Psixologiy asi


o p t i k - f a z o v i y a g n o z i y a



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/208
Sana28.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#513679
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

o p t i k - f a z o v i y a g n o z i y a
 
- atrofdagi obyektlaming fazoviy tuzilishini 
tasvirlash buziladi;
4) 
h a r f a g n o z i y a s i
-
harflarni tanimaslik (o'zi yozganlarini ham);
5) 
r a n g l a r a g n o z i y a s i
-
ranglarni to'g'ri ajrata olmaslik, tanimaslik;
6

s i m u l t a n a g n o z i y a
-
bemor obyektning ba’zi qismlarini taniydi, biroq 
to'laligicha tanimaydi (bilmaydi). Simultan agnoziya Balint sindromi 
deb ham ataladi.
Endi ko'ruv agnoziyalarining klinik holati bilan tanishib chiqamiz.
Narsalar agnoziyasi 
agnoziyaning keng tarqalgan turidir. Bunda bemor 
obyektni go'yoki ko'radi, hatto uning ba’zi belgilarini aytib ham beradi, 
lekin nomini ayta olmaydi. Masalan, bemorga qalam ko'rsatilsa, u yozish 
va chizish uchun ishlatilishini biladi, biroq «Bu qalam» deb ayta olmaydi,
49


chunki tanimaydi. Agar narsalar bir-biriga qalashtirib tashlansa, ularning 
nomini aytish yanada qiyinlashadi. Masalan, qaychi, pichoq, bolg‘acha, 
qoshiqlar (yoki ularning tasviri) ni bir-biriga qalashtirib tashlab, ularni 
birin-ketin topish so'ralsa, bemor bu ishni bajara olmaydi. U faqat turli 
tomonga ketgan chiziqlami ko‘radi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917- 
yili taklif qilgan. Shunisi e’tiborliki, bemor narsalarga qarab ularni chizib 
beradi, lekin o'sha o'zi chizgan narsalaming nomini aytib bera olmaydi, 
ya’ni tanimaydi.
Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Aytib o ‘tganimizdek, agnoziyaning 
bu turida bemor avval o'ziga tanish bo'lgan chehralarni tanimaydi. Bu 
bemorlar narsalami tanishi mumkin. Ular yuzda joylashgan burun, qosh, 
ko'z va quloqlaming nomini aytib berishi mumkin, lekin bu odam kimligini 
aytib bera olmaydi, ular hatto rafiqasi, bola-chaqalari, davolovchi vrachni, 
shu bilan birga avvaldan tanish odam larni, yaqinlarining, mashhur 
kishilarning suratlarini ham tanishmaydi. Og'ir holatlarda bemor hatto 
oynadagi o'z aksi yoki suratini ham tanimaydi. Shuningdek, bemor ayol 
va erkak yuzining farqiga bormaydi, ularning taxminiy yoshini chalkashtirib 
yuboradi. Bu bemorlar odamlarni ovozi, kiyimi yoki yurishidan tanib 
olishlari ham mumkin. Ba’zan tanib olishda tanish-bilishlarining soch 
tuzilishi, yuzidagi xollari, ko'zoynak taqishi kabi ortiqcha belgilar yordam 
beradi. Agar doimo ko'zoynak taqib yuradigan tanishi ko'zoynagini 
taqmay ko'rinsa, bemor uni tanimay qoladi. Ba’zan bunday bemorlarga 
sochi kalta ayol erkak kishidek ko'rinadi.
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko'pincha agnoziyaning 
boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning orqa- 
ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Optik-fazoviy agnoziya. Agnoziyaning bu turi, k o 'pincha, bosh 
miyaning o'ng yarim shari (tepa-ensa sohalari) yoki ikkala yarim shar 
ham zararlanganda kuzatiladi. Bunda bemorlar narsalam ing fazoviy 
belgilarini tasvirlab bera olmaydilar. Bu yerda narsalaming yoki atrof- 
m uhitdagi obyektlam ing katta-kichikligining aham iyati yo'q. U lar 
geometrik figuralar (uchburchak, romb, kvadrat) ning rasmini to 'g 'ri 
chiza olmaydilar. Agnoziyaning bu turida chap va o'ng tom onlarni 
farqlash ham buziladi va bemor obyektlaming bir tomonini tan olmaydi, 
masalan, daraxt, uy, gul (
6
-rasm, 
A, B).
Bu holat «bir tom onni tan 
olmaslik» sindromi deb ataladi. U asosan, bosh miya o'smalarida va og'ir 
jarohatlarda kuzatiladi. Bu sindromni biz bosh miya o'ng yarim sharining
a.cerebri posterior qon bilan t a ’minlaydigan sohaning o 'tk ir ishemik 
insultlarida ham kuzatganmiz. Optik-fazoviy agnoziya bosh miyaning 
o 'n g yarim shari zararlang an d a k o 'p kuzatilgani uchun bem orlar 
obyektlarning chap tomoni borligini go'yoki inkor qilishadi. Bunday
50


6 -rasm . F a z o n in g bir to m o n in i in k o r qilish sin d ro m i (Z .R .Ib o d u Ila y e v k u z a tu v i, 
2 0 0 0 -y ): Л - k o m p y u te r to m o g ra m m a d a b o sh m iy a o ‘ng y a rim shaT ining en sa
so h a s id a ish e m ik o ‘choq; B - b e m o rg a uy v a d a r a x tn in g ra s m i k o ‘r s a tils a , u la rn in g
c h a p to m o n in i in k o r q ilg an .
bemorlar hatto o'zining chap tomonini ham tan olishmaydi, q o ‘l-oyoqlari 
harakati saqlangan bo‘lsa-da, bemor k o ‘ylagi va shimini kiyayotganda 
chap qo'lini ishlatmaydi. Bu sindrom chap tomonlama fazoviy agnoziya 
deb ham atalad i. Bu sim ptom lar bosh miyaning o 'n g yarim shari 
zararlanishi uchun juda xosdir.
51


7 -ras m . B o sh m iy a o ‘n g y a rim sh a rin in g tc p a v a e n sa s o h a la ri z a r a r la n g a n d a
k u z a tila d ig a n a g n o z iy a la r: Л - a u to to p o g n o z iy a - b e m o r o ‘z ta n a sin in g q ism la rin i 
ta n im a y d i, b ilm a y d i; B - a n o z o g n o z iy a - b e m o r ta n a s id a g i k a m c h ilik la r (m a s a la n , 
g c m ip a re z ) ni a n g la m a y d i, in k o r q ila d i; V - k o ‘ru v a g n o z iy a s i - bem or n a r s a la r n i 
k o ‘rib tu r s a - d a , u la rn in g n o m in i a y tib b e r a o lm ay d i.
Shuningdek, anozognoziya - tanad ag i defekt (gem iplegiya) ni 
anglamaslik va autotopognoziya - o 'z tanasining qismlarini bilmaslik 
yoki ularni n o to 'g 'ri (kattadek, kichikdek yoki boshqa buyumdek) 
idrok qilish ham o 'n g yarim shar zararlanishiga xos belgilardir (7- 
rasm).
Bem orning ahvoli o g 'irlash g an h o la tlard a n afaq at o 'n g -ch ap
tomonlami, balki yuqori-quyi koordinatlami ham farqlashi buziladi. U 
rasmlarda obyektlaming fazoviy belgilarini ta ’riflab bera olmaydi (uzoq- 
yaqin, katta-kichik, chap-o‘ng, tepa-past). Masalan, bem ordan biror 
jonzot yoki odam suratini chizib berish talab qilinsa, uning b a’zi qismlari 
(q o 'li, o y o g 'i, k o 'z va q u lo q lari) ni ta n a d a qanday va qay erd a 
joylashtirishni bilmaydi, go'yoki «unutadi» (
8
-rasm, 

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish