8.5. Xarakter
«Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi.
Xarakter shaxsning muhim va o'ziga xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda,
shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga aloqador
bo'lishi mumkin. Xulq-atvor shaxsning yo'nalganligi, irodasi va faoliyati
bilan uzviy bog'langandir. Xaraktem ing ko 'p sonli tasniflari mavjudligiga
qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hanuzgacha yo'q.
157
X arakterning xususiyatlari ju d a k o ‘pdir. U ning uchun q a t’iyatlilik,
shijoatlilik, tirishqoqlik, vazm inlik, dovyuraklik, ja so ra t va aksincha,
jur’atsizlik, qo'rqoqlik, q a t’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar xosdir.
Insonning individual xususiyatlarini yetarlicha aks ettiruvchi xarakterning
umum qabul qilingan tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish
uchun unga xos boMgan eng muhim belgilami shunchaki sanab o'tishdan
fo y d a la n ila d i. M a sa la n , saxiy , m a q ta n c h o q , q u v n o q , y o lg ‘onchi,
kam suqum , q a so sk o r, xasis, dovyurak, b a g ‘ri keng, q a t ’iyatli. Agar
temperament tu g ‘ma xususiyat boMsa, xarakter k o ‘p jihatdan tarbiyaga
va kishining hayot tajribasiga aloqador boMadi. X arakterni shakllantirishda
tarbiya, taMim berish va oilaning tutgan o'rnini ham eslatib o'tish joizdir.
X arakter tana tuzilishiga bogMiqmi? Bu savol qadim dan ko'pchilikni
qiziqtirib kelgan. 1921-yili Ernst Krechm er shu m asalaga oid «Gavda
tuzilishi va xarakter» nomli asarini chop qildiradi.
U shbu m onografiyada olim turli som atik k onstitutsiyalarni bayon
qilgan. U ning asarida pikniklar o 'rta bo'yli, boshi, k o 'k rag i va qorni
nisbatan k a tta va sem izlikka moyil b o 'lg an k ish ilar deb t a ’riflanadi.
Leptosomlar esa uzun gavdali, chayir bo'lishadi. Bu gavda tuzilishi atletik
tuzilishdan kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nom utanosib
tuzilishi bilan a jra lib turadi. Bunday h o lat yevnuxoidizm va boshqa
nuqsonlari b o 'lgan endokrinopatiyalarda kuzatiladi.
E. Krechm erning fikricha, leptosom, astenik, atletik va shuningdek,
d isplastik g a v d a tu zilish ig a ega b o 'lg a n k ish ila r sh izo fren iy a kabi
kasalliklarga moyil bo'lishadi.
Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta ’rif bergan:
shizoidlar uchun auiizm (yolg'izlikka m oyillik), injiqlik, sovuqqonlik
xosdir. S ikloid-pikniklarda kayfiyat o 'z g a rib tu rad i, y a'ni tushkunlik
va g ip o m aniakal elem entlar bir-biri bilan alm ashinib tu ra d i. Xulq-
atvorning xuddi shu xususiyatlari shizotim ik va sik lotim iklarda ham
kuzatiladi. Uning fikricha, sog'lom shizotim iklar shizofreniyaga uchragan
b e m o rla rn in g q a rin d o s h la r i o ra sid a u c h ra b tu r a d i, ay ni p a y td a ,
shizofren iyaga c h a lin g a n la r kasal b o 'lm a s id a n avval sh iz o id la r va
shizotim iklar hisoblangan. Sog'lom siklotim iklar, psixopatik sikloidlar
va m aniakal depressiv psixozga uchragan bem orlar o'rtasida ham xuddi
shunday bogManish bor.
E.
Krechm erning bu nazariyasiga qarshi e ’tirozlar k o 'p b o 'lg an va
psixologlar sog'lom odam xarakterini tana tuzilishiga bog'lab o'rganish
n o to 'g 'ri deb hisoblashgan.
Sheldon gavda tuzilishini normal va p atologik xulq b ila n b o g'lab
o'rgangan. Sheldonning tipologiyasi u yoki bu embriologik tuzilxnalarning
ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi:
158
1. Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun
turishi (endomorfizm). Bu tipga ishtahaning zo‘r bo'lishi, quvnoqlik,
shirinsuxanlik xos bo'ladi. Bu temperamentni Sheldon vitsserotoniya deb
atadi.
2. M ezom orfizm d a m ezo derm adan y o ‘l oladigan su y ak-m ushak
sis te m a s in in g
ta r a q q iy e tish i u s tu n k e la d i. Bu te m p e ra m e n t
(sam ototoniya) faollik, hukm ronlik bilan tavsiflanadi.
3. Ektom orfizm da ektoderm adan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy
etishi ustun turadi.
Nazorat uchun savollar
1. Shaxs deganda nimani tushunasiz?
2. Shaxs tiplari haqida so'zlab bering.
3. Shaxsni tekshirish usullarini bilasizmi?
4. Temperament nima? Uning qanday tiplarini bilasiz?
5. 0 ‘zingiz qaysi temperament egasisiz?
6. Xarakter haqida so'zlab bering.
7. E. Krechmer va Sheldonning gavda tuzilishi va xarakter to'g'risidagi
qarashlari haqida so'zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |