyalariga proporsional tarzda bog'liqdir. Yoshlar hali 
uncha ko'p operatsiya qilmagan bo'ladi va tabiiyki, u tanilishi va o'z 
m ahoratini ko'rsatishi uchun bemor bilan ishlashi va uzoq vaqt 
muloqotda bo'lishi kerak. Yuqori malakali jarroh darajasiga yetish uchun 
yosh jarrohlar bunday operatsiyalami ko'plab bajarishlari lozim. Barcha 
mashhur jarrohlar ana shu yo'l bilan tajriba to'plashgan. Bunday 
jarrohlarni, odatda, bemorlarning o'zi hech qanday psixologik tayyorlov 
suhbatisiz tanlashadi.
O peratsiyadan oldin bem orlarda turli xil psixovegetativ va 
psixosomatik belgilar kuzatilishi mumkin. Bular uyqu buzilishi, bosh 
aylanishi, yomon tushlar ko'rish, ko'p terlash, titrash, taxikardiya, arterial 
qon bosimning o'ynab turishi, o'lim qo'rquvi, ich ketish, tez-tez siyish 
va boshqalar. Ma’lumki, operatsiyaga mone’lik qiluvchi holatlarni 
aniqlash uchun bemorlar boshqa mutaxassislarga, masalan, terapevtlarga 
ko'rsatiladi, turli xil laborator va diagnostik tekshiruvlardan o'tkaziladi. 
Har bir bemor terapevtdan umid bilan «Bu bemorni operatsiya qilmasa 
ham bo'ladi, uni dori-darmonlar bilan davolanglar», degan so'zlarni 
eshitgisi keladi. Hatto operatsiyadan oldin yaqinlari bilan vidolashib 
ularga vasiyatlar qiladigan holatlar ham uchrab turadi. Bemorni 
operatsiyaga psixologik nuqtai nazardan tayyorlashda nafaqat operatsiya 
qiluvchi jarroh, balki boshqa tibbiy xodimlar - palata vrachi, hamshira 
(ayniqsa, operatsiyada ishtirok etuvchi) ham faol ishtirok etishlari zarur. 
Ba’zan bemor uni operatsiya qiluvchi jarrohga emas, balki palata vrachi 
va hamshiraning so'zlariga ko'proq ishongisi keladi, uni operatsiya 
qiluvchi jarroh haqidagi gap-so'zlarga quloq tutadi. Shifokorlar orasidagi 
o'zaro ishonch va etika prinsiplari bu yerda katta ahamiyatga ega, chunki 
doimo operatsiyalarda ishtirok etib yuruvchi hamshira bemorni uni 
operatsiya qiluvchi jarrohdan voz kechtira olishi mumkin.
O peratsiyadan voz kechish sab a b la ri tu rli-tu m a n d ir va bu 
ko'pincha, rejali operatsiyalarga taalluqli. Ularning ba’zilari haqida 
to'xtalib ham o'tdik. Bular: yaqin kishisining xuddi shunday tarzda 
o'tkazilgan operatsiyadan o'lganligi yoki nogiron bo'lib qolganligi, 
yaqinlarining operatsiya qildirm aslik haqidagi talabi, narkozdan 
qo'rqish, jarroh va bemor orasidagi nosog'lom psixologik vaziyat yoki 
tushuntirish ishlarining yetarli darajada olib borilmaganligi, qarilik 
davri, bir necha bor operatsiya qilingan bemorlar, isteriya yoki ruhiy 
kasalliklar.
313


Shunday qilib, jarrohlikda psixologiya sohasidan foydalanilgani kabi 
jarrohlik usullaridan ham foydalaniladi. Hattoki, gipnoz yordamida ham 
davolab bo‘lmaydigan ba’zi chuqur psixogen buzilishlarni davolashda 
jarrohlik operatsiyalariga murojaat qilishga to ‘g‘ri keladi. Toshkent 
viloyatida bo'lib o'tgan bir voqea bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bu 
yoz kunlarining birida ro'y beradi. Bir ayol «insomniya» tashxisi bilan 
nevropatologda davolanib yuradi. U kechalari uxlay olmay chiqardi. 
Keyingi gal borganida, vrach unga kuchliroq ta’sir qiluvchi uxlatuvchi 
dori buyuradi. Bemor dorini ichsa-da, hech uyqusi kelavermaydi. Uyqusi 
qochgan bu ayol tunda to'lin oyning yorug'ida pastqam uyining 
derazasidan tashqariga qarab o'tiradi. Derazaning tagidan kichik bir 
ariqcha oqib o'tardi. U ariqchada sakrab o'ynab yurgan baqalarga tikilib 
qarab o'tirib, xayol suradi: «Buncha kichik bo'lmasa bular, uxlab 
yotganimda ichimga kirib ketishsa, nima qilaman?» deb choyshabni ustiga 
yopib uxlab qoladi. Tush ko'radi. Tushida kichikroq bir baqa derazadan 
u yotgan karovat ustiga sakrab chiqib, bemoming og'ziga kirib ketadi. 
Bemor qo'rqib, uyg'onib ketadi va birdan derazaga qaraydi. Tong endi 
otayotgan edi. Quyosh nuri tusha boshlagan deraza tokchasida 2-3 ta 
baqa sakrab yurganiga ko'zi tushadi. Bemorda qattiq kekirik paydo 
bo'ladi va u baqaning sayraganiga o'xshab eshitiladi. Kekirik tez-tez 
takrorlanaveradi. Hovliga chiqadi va vodoprovod jo'mragini ochib og'zini 
chayib tashlaydi, qusishga harakat qiladi, qusa olmaydi. Bir kosa iliq 
suvni to'ldirib ichadi va yana natijasiz o'qchiydi. Kekirik kuchayib 
boraveradi va tez-tez kuzatila boshlaydi. Bu ayolning turmush o'rtog'i 
olamdan o'tgan, voyaga etgan bir qizi bilan yashardi. Qo'rqib ketib, 
aizini uyg'otadi va unga «Men uxlab yotganimda. baqa vutib yubordim 
shekilli, u oshqozonimda turibdi», deb yig'lab yuboradi. Qizi uni 
tinchlantirishga harakat qiladi «Balki tush ko'rgandirsiz», deydi. «Yo'q, 
tushim bo'lganida bilardim, men aniq bilaman, baqa og'zimdan kirib 
ketgandan so'ng uyg'onib ketdim, bu tushim emas, uyg'onganimda 
deraza tokchalarida baqalar o'ynab yuruvdi», deydi. Qizining «Oyijon, 
ba’zan odamning tushini o'ngidan ajratish qiyin bo‘ladi-ku, siz tush 
ko'rgansiz», deyishiga qaramasdan, «Doktorga boramiz», deb turib oladi. 
Ular erta saharda bir tanish doktoming uyiga borishadi va bo'lgan voqeani 
aytib berishadi. Bemor tinmay kekirardi. Vrach uni tekshirmasdan kulib: 
«Baqani yutib bo'lmaydi, u tomoqdan o'tmaydi, hech qachon odamning 
og'zidan ichiga kira olmaydi», deydi. Bemor vrachdan norozi bo'lib, 
uning yonidan chiqib ketadi. Bemor qizi bilan birgalikda boshqa 
vrachlarga qatnay boshlashadi. Bemor barcha tekshirishlardan o'tadi. 
Uni nevropatolog, psixiatr, jarroh, terapevt, rentgenologlar tekshirishadi. 
Tabiblarga borib davolanadi. Ularning deyarli hammasi bir xil gapni
314


gapirishardi: «Baqa odamning ichiga kira olmaydi, siz yomon tush 
ko'rgansiz». Bemorning tinchi buziladi, u nima yesa, qusib tashlayveradi, 
kekirish sira qolmaydi. Bemor shu ahvolda bir oy qiynalib yuradi, ozib 
ketadi. «Baqa qolgan bo'lsa ham u o ‘lib boigan, organizmdan chiqib 
ketgan», deb ishontirishga harakat qilishadi, baribir foydasi bo'lmaydi. 
U jari ohdan operatsiya qilib, baqani olib tashlashni talab qila boshlaydi. 
Qayerga va qaysi vrachga uehrasa, oshqozonini operatsiya qilib, baqani 
olib tashlashni talab qilaveradi. «U mening oshqozonimda yashab yuribdi, 
u hali oim agan, ichimni kemirayapti», deb yilayveradi. Axiyri uni 
professorga ko‘rsatishadi. Professor bo'lib o'tgan barcha voqealarni 
batafsil o'rganib chiqadi, bemomi to'la tekshiradi va unga jarroh bilan 
maslahatlashib qornini operatsiya qilib, ochib ko'rishni va’da qiladi. 
«Agar haqiqatan ham u yerda baqa yashayotgan bo'lsa, uni olib tashlash 
kerak», deydi. Bemorni jarrohlik bo'Iimiga yotqizib, operatsiyaga 
tayyorlashadi. Professor «Oshqozondan baqani olib tashlash» operatsiyasi 
bilan bog'liq boigan barcha muolajalarni butunlay sir saqlashni uni 
o'tkazuvchi jarroh va hamshiraga tayinlaydi. Bemor operatsiya xonasiga 
olib kiriladi va u narkotik dori ta’sirida uxlatiladi. Operatsiyadan oldin 
kichikroq bir baqa topib kelinadi va u yopilib-ochiladigan idishga 
joylanadi. Operatsiyaning barcha qc nun-qoidalariga amal qilingan holda 
bemorning qorin terisi, teri osti yog' qatlami kesiladi va qayta tikib 
qo'yiladi. Operatsiyada bor-yo'g'i uch kishi, ya’ni jarroh, hamshira va 
professor ishtirok etishadi. Professor hamshiraga bemor ko'zini ochgan 
zahoti baqa solingan idishni ochib yuborishni buyuradi. Bemor ko'zini 
ochadi, hamshira baqa solingan idishni ochib yuboradi. Baqa bemorning 
ustidan bir-ikki sakrab pastga tushib ketadi. Professor «Siz to'g'ri aytgan 
ekansiz, baqa haqiqatan ham qattiq uxlab yotganingizda, ichingii-ga kirib 
ketgan ekan, lekin u shuncha kun ichingizda o'lmay yashaganiga 
hayronman», deydi. Jarroh ham «Men bunaqa operatsiyani birinchi marta 
qilishim», deydi. Xullas, bemor butunlay tuzalib ketadi, kekirish 
yo'qoladi, ishtahasi ochiladi, uyqusi ham tiklanadi. Jarrohga 4-5 kun 
qatnab, operatsiya boigan joylarini davolatadi, qornida faqat kesilgandan 
yengil chandiq qoladi, xolos.
Oradan bir yil o'tadi. Bir kuni bozorda «baqa yutib yuborgan ayol» 
qizi bilan aylanib yurib, hamshirani uchratib qoladi. Hamshira uni zra 
taniydi, kasallikdan qiynalib, avval ozib ketgan bu ayol endi semirib
tanib boim aydigan darajada o'zgarib ketgan edi. Ular qadrdon 
dugonalardek uzoq vaqt suhbat qurishadi, uni operatsiya qilib og'ir va 
uyatli darddan xalos qilgan doktorlarga salom aytib qo'yishni soiaydi. 
Suhbat orasida «Menga o'xshab baqa yutib yuborgan ayollar kelisha- 
yaptimi?» deb so i aydi kulib. Hamshiraning xayolidan «Barcha haqiqatni
315


aytib bersammikan, oradan bir yil o ‘tdi-ku, baribir bemor tuzalib ketdi- 
ku», degan fikr o ‘tadi va bo‘lib o'tgan voqealarni aytib beradi. Shunday 
qilib, hamshira shifokor etikasiga mutlaqo zid bo'lgan ishga qo'l uradi. 
Barcha haqiqatni o'z qulog'i bilan uni operatsiya qilishda ishtirok etgan 
hamshiradan eshitgan ayol ruhiy karaxt holatga tushib qoladi, ya’ni u 
tik turgan joyida bir nuqtaga tikilib qotib qoladi. Psixiatriyada bu holat 
stupor, deontologiyada yatropatiya deb ataladi, ya’ni shifokorning 
noto'g'ri xatti-harakatlari sababli bemorda rivojlangan turli xil kasalliklar 
yoki sindromlar. Katta qiyinchiliklardan endi qutulgan ayol uchun bir- 
biriga zid bo'lgan bu ma’lumotlar ulkan bir ruhiy jarohat edi. Hamshira 
qo'rqib, voqea joyidan ketib qoladi. Ayolni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga 
joylashadi. Bemor suv ichmay, ovqat yemay qo'yadi. Uni zond orqali 
ovqatlantirish ham juda qiyin kechadi va u tez orada kaxeksiya holatiga 
tushib qoladi va vafot etadi. Hamshira esa ozodlikdan mahrum etiladi.
Demak, haqiqatdan ham ruh va tana yagonadir. Ushbu va boshqa 
boblarda keltirilgan materiallar qadimdan bahs va munozaralarga sabab 
bo'lib kelayotgan bu iboraning to'g'riligini yana bir bor tasdiqlaydi. 
Bemomi davolayotgan shifokor yuqori darajada mas’uliyatli bo'lishi va 
har bir so'zni o'ylab gapirishi kerak. Mashhur terapevt va deontolog 
olim E.Y. Qosimov ta ’biri bilan aytganda, shifokor - bu «vrach» 
so'zining sinonimi emas, u keng ma’noli atamadir, «shifokor» deganda, 
bemorga shifo berishda ishtirok etuvchi barcha tibbiyot xodimlari, ya’ni 
vrachlar, hamshiralar va kichik tibbiy hamshira (sanitarka) lar tushuniladi. 
Har bir shifokor deontologiya va etika prinsiplariga qat’iyan amal 
qilishlari lozim.
N azorat urhun savollar

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish