Psixologiy asi


Asab tizimining ontogenezi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/208
Sana28.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#513679
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

35


Asab tizimining ontogenezi
Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh miyasining og'irligi 400 g atrofida 
b o 'lib , ta n a o g 'irlig in in g 1/8 qism ini ta sh k il qiladi. G o 'd a k d a
po'stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan, pushtalar yirik-yirik, lekin 
chuqurligi va balandligi uncha rivojlanmagan bo'ladi. To'qqiz oylarga 
borib, miyaning dastlabki og'irligi ikki barobar oshadi. 
2
yoshda bosh 
miyaning og'irligi bola tug'ilgan davridagiga qaraganda bir necha barobar 
kattalashadi. Bu jarayon, asosan, asab tolalarining miyelinlashuvi va 
tug'ilgan zahotiyoq bosh miyada mavjud bo'lgan 
2 0
mlrd. hujay-ralaming 
kattalashuvi hisobiga kechadi.
Go'dakning miya to'qimasi hali takomillashmagan bo'ladi. Po'stloq 
hujayralari, po'stloq osti tugunlari, piramidal yo'llar yaxshi rivojlanma­
gan, kulrang va oq modda orasidagi aloqalar takomillashmagan bo'ladi. 
Uning asab hujayralari bosh miyaning katta yarim sharlari yuzasi va oq 
moddaning asosida to'planib joylashadi. Bosh miya kattalashgan sayin 
asab hujayralari po'stloq tomonga siljib boradi. Bosh miya qon tomirlari 
ham rivojlanib, takomillashib boradi.
G o 'd a k d a k a tta yarim sharlar p o 's tlo g 'in in g ensa qismi k atta 
yoshdagilarnikiga qaraganda yirikroq bo'ladi. Bola o'sgan sayin yarim 
sharlar pushtalari shakli va topografik joylashuvi o'zgarib boradi. 
Ayniqsa, bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib, 15-16 yosh- 
larga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilamikidan deyarli farq 
qilmaydi. Yon qorinchalar bolalarda nisbatan keng va katta bo'ladi.
G o'daklarda ikkala yarim shami birlashtirib turuvchi targ'il tana nozik 
va qisqa bo'ladi. Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ'il tana yo'g'on- 
lashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa to'la shakllangan bo'ladi. 
Yangi tug'ilgan chaqaloqda miyacha sust rivojlangan, uzunchoq shaklga 
ega, pushtalari va egatchalari sayoz, gorizontal holatda bo'lib, kranial 
nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi.
Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan 
tugallangan tuzilishga ega. Shuning uchun ham orqa miya go'd ak da 
nisbatan takomillashgan, katta yoshdagilarnikiga qaraganda uzunroq 
bo'ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda umurtqaga qaraganda orqada 
qolib boradi. Orqa miyaning o'sishi 20 yoshgacha davom etadi. Bu davr 
ichida uning og'irligi ham oshadi.
Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan, nerv 
tolalari siyrak bo'lib, notekis taqsimlangan. Miyelinlanish jarayoni turli 
nerv tolalarida turlicha kechadi. Kranial nervlaming miyelinlashuvi bir 
yoshga yetib tugallanadi. Orqa miya nerv tolalari miyelinlashuvi 2-3 
yoshgacha davom etadi. Vegetativ asab tizimi chaqaloq tug'ilganidan
36


boshlab fao liy at k o 'rs a ta boshlaydi. E m briogenezning d astlab k i 
bosqichlarida asab tizimining turli bo'lim larida aniq takomillashgan 
m ustahkam alo q alar paydo bo'ladiki, ular tu g ‘m a hayotiy muhim 
funksiyalarning asosini tashkil qiladi. Bu funksiyalaming yig‘indisi bola 
tug‘ilgach hayotga dastlabki moslashuvni ta ’minlab beradi (masalan, nafas 
olish, emish, yurak urishi va h.k.).
O n togenetik riv o jlan ish ja ra y o n id a o d am n in g m iyasi kuchli 
o‘zgarishlarga uchraydi. Anatomik jihatdan olganda, yangi tug'ilgan 
chaqaloq miyasi bilan k atta yoshdagi odam ning miyasi bir-biridan 
anchagina farq qiladi, chunki individual rivojlanish jarayonida yosh 
o'tgan sayin miya tuzilmalari yetilib boradi. Hatto, morfologik jihatdan 
yetilgan asab tizimida ham rivojlanishi yoki qayta paydo boMishi zarur 
boMgan funksional sistemalar mavjuddir.
Bosh miya evolyutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo'nalishni 
aniqlash mumkin. Bularning birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga o'ta 
tayyor turishi. Bu yo'nalish tug'm a, instinktiv reaksiyalarning k atta 
to'plamidan iborat boMib, organizm hayot kechirishi mobaynida har 
qanday hodisalarga shay bo'lib turadi. Bular ovqatlanish, himoyalanish, 
ko'payish mexanizmlari va boshqalar. Organizmni hamma narsaga o'rgatish 
shart emas. Zero, u ba’zi qobiliyatlarga tug'ilganidan boshlab egadir.
Agar biz xulq-atvori g o'yoki avtom atlashib ketgan hasharotlar 
dunyosidan sut emizuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak, boshqacha 
holatga ko'zimiz tushadi, ya’ni xulq-atvorning tug'ma, instinktiv turlari 
maqsadga yo'naltirilgan, shaxsiy tajribaga asoslangan xatti-harakatlarga 
qo'shilib ketganini ko'ramiz. Sut emizuvchilar xatti-harakatida izlanish, 
o'zi turgan muhitini topish kabi xususiyatlarning shohidi bo'lam iz. 
Hayot kechirishning bunday turi uchun takomillashgan miya kerakligi 
o'z-o'zidan ayon, albatta.
Ammo asosiy gap m iy an in g h ajm id ag in a em as, balki uning 
funksiyasidadir. Evolyutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xatti- 
harakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Bu esa bosh miya katta 
yarim sharlari po‘stlog'i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel 
holda kuzatiladi.
Barcha funksiyalarni p o'stlo q o'ziga «tortib» olishi uning tak o ­
millashib borishiga katta imkoniyat yaratib berdi. Shu bilan birga dunyoni 
anglab borish, o'rganish, po'stloqning m a’lumotlar bilan to'lib borish 
jarayoni, asosan, bolalik davriga to 'g 'ri kelar ekan. Go'daklik davridan 
yetuk, barkamol yoshgacha bo'lgan davr har bir individ uchun uzoq 
masofa hisoblanadi.
G o'dak, ulg'ayib, asta-sekin hayotga moslashib oladi. X o'sh, bu 
jarayon qanday kechadi? Nima qilsa, xatoga yoM qo'yilmaydi? Shaxsning
37


uyg'un, ijodkor bo'lib rivojlanishi uchun nimalar zarur? Ba’zi olimlarning 
fikricha, hammasi tarbiyaga bog'liq. G o'dakning miyasini yozilmagan 
daftarga o'xshatish mumkin. Daftaming tashqi ko'rinishi boshqalaridan 
farq qilmasada, har bir nusxasi va sahifasining o'ziga xos xususiyatlari bor. 
Bitta varag'iga yozilgan matn ikkinchisida takrorlanmaydi. Yozuvchi 
daftami nima bilan to'ldirsa, keyinchalik shu yozuvni o'qiydi. Demak, oppoq 
varaqlami qanday to'ldirish, nima bilan to'ldirish o'zimizga bog'liq. Balki 
inson miyasini oddiy daftar bilan taqqoslash noto'g'ridir, chunki inson miyasi 
ma’lumotlami faqat «o'lik», «jonsiz» holatda o'zida saqlaydigan daftar emas. 
U ma’lumotlami faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar chiqaradigan, ijodiy 
fikrlay oladigan katta bir jonli, harakatdagi sistemadir.
Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo'lib o'sishiga ta ’sir 
qiluvchi sabablar uni o 'ra b turgan m uhitga k o 'p jih atdan bog'liq. 
Bolaning oldida turgan muammolar yechimini to'g'ri topishga ko'm ak- 
lashish, uning xulq-atvorini to'g'ri shakllantirib borish katta ahamiyatga 
molikdir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish